O‘zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida ilk bor nikoh shartnomasi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Oila kodeksida nikoh shartnomasiga 29-36-moddalar ajratilgan. Ularda nikoh shartnomasi tushunchasi, shartnomasini tuzish asoslari, nikoh shartnomasining mazmuni, nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish, nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish, haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish, nikoh shartnomasi tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari va er-xotin o‘rtasidagi mulkiy-shartnomaviy munosabatlar bayon etilgan.
Nikoh shartnomasi taraflari faqat nikohga kiruvchilar va nikohdagi er-xotindan iborat bo‘lishi mumkin. Nikoh shartnomasi notarial kontoralarda tuziladi.
Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishiuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.
Endilikda qonuniy mulk tartibini saqlab qolish bilan bir qatorda mulkni shartnomaviy tartibga solish mumkinligi qonunlashtirildi. Er va xotin nikoh shartnomasiga binoan ihtiyoriy va kelishgan holda nikohda bo‘lgan davrida yoki ular nikohdan ajratilgan paytlarida o‘z huquq va majburiyatlarini aniqlab olishlari mumkin.
Nikoh shartnomasi taraflari nikohga kiriuvchilar va nikohdagi er va xotindan iborat bo‘lishi mumkin. Bu shartnoma er-xotin o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni sud amaliyotida to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 30 moddasiga binoan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.
Nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Nikox shartnomasini tuzish ixtiyoriy. Bu to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 354 moddasida “Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlarda ko‘rsatib qo‘ylgan hollar bundan mustasno” deb yozilgan.
Nikoh shartnomasi o‘z mazmuniga qo‘yidagilarni kiritadi. Er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumkiy mulkining qonunda belgilangan tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, unig ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Nikoh shartnomasi muayyan muddat bilan cheklanishi mumkin.
Nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish asoslariga quyidagilar kiradi. Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning xal qiluv qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.
Nikoh shartnomasiga asosan er-xotin qonunda yo‘l qo‘yiladigan barcha mulkiy shartnomaviy munosabatlarga o‘zaro kirishishga xaqlidir.