“Kogondonmahsulotlari” AJning elektr ta’minoti. Korxonaga elektr energiyani «Kogon 35/6 kV»li ta’minlash podstansiyasidan 6 kV kuchlanish ostida “Oltin boshoq” va “Aloqa” havo uzatish yo‘llari fiderlari orqali yetkazib beriladi. Ta’minlash podstansiyasi va korxona taqsimlash uskunasi orasidagi masofa 3.8 km tashkil etadi. Korxona xududida elektr energiya TM 1000/6/0,4 kV li pasaytiruvchi tarnsformatorlar shinasigacha 6 kV kuchlanish ostida taqsimlanadi. Umumiy o‘rnatilgan tarnsformatorlar quvvati – 1000 kV.A.
Elektr energiyani tijoriy hisoblash uchun Energomer Kaifa markali № 009217031000347 hisoblagichi va TT 3000/5 A tok transformatorlari orqali 0.4 kVli shinasiga o‘rnatilgan. Korxona Buxoro hududiy elektr tarmoqlari AJ korxonasidagi “Elektr energiyani iste’moli va nazorati avtomatik qaydlov tizimi” ga ulangan. Hisoblagich va tok transformatorlari “Buxoro standartlashtirish va metrologiya” boshqarmasi tomonidan qiyoslangan bo‘lib majburiy ijro bo‘limi tomonidan muhrlangan. Korxonaning ichki qismlari bo‘yicha texnik elektr energiya hisobi uchun “Elevator sexiga” Merkuriy markali № 00921707800088 hisoblagichi va TT 300/5 A tok transformatori o‘rnatilgan. Shu bilan birga korxonaning idorasiga ham Merkuriy 100 A markali uch fazali hisoblagichlar o‘rnatilgan. Elektr energiya faqat past kuchlanish tomonidan o‘lchanadi, tarnsformatordagi yo‘qotishlar qayd qilinmaydi va taqsimlash tizimini o‘zgartirib ko‘rish uchun elektr energiya tejash potensiyalini hisoblab bo‘lmaydi.
Korxonaning barcha texnologik yuklamalari, 0,4 kV kuchlanish ostida elektr energiya oladi.
Kogondonmahsulotlari AJ korxonasida iste’mol qilingan elektr enegiyasi, issiqlik energiyasini, sovuq suv, yonilg‘i moylash materiallari, tabiiy va yoqilg‘i-gazniiste’moltarkibini tonna shartli yoqilg‘i bo‘yicha ma’lumoti