Energomenejment fanidan oraliq savollar va javoblar energetik zanjir



Yüklə 374,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix19.06.2023
ölçüsü374,48 Kb.
#132567
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


ENERGOMENEJMENT FANIDAN ORALIQ SAVOLLAR VA JAVOBLAR 
1. Energetik zanjir - energiya oqimining birlamchi energiya resurslaridan to 
energiyaning iste'molchiga uzatilib, undan foydalanishgacha bo‘lgan yo‘li tushuniladi. Masalan, 
gazning yer ostidan olinishi, issiqlik elektr stansiyasiga quvurlar orqali uzatilishi va yoqilishi 
natijasida elektr energiya olinishi, bu- elektr energiyaning elektr tarmoqlar orqali iste’molchiga 
uzatilib va u mahsulot ishlab chiqarishda sarf bo‘lishigacha bo‘lgan yo‘li tushuniladi. 
2. Energiya tejamkorlik - energiya resurslaridan samarali foydalanish uchun ko‘riladigan 
tadbirlar majmuasi. Misol uchun ishlab chiqarishda elektr energiyani iqtisod qilishga qaratilgan 
tadbir. 
3. Energiya hajmi - mahsulot ishlab chiqarishda yoki biror ishni bajarishda sarf bo‘ladigan 
energiya miqdori. «Energiya hajmi» atamasi hozirgi paytda ko‘proq energiya solishtirma 
sarfining pul birligiga nisbatan ko‘rsatgich sifatida qaraladi (milliy daromad, mahsulot tannarxi). 
4. Energiyadan samarali foydalanish - ijtimoiy, siyosiy, moliyaviy cheklanishlar, atrof-
muhit, ekologiya va h.k. lami hisobga olgan holda energiyani iste'molchilarga eng maqbul yo‘l 
bilan taqsimlash va ishlab chiqarishda qo‘llash natijasida iqtisodiy foyda oiishga erishish. 
5. Energiyani iqtisod qilish - ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarishga sarf bo‘layotgan 
energiyani kamaytirishga qaratilgan tadbir. Misol uchun, elektr motorlarda quwat isrofini 
kamaytirishga qaratilgan tadbir. 
6. Energiyani iqtisod qilishning solishtirma sarflari - ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
salmog'ini o‘zgartirmagan holda bir yil ichida birlik mahsulot uchun sarf bo'ladigan energiya 
tushuniladi. Bu atama odatda foydani hisoblashda qo‘llaniladi. 
7. Issiqlik izolyatsiyasi - elektr texnik, elektr mexanik va elektr termik qurilmalarini tashqi 
muhit bilan keraksiz issiqlik almashinuvidan asrash, ya’ni issiqlik isrofini kamaytirish. 

Yüklə 374,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin