DBdagi jadval maydoni NULL qiymatni qabul qilishi mumkin. Code First yondashuviga ko‘ra barcha ustunlar agar ma’lumotlar annotatsiyasi qo‘llanilmagan bo‘lsa, NULL qiymat qabul qilish mumkin. Ammo IsRequired() metodi orqali muayyan ustun qiymat qabul qilishi shartligini ko‘rsatishimiz mumkin:
modelBuilder.Entity().Property(p => p.Name).IsRequired();
Agar bizda biror ustun NULL qiymat qabul qilish mumkin bo‘lsa, IsOptional() metodidan foydalanishimiz mumkin:
Satrlarni sozlash Klass xususiyati satriy tipga mansub bo‘lsa, uning uzunligini HasMaxLength() metodi orqali ko‘rsatish mumkin. Masalan, xususiyat satriy tipga mansub bo‘lib, uzunligi 50 dan oshmasligi lozim bo‘lsa:
modelBuilder.Entity().Property(p => p.Name).HasMaxLength(50);
Shuningdek, satrni aniqlashda uning Unicode kodirovkasida qiymat qabul qilish mumkinligi ham ko‘rsatish mumkin:
decimal sonlarni sozlash Agar klassda decimal tipga mansub xususiyat mavjud bo‘lsa, ushbu xususiyat qabul qiladigan sondagi raqamlar aniqligi va verguldan keyingi raqamlar sonini ko‘rsatish mumkin:
// Price xususiyati – decimal bo‘lsin
modelBuilder.Entity().Property(p => p.Price).HasPrecision(15, 2);
Endi decimal soni 15ta raqam va verguldan keyin 2 ta raqamdan iborat bo‘lishi mumkin. Agar decimal soni parametrlari ko‘rsatilmasa, boshlang‘ich hola 18 ta raqam va verguldan keyin 2 ta raqamdan iborat bo‘ladi.
Ustun tipini sozlash EF DBdagi jadval ustuniga mos xususiyatga boshlang‘ich tipni o‘zi tanlaydi. Ammo ustun uchun DBda mos tipni HasColumnType() metodi orqali ko‘rsatish mumkin:
modelBuilder.Entity().Property(p => p.Name).HasColumnType("varchar");