Epilepsining nechta turi bor? Epilepsiyaning turlari juda ko‘p. Biroq tibbiy amaliyotda epilepsiyaning barcha turlarini 3 guruhga ajratib o‘rganishadi. Bular:
Simptomatik epilepsiya – bosh miyaning biror-bir kasalligi sababli (o‘sma, meningit, leptomeningit, bosh miya jaroxatlari va boshqa sabablar) rivojlangan epilepsiya.
Idiopatik epilepsiya – kelib chiqishida nasliy omil ahamiyatli bo‘lgan epilepsiya. Ularda bosh miya kasalliklari aniqlanmaydi.
Kriptogen epilepsiya – sababi topilmagan epilepsiya. Bunday bemorlarda epilepsiya aniqlanadi, biroq uning sabablarini aniqlab bo‘lmaydi.
Epilepsiya sabablari juda ko‘pmi? Ha, sabablari ko‘p. Ularni qisqartirib ushbu jadvalda keltirib o‘taman.
Epilepsiya sabablari (Xarrison ma’lumotlari, 2000 y.)
Epilepsiya sabablari (Xarrison ma’lumotlari, 2000 y.)