O‘simliklarning kasallanishida infeksiya miqdori bilan birga
meteorologik sharoit va agrotexnik faktorlar ham asosiy rol
o‘ynaydi. Bug‘doyning qorakuya kasalligi bilan kasallanishida 6—
13
0
C harorat xlamidosporalarning unishiga qulay sharoit yaratsa,
urug‘ning unishini sustlashtiradi. Natijada kasallanish ehtimoli
ko‘payadi.
Kasallikning kelib chiqishi, tarqalishi va zararining ortib
borishida kasallik qo‘zg‘atuvchilarning manbalari asosiy rol
o‘ynaydi. Infeksiyani birlamchi manbai deganda, uning qayerdan
kelib chiqishi nazarda tutiladi. Birlamchi infeksiya tuproqda,
urug‘da, omborxonalarda, havoda, mehnat qurollarida bo‘lishi
mumkin. Ikkilamchi infeksiya deyilganda, kasallik o‘simlikda
tarqalib, uni zararlab qaytadan sporalar hosil qilish xususiyati
nazarda tutiladi. Ilmiy ishlar olib borishda infeksiya manbalari
tabiiy va sun’iy usulda hosil qilinadi.
Tabiiy infeksion fon deb tuproqda bir joyda uzoq muddat
davomida bir xil o‘simlikni uzluksiz o‘stirish natijasida hosil
bo‘lgan infeksiya manbaiga aytiladi. Masalan, Fusarium,
Verticillium - vilt kasalligi, bug‘doyzorlarda qorakuya
infeksiyalarining to‘plangan dalalar.
Ilmiy kuzatishlarda zarur kasalliklar uning qo‘zg‘atuvchisi
uchun ma’lum sharoitlarni tuproqqa to‘plash asosida hosil qilinadi.
Buning uchun zamburug‘ sof kulturasi o‘stirilib, keyin tuproqqa
155
solinadi. O‘simlikni sun’iy zararlash usullari turlicha bo‘lib, tadqiqot
maqsadi va kasallik qo‘zg‘atuvchilarining xususiyatlari e’tiborga
olinadi.
1. Tuproq orqali zararlash usuli tuproqda hayot kechiruvchi
zamburug‘lar karam kilasi (Plasmodiophora brassicae), kartoshka
raki (Sunchutrium endobioticum), boshoqdoshlar dog‘lanish
kasalliklari (Ophiobiolus Cercosporella), so‘lish (Fusarium,
Verticillium) kabi kasalliklarni o‘rganishda qo‘llaniladi.
Urug‘ni zararlash quruq va ho‘l usullardan foydalanib amalga
oshiriladi. Bu usul bilan ishlanganda zamburug‘ sporalarining
urug‘ yuzasiga to‘liq tushishini ta’minlash kerak. Qorakuya
kasalligining bug‘doyni zararlashini o‘rganish uchun 1 kg
bug‘doy doniga 1—10 g miqdorda xlamidosporadan foydalaniladi.
Zamburug‘larning rivojlanishiga sharaoit yomon bo‘lgan yillarda
infeksiya miqdori oshiriladi. Bu usuldan foydalanib quyidagi
kasalliklarning kasallanish darajasini aniqlanadi: bug‘doy
qorakuyasi (Tilletia levis, T. caries, T. cjntroversa), arpaning
tosh kuyasi (Ustilago nuda), sulining qorakuyasi (Ustilago
kolleri), makkajo‘xorining chang qorakuyasi (Sorosporium
reilianum).
Bargni zararlash usulida zamburug‘lar sporasi, sporalar
suspenziyasi, bakterial suspenziya yoki viruslarning ekstraktlaridan
ularga sepish, purkash va artish usullaridan foydalaniladi. Buning
uchun infeksiya manbai purkagich, cho‘tka va paxta bilan o‘simlik
bargining ostki tomoniga tushiriladi.
Laboratoriya sharoitida o‘simlik a’zolarining kasallanish
xususiyatlarini kuchaytirish uchun nam kamera usulidan ham
foydalaniladi. Bu usuldan foydalanib un shudring, zang, bakterial
kasalliklarni o‘rganiladi. Virus kasalliklari bilan kasallantirishda
viruslarning xususiyatlari e’tiborga olinib, hujayra shirasi yoki uning
eritmasi foydalaniladi. Kantakt yo‘li bilan tarqalmaydigan viruslar
payvandlash yo‘li bilan kasallantiriladi.
Gulni zararlash usulidan qorakuya, gelmintosporioz
kasalliklarini o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulda zamburug‘ sporasi
yoki uning suspenziyasi zamburug‘ guliga yoki tugunchasiga kiritish
bilan amalga oshiriladi. Buning uchun zamburug‘ xlamidosporalari
dokaga solinib, bug‘doy guli ustiga sepiladi. E.E.Geshele (1964)
bug‘doy boshog‘ini kasallantirishda ayrim gullarni va butun
boshoqni kasallantirish usulini tavsiya qilgan.
156
Keyingi yillarda seleksiya ishlarida boshoqni kasallantirish uchun
vakuum usulidan foydalaniladi. Bu usulda silindr ichiga
joylashtirilgan boshoqqa nasos bilan spora suspenziyasi sepiladi.
Kasallik belgilarining namoyon bo‘lishiga qarab navlarning
chidamliligi yoki kasallanish darajasi belgilanadi.
O‘simliklarning chidamliligini baholashda o‘ziga xos talablarga
amal qilishga to‘g‘ri keladi. Dala sharoitida ko‘pgina kasalliklarning
kelib chiqishi, zarari har xil bo‘lganligidan ularni turlicha
baholash mumkin emas. Shuning uchun kasallikning zararini
ko‘rsatish maqsadida bargning zararlanish usulidan foydalaniladi.
Bu usuldan foydalanib kartoshkaning fitoftoroz, bug‘doyning ildiz
chirish, zang bilan kasallanishi aniqlanadi. Buning uchun, o‘simlik
bargi 0,00004 % benzimidazol eritmasiga solinib, 12 soat ichida
20 °C haroratda zararlanadi. Daraxt o‘simliklarini T shakldagi
kesilgan joyidan zararlantiriladi.
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi patologik
jarayonning borishi, o‘simlikning himoyalanish xususiyati bilan
bog‘liqdir. Shuning uchun dastlab infeksiya bor-yo‘qligi
aniqlanadi.
Absolut chidamli navlarda kasallik namoyon bo‘lmaydi.
Chidamsiz navlarda kasallikning ichki va tashqi belgilari namoyon
bo‘ladi. Shuning uchun navlarni sinashda chidamli va chidamsiz
navlar ajratiladi.
Yaratilgan o‘simlik navlarining chidamliligini baholash tabiiy
sharoitda kasallik eng kuchli tarqalishi mumkin bo‘lgan joylarda
olib boriladi. Lekin tabiiy sharoitda hamisha kasallik yoki
hasharotlar ko‘payish imkoniga ega bo‘lavermaydi. Tabiiy sharoitda
ma’lum navni zararlovchi rassalar ham bo‘lmasligi mumkin.
Shunday rassalar hosil bo‘lishi ham muhimdir.
Navlarni sinash ishlarini ko‘ngildagidek tashkil qilish uchun
infeksion fonlarni tashkil qilish talab qilinadi. Buning uchun
o‘simliklarni maxsus tashkil qilingan fonlarda laboratoriya usullaridan
foydalanib, ularning kelib chiqishini bashorat qilib sinab ko‘riladi.
Laboratoriya sharoitida hosil qilingan fonlar kasallikning
agressiv formalarini tanlab olish asosida ularning kelajakda namoyon
bo‘lish mexanizmini ochish imkonini beradi.
Seleksioner o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga qarab haqiqiy va
nisbiy chidamlilikni aniqlaydi. Haqiqiy chidamlilikda o‘simlikda
157
kasallik bor yoki yo‘qligi aniqlanadi, xolos. Nisbiy chidamlilik 3 ta
usul yordamida aniqlanadi:
1. So‘lish, virus va qorakuya kasalliklari tajriba va nazorat
variantidagi kasallik belgilarining miqdorini solishtirish asosida
hisoblanadi.
2. Zang, kalmaraz, gelmintosporioz kasalliklari barg, poya,
novda yuzasida hosil bo‘lgan dog‘ va yostiqchalar miqdoriga qarab
aniqlanadi. Buning uchun maxsus shkalalar ishlab chiqilgan (36-
rasm).
3. Seleksiya ishlarida yaratilgan navlarning chidamliligi ularda
belgilar namoyon bo‘lishiga qarab maxsus shkalalar bilan
hisoblanadi. Masalan, bug‘doyning poya zangiga chidamliligini
aniqlash uchun 5 balli shkala ishlatiladi. Bunda 0—2 ball chidamli,
3—4 ball chidamsiz deb belgilanadi (37-rasm).
36-rasm.
Boshoqli don ekinlarining qo‘ng‘ir zang kasalligi bilan
zararlanishini aniqlash shkalasi.
158
37-rasm.
Olma barglarining parsha kasalligi bilan zararlanishini
aniqlash shkalasi.
A—dog‘lanish turi; B—so‘rilish turi.
Savollar
Chatishtirish jarayonida infeksiya manbalarining ahamiyati qanday?
O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini baholashda qanday
mezonlardan foydalaniladi?
Tabiiy infeksion fonlar qanday hosil qilinadi?
Sun’iy infeksion fonlar qanday hosil qilinadi?
Infeksiya miqdori qanday aniqlanadi?
159
14-BOB. Qishloq xo‘jalik ekinlarini kasalliklardan himoya
qilish usullari
Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi kurash
choralarini to‘g‘ri belgilashda kasallikni keltirib chiqaruvchi
mikroorganizmlar turlarini to‘g‘ri aniqlash, ularning biologik
xususiyatlarini bilish va samarali ta’sir qiladigan vositalarni to‘g‘ri
qo‘llash muhimdir. Ekinlarning kasalliklariga qarshi kurash
choralari umumagronomik va ixtisoslashgan turlarga bo‘linadi.
Ekinlarning kasalliklarga chidamliligini va hosildorligini oshirishda
turli o‘g‘itlarni me’yorida qo‘llash, navlarni to‘g‘ri tanlash bilan
birga o‘simliklar qoldig‘idagi, tuproqdagi, urug‘dagi va havodagi
infeksiya miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar asosiy rol
o‘ynaydi.
Ekinlarning kasalliklariga qarshi kurash choralari o‘zining
qo‘llash usuliga qarab profilaktik va davolash maqsadida
o‘tkaziladigan seleksion-urug‘chilik, agrotexnik, biologik,
kimyoviy, fizikaviy-mexanik turlarga bo‘linadi.
14.1. Agrotexnik kurash choralari
Qishloq xo‘jaligining intensiv rivojlanishi, dehqonchilik
madaniyatining ortishi ekinlarning kasalliklariga qarshi kurashda
viloyatlarning tuproq-iqlim sharoitini, o‘simlik turini hisobga olib
kompleks agrotexnik kurash choralarini qo‘llashni taqozo qiladi.
Agrotexnik kurash choralarining asosiy maqsadi sog‘lom urug‘lik
va ko‘chatlar yetishtirishga qaratilgan bo‘lib, ekinlarni ekishdan
tortib hosilni yig‘ishtirib olgunga qadar qo‘llashni taqozo qiladi.
Almashlab ekish qoidalariga amal qilish ekinzorlarda
infeksiyaning to‘planmasligiga sharoit yaratadi. Buning uchun
ekinzorlarda ekiladigan ekinlar kelgusi yilda ekiladigan ekinlar
kasallanmaydigan turlarga mansub bo‘lishi muhimdir. Ya’ni, ekin
dalasida ikki yildan ortiq muddatda bir xil ekin ekmaslik, ekin
o‘rniga ekiladigan ekin bir xildagi kasalliklar bilan kasallanmasligi
muhim ahamiyatga ega.
160
Respublikamizda paxta yakkahokimligi davrida g‘o‘zani 7—9 yil
davomida bir dalada uzluksiz yetishtirish, ularda vilt kasalligining
ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Bug‘doy, arpa kabi g‘alla ekinlarini
almashib ekishda foydalanish ularda ildiz chirish, fuzarioz
kasalliklarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Ekinzorlarda almashlab
ekishga amal qilish kasalliklarning zarari kamayishiga, tuproqda
saprotrof mikroorganizmlar va antagonistlarning keng tarqalishiga
sharoit yaratadi.
Tuproqda uzoq muddatda saqlanadigan patogen infeksiya
miqdorining kamayishida tuproqni chuqur haydash muhim
agrotexnik tadbir hisoblanadi. Bunday dalalarga shudgordan keyin
yaxob berish ham infeksiya miqdorining kamayishiga olib keladi.
Kungaboqarning oq chirish, kuzgi bug‘doyning ildiz chirish, zang
zamburug‘i sporalari miqdorining kamayishiga tuproqni chuqur
haydash natijasida erishiladi. Bug‘doyzorlardagi o‘simlik poyasi va
ildizidagi infeksiya miqdorini kamaytirishda ularni daladan chiqarib
tashlash yoki maydalab tuproqqa aralashtirish ham muhim
agrotexnik tadbir hisoblanadi.
Fitopatogen zamburug‘larning tuproqda saqlanishida begona
o‘tlar ham asosiy rol o‘ynaydi. Ekinzorlarda ular miqdorini
kamaytirish, ekin dalalaridan chiqarib yoqib tashlash infeksiyani
kamaytiradi. Qishloq xo‘jalik ekinlarida keng tarqalgan
kasalliklardan fuzarioz, rizoktonioz, gelmintosporiozlarning
zarari tuproqda namlik miqdorining keskin o‘zgarishi, kislotali
muhitning ortishi, azot, fosfor, kaliy va bor yetishmaganda
kuchayadi.
Mineral o‘g‘itlarni o‘z vaqtida qo‘llash ekinlarning kasalliklarga
chidamliligini ortiradi. Organik o‘g‘itlar tuproqning fizikaviy
xususiyatlarini yaxshilab, namligini oshiradi, suv o‘tkazuvchanligini
yaxshilaydi. Natijada, tuproqning suv-havo sig‘imi va harorat
me’yorini baravarlashib, o‘simliklarning mineral oziqlanishini
yaxshilaydi.
Azotli o‘g‘itlarni qo‘llashda kaliyli va fosforli o‘g‘itlar nisbatiga
alohida e’tibor berish kerak. Azotli o‘g‘itlarni sof holda me’yoridan
ortiq qo‘llash, kuzgi bug‘doyning ildiz chirishi, kartoshkaning
fitoftoroz bilan kasallanishiga imkon beradi.
F o s f o r l i o ‘ g ‘ i t l a r n i q o ‘ l l a s h e k i n l a r i l d i z t i z i m i n i
takomillashtirib, kasalliklarga chilamliligini orttiradi. Kaliyli
o‘g‘itlar ekinlar to‘qimalarini mustahkamlab, uglevodlar bilan
161
ta’minotini yaxshilaydi. Kaliyning yetishmasligi to‘qimalarning
qorayishiga, barglarning qurib qolishiga sabab bo‘ladi. Kaliyli
o‘g‘itlardan fosforli va azotli o‘gitlar bilan birga foydalanish yaxshi
samara beradi.
Mikroelementlardan marganes, bor, mis, rux kabilar
o‘simliklarning mineral oziqlanishida asosiy rol o‘ynaydi va
ularning normal rivojlanishini ta’minlaydi. Mis elementi
o‘simliklardagi oksidlanish — tiklanish fermentlari aktivligini
oshirishi natijasida, ularning hosildorligi ko‘payib, kasalliklarga
c h i d a m l i l i g i o r t a d i . M i s s u l f a t i b i l a n i s h l o v b e r i l g a n
kartoshkaning omborxonalarda saqlash jarayonida chirishi 70%
ga, kraxmalning yo‘qolishi 50% ga kamayadi, tuganak
peridermasining miqdorini 2—3,5 marta oshirib, hosili erta
yetiladi.
Marganesli o‘g‘itlar qand lavlagi, bug‘doy, makkajo‘xori,
sabzavot ekinlariga 0,5—2 s/ga miqdorida, marganesli superfosfat
yoki olitingugurtli marganes 45—60 kg/ga tarzida foydalanilganda
yuksak samara bergan. Ayniqsa, arpaning tosh qorakuya kasalligi
bilan kasallanishi nazoratga nisbatan kamaygan.
Ekinlar urug‘ini ekishdan oldin 0,2% li bor eritmasi bilan
ishlov berilganda urug‘larning unuvchanligi va kasalliklarga
chidamliligi 1—5 marta ortgan (Shumilenko, 1953). Tarvuz ildizi
bor kislotaci bilan oziqlantirilganda, uning antraknoz kasalligiga
chidamliligi 65% ga ortib, 1 ga maydondan 282 s/ga hosil olingan.
Rux — o‘simliklarning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, oqsillarning oksidlanishida, auksinning hosil bo‘lishida
asosiy rol o‘ynaydi. Ruxni 1 kg qumga 2,25 m
2
miqdorda qo‘llash
kanop o‘simligining fuzarioz kasalligiga chidamligini 2—3 marta
ortiradi.
Oltingugurtli ruxning 0,02% li eritmasi bilan bodring urug‘lariga
ishlov berilganda, uning bakterioz kasalligiga chidamliligi 5—12
marta ortgan. Bunday eritma bilan bug‘doy urug‘iga ishlov berilganda,
uning shudring, qo‘ng‘ir zang va fuzarioz bilan kasallanishi keskin
kamayadi.
Mikroelementlar ta’sirida pomidorning uchki chirish, no‘xatning
askoxitoz, makkajo‘xorining pufakli qorakuya, bedaning rak va
qora dog‘lanish kasalliklariga chidamliligi ortgan.
Mikroelementlarning o‘simlikka ijobiy ta’sirini mikroskopik
o‘rganishlarning ko‘rsatishicha, kasallik qo‘zg‘atuvchi
162
patogenlarning mitseliysi shakli kichrayganligi tufayli kirib kelishi
kamayib, uning rivojlanishi to‘xtaydi. O‘simlikning normal
rivojlanishida, turli kasalliklar bilan kasallanmasligida ekinlarni
ekish muddatlari ham asosiy rol o‘ynaydi. Ekinlarni erta ekish
tuproqdagi suv rejimining me’yorida bo‘lishi, yorug‘lik bilan
ta’minlanishi, tez rivojlanishiga imkon beradi. Kuzgi bug‘doylar
erta ekilganda fuzarioz, ildiz chirish, zang, un shudring kasalligi
bilan kasallanmasligiga sharoit yaratiladi. Suli, don, dukakli
ekinlarni erta ekish ularning qorakuya, zang fuzarioz kabi
kasalliklar bilan kam kasallantiradi. Kartoshka va savzavot
ekinlarini kech muddatlarda ekish ularning kasalliklarga
chidamliligini ortirishga olib keladi. Kech ekilgan ekinlardagi
moddalar almashinish jarayonidagi o‘zgarishlar, kartoshkaning
virus kasalligiga, rakka, karamning bakteriozga chidamliligini
orttiradi.
Ekinlarning turli kasalliklar bilan kasallanmasligida
urug‘liklarni va ko‘chatlarni ekishga tayyorlash ham muhim
agrotexnik tadbir hisoblanadi. Bu tadbirlar urug‘larni,
tuganaklarni, piyozboshlarni, ko‘chatlarni tozalash jarayonida
ularning bir xil sifatda bo‘lishini ta’minlaydi. Mayda, yaxshi
rivojlanmagan urug‘lar, tuganaklar ekishda foydalanilmaydi. G‘alla
ekinlarning qorakuya, toshkuya kasalliklariga qarshi kurashda
ularning urug‘larini 47
0
C haroratda 2—3 soat davomida qizdirish
ham yaxshi samara beradi.
14.2. Kimyoviy kurash choralari
Kasalliklarga qarshi kimyoviy kurash choralarini qo‘llash,
kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi
organik, anorganik va zaharli moddalardan foydalanishga
asoslangan. O‘simliklarning kasalliklariga qarshi qo‘llaniladigan
kimyoviy moddalar fungisidlar deyiladi. Respublikamiz
sharoitida qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi
qo‘llaniladigan fungisidlar “O‘zbekiston Respublikasida
ishlatish uchun ruxsat etilgan o‘simliklarni himoya qilish
vositalari ro‘yxati” da (Toshkent, 2005) berilgan. Bu ro‘yxat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘simliklarni
himoya qilish vositalari Davlat komissiyasi tomonidan
tasdiqlanadi.
163
Fungisidlar qishloq xo‘jalik ekinlari ko‘chat va urug‘lariga
ekishdan oldin ishlov berish, tuproqni va issiqxonalarni,
omborlarni dezinfeksiya qilish uchun foydalaniladi. Kimyoviy
usul yordamida kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar
o‘simlik ichkarisiga kirib kelgunga qadar uning manbalariga
barham berish uchun foydalaniladi. Fungisidlar ta’sir etish
xususiyatiga qarab kontaktli va sistemali ta’sir etish xususiyatiga
ega.
Sistemali ta’sir etuvchi fungisidlardan kasallangan o‘simlikni
davolashda foydalaniladi. Ular o‘simlik to‘qimasiga kirib kelib, unda
parazitlik qilayotgan zamburug‘larga ta’sir qiladi va o‘sishini
to‘xtatadi.
Kontaktli fungisidlar o‘simlik a’zolarining ustida saqlanib,
uni kasallantiruvchi zamburug‘larga bevosita salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Uning o‘sish va rivojlanishini to‘sib qo‘yadi. Natijada
kasallikning o‘simlikka salbiy ta’siri kamayadi yoki butunlay
bo‘lmaydi.
O‘simliklarni himoya qilish jarayonida kimyoviy kurash
chorasi eng muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Lekin kimyoviy
kurash choralarining salbiy oqibatlari ham yo‘q emas.
Jumladan, kimyoviy moddalar patogen mikroorganizmlar
bilan birga saprotrof organizmlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
kimyoviy moddalar ta’sirida zaharli moddalarga nisbatan
chidamlilikni namoyon qiladigan genoti plar va kuchli patogen
shtammlarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun
kimyoviy kurash choralarini qo‘llashda yetishtirilgan
mahsulotlarning sanitariya-epidemiologik holatini nazorat qilib
turish talab etiladi.
14.3. Biologik kurash choralari
Bunday kurash choralarining mohiyati shundan iboratki,
patogen mikroorganizmlarga qarshi saprotrof mikroorganizmlarning
o‘zaro qarama-qarshi xususiyatlarini yoki ular hosil qilgan
moddalarni qo‘llash natijasida ularning zararini kamaytirish imkoni
yaratiladi. Bu usulga o‘simliklarning fitonsidlar ingibitorlar hosil
qilish xususiyati va gullik parazitlarning hasharotlaridan foydalanish
ham kiradi.
164
Tuproqda hayot kechiruvchi mikroorganizmlar orasida o‘zaro
ziddiyat ularning saprotrof va patogen vakillari orasida amalga
o s h g a n l i g i d a n f o y d a l i m i k r o o r g a n i z m l a r h o s i l q i l g a n
antibiotiklar fitonsidlar ta’sirida patogen turlarning nobud
bo‘lishiga olib keladi. Tuproqdagi antogonistik-mikroblar:
bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar, faglar o‘z
rivojlanishining turli bosqichlarida fitopatogen zamburug‘lar va
bakteriyalarga ta’sir ko‘rsatadi. Ular hosil qilgan antibiotiklar
o‘simlikning ildiz tizimi orqali o‘simlikka kirib kelib, uning
o‘tkazuvchi to‘qimalarida hayot kechirayotgan kasallik
qo‘zg‘atuvchilariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yer ustidagi antogenist-mikroblar gi perparazitlar, saprotrof
zamburug‘ va bakteriyalar un shudring, zang zamburug‘larining
mitseliysiga yoki meva tanalariga, gullik parazitlarning vegetativ
a’zolariga salbiy ta’sir qilib, ularning rivojlanishini to‘sib qo‘yadi.
Yer usti antogonist-mikroblarga bakteriyafaglar, protistlar
(amyobalar, infizoriyalar), bakteriyalarga, zamburug‘larga ta’sir
qiluvchi bakteriyalar, aktino mitsetlar, zamburug‘lar misol
bo‘ladi.
Fitopatogen bakteriyalarga ta’sir qiluvchi bakteriyafaglar o‘simlik
ichidagi bakteriya hujayralarini nobud qiladi. Ular bakteriyalar keng
tarqalgan tuproqda, o‘simlik organlarida, quduq, daryo, dengiz,
ko‘lmak suvlarida keng tarqalgan bo‘ladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi
bakteriyafaglarni foydalanish uchun ularning urug‘larini ivitish,
ko‘chatlar ildiziga ishlov berish, o‘simlik a’zolariga sepish yerlarni
un shudring, zang kasalliklaridan sog‘lomlashtirishda yaxshi samara
beradi. Masalan, urug‘lariga bakteriyafaglar bilan ishlov berilgan
g‘o‘za o‘simligining gommoz bilan zararlanishi nazoratga nisbatan
74% ga kamaygan.
Sodda hayvonlardan amyoba va infuzoriyalarning Fusarium
zamburug‘lariga qarshi ta’siri ham aniqlangan. F.oxysporum Schl.f
neveum zamburug‘i sporali amyoba ta’sir qilinmagan tuproqlarda
uzoq saqlansa, amyobalar bilan sug‘orilgan tuproqlarda to‘rt
kundan keyin zamburug‘ sporalari yo‘qolib ketgan. Sodda
hayvonlardan infuzoriyalar ta’sirida g‘o‘zaning vertitsilyoz so‘lish,
rizaktonioz kasalliklari ham keskin kamaygan.
Fitopatogen zamburug‘larga salbiy ta’sir qiluvchi
bakteriyafaglar Fusarium, Helminthosporium, Verticillium, un
165
shudring kabi zamburug‘larga nisbatan aniqlangan. Bu bakteriya-
faglardan karam, zig‘ir, g‘o‘za, ko‘p yillik daraxtlar urug‘lariga
va ildiziga ishlov berishda foydalanish ularning kasallanishini keskin
kamaytirgan (Nikitina, 1959; Kosyanova, 1971; Plotnikova,
1974).
Tuproqdagi fitopatogen zamburug‘larga aktinomitsetlar ham
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kunjarada o‘stirilgan aktinomitsetlarni
ekinlar urug‘iga ishlov berib tuproqqa ekilganda ularning kasallanishi
keskin kamaygan (Kublanovskaya, 1959).
Savollar
O‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishning ahamiyati nimadan
iborat?
Agrotexnik kurash usulining mohiyati qanday?
Kimyoviy kurash choralari qanday ahamiyatga ega?
Biologik kurash choralarining samaradorligi qanday?
Seleksiya-urug‘chilik usulining mohiyati nima?
Fizikaviy va mexanik kurash choralarining qanday ahamiyati bor?
166
15-BOB. Fungitsidlar to‘g‘risida tushuncha
Zamburug‘larga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy moddalarga
fungitsidlar deyiladi. Kasalliklarga qarshi qo‘llaniladigan
fungitsidlar arzon, past konsentratsiyada samarali ta’sir
ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lishi, bir necha kasalliklarga
samarali ta’sir ko‘rsatadigan va o‘simlik uchun zararsiz bo‘lishi
kerak.
Respublika sharoitida qo‘llaniladigan fungitsidlar O‘zR VM
O‘simliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasining
foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya
Dostları ilə paylaş: |