2020-yil 1-yanvardan: a) yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari barcha binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda: qurilish normalari va qoidalariga muvofiq binolarning energiya samaradorligini ta’minlash; loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda qurilish normalari va qoidalarining talablarini inobatga olgan holda binolar va inshootlar energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘limini taqdim etish majburiy tartibda nazarda tutiladi;
b) davlat organlari va tashkilotlari o‘z balansidagi binolar va inshootlarda yoritish tizimlari uchun svetodiodli manbalarni o‘z ichiga olgan sensorli datchiklar, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni o‘rnatishga majburdir;
v) mahsulot (uskunalar, tovarlar) va texnologiyalarning energiya samaradorligi darajasi yoki texnik ko‘rsatkichlarini belgilash ularni O‘zbekiston Respublikasining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan sertifikatlashtirishda majburiy hisoblanadi.
NAZORAT SAVOLLARI Energiyani tejash sohasida qanday asosiy atamalar mavjud?
Energiyani tejash siyosati deganda nima tushuniladi?
Energeyia tejash sohasi huquqiy asoslari?
Energiya samaradorligining me'yoriy ko'rsatkichi deb nimaga aytiladi?