“ENG NAMUNALI TUMAN VA SHAHAR” TANLOVI TOSHKENT VILOYATI OLMALIQ SHAHAR 19 –IDUMning Kutubxonalariga kitob sotib olish uchun sarflangan(tuman) barcha budjet mablag’lari
Olmaliq - 2023
M A ‘ L U M O T N O M A
Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi 22- maktabda 2 nafar kutubxona xodimlari faoliyat ko’rsatadi. Ulardan
1 nafari o’rta maxsus mutaxassis, 1 nafari o’rta maxsus ma’lumotli xodimdan iborat.
22-maktabda 1 ta kutubxona mavjud
2022-2023 o’quv yilida o’quvchilarni zamonaviy darsliklar bilan to’liq ta’minlash maqsadida 1-sinf o’quvchilari uchun 10 nomdagi 112 to’plam,
3-sinflar uchun 8 nomda 168 to’plam, 6-7-sinflar uchun 9 nomda 312 to’plamdan, 10-sinf o’quvchilari uchun 14 nomdagi 160 to’plam darsliklariga buyurtmalar shakllantirildi va maktablar kesimida taqsimot ishlab chiqilib viloyat boshqarmasiga taqdim etildi. Bulardan tashqari 2-4-5-6-7-8-9-sinflar uchun xam 4 nomda darsliklariga buyurtmalar shakllantirilgan va taqsimot qilingan. Xozirgi kunda 1-sinf o’quvchilari uchun to’liq 10 nomdagi (100%), 3-sinflar uchun 16 nomdagi dona darsliklari (100%), 6-sinf darsliklaridan 9 nomdagi dona (100%), 7-sinf 9 nomda 30 910 dona (100%) 10-sinf 11 nomdagi dona (100%), yetkazib berildi.
Germaniyaning Kembridj Universiteti bilan xamkorlikda 2022-2023 o’quv yilidan 1-11-sinf ingliz tili darsliklari yangilanmoqda. Xozirgi kunga kelib ushbu darsliklarning (1-2-3-4-5-6-7-8-9-10-11-sinflar uchun) 100% ta’lim muassasalariga yetkazib berildi.
Umumiy xisobda 2022-2023 o’quv yili uchun nashr qilingan darsliklarning 100% ta’lim muassasalariga yetkazib berildi.
22-maktab kutubxonasida jami umumiy kitob fondi 3425 ta tashkil etadi. Shundan 2316 dona badiiy adabiyotlardan iborat. Xar bir o’quvchiga
1-2 tadan kitob to’g’ri kelmoqda. Joriy o’quv yilida 1710 nafar (shundan 102 nafar o’qituvchi) va 1608 nafar o’quvchilar kutubxonaga jalb etilgan.
2023 yilda maxalliy byudjet mablag’lari xisobidan maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan boyitish maqsadida 41 nomdagi 65 dona kitoblar xarid qilinib 22 maktabga yetkazib berildi.
Shuningdek maktab kutubxonalari doimiy ravishda o’tkazib kelinadigan kitobxonlik tadbirlari, yarmarkalari xamda xomiy tashkilot va ota-onalar tomonidan badiiy kitoblar bilan ta’minlanib kelmoqda.
Kutubxonalar fondini badiiy adabiyotlar bilan yanada boyitib borish maqsadida bu kabi kitobxonlik yarmarkalarini doimiy o’tkazib borish rejalashtirilib qo’yildi.