Xulosa va takliflar
So'nggi yillarda hunarmandchilikning ahamiyati ularning madaniy va
moliyaviy qadriyatlari bilan bog'liq. Kichik ishlab chiqarish sanoati, jumladan,
hunarmandchilik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining teng
rivojlanishida muhim rol o'ynashi mumkin. Dunyodagi sanoat mahsulotlarining
90-95 foizi 100 kishidan kam bo'lmagan kichik ustaxonalarda ishlab chiqariladi.
Misol uchun, iqtisodiy taraqqiyotning eng yuqori cho'qqisida joylashgan Yaponiya,
sanoatning 84% ni kichik va o'rta sanoat sifatida ko'rib chiqdi. Hindiston va Xitoy
singari mamlakatlarda milliy hunarmandchilik sifati va miqdori bo'yicha
mexanizatsiyalashgan mahsulotlarga ega bo'lib, xorijiy daromadlarining asosiy
manbai hisoblanadi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotni mustahkamlash uchun milliy
hunarmandchilik rivojlantirishga e'tibor qaratmoqdalar.
Turizm
biznesida
samaradorligini
oshirishda
milliy
hunarmandchiligimizning o`rni beqiyosdir.
80
Turistik biznesning samaradorligi turistik mahsulotni ishlab chiqaruvchi va
rivojlantiradigan tijorat tuzilmalarining firma-mijozlar soni bo'yicha yoki miqdori
bo'yicha aniqlanadi.
O`zbekistonimizning
turizmda
tutgan
o`rnini
oshirish
uchun
hunarmandchiligimizni asrab avaylashimiz va undan unumli foydalanishimiz
zarur. Chunki, ular bizning o`zligimizni ko`rsatib turadi. Hunarmandchiligimizni
rivojlantirish va shu bilan birga chet ellik sayyohlarni o`zimizga jalb qilish bizning
ustuvor maqsadimiz bo`lmog`i zarur. Prezidentimiz tashabbusi bilan tarixiy
qadamjolarning
qayta
rekanstruksiya
qilinishi,
hunarmandchiligimizning
rivojlanishida, hunarmandlarni qo`llab quvvatlash maqsadida 2017-2020 yillarda
Buxoroda sayyohlikni rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirishi,
“Shahriston” deb nomlangan hunarmandlar shaharchasini barpo etish kabi katta
loyihalar o`zligimizni saqlab qolish, ming yillardan buyon saqlanib kelayotgan
hunarmandchiligimizni yuksaltirishga qaratilgan g`amxo`rlik deyish mumkin.
Ushbu disertatsiya ishi yakuniy xulosalari bo`yicha quyidagi takliflar beriladi:
- Yangidan- yangi mahsulotlar yaratilish;
- Ayniqsa qadimiy uslublarini yo`qotmagan holda, zamonaviy va qadimiy
uslublarni uyg`unlashtirib yangi dizayndagi hunarmandchilik mahsulotlari ishlab
chiqarish;
- Hozirgi zamon talabiga to`la mos keladigan hunarmandchilik turlarini
Buxoro hududi miqyosida tadbiq etish;
- Turizm biznesida samaradorlikni oshiradi.
O`ylaymanki yuqoridagi takliflarim Buxorodaning iqtisodiy ko`rsatkichlarida
xizmatlar sohasining, jumladan turizm yo`nalishning hissasini oshishiga turtki
bo`ladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Buxoroning turizmdagi potensiali juda katta
hudud hisoblanadi. Ammo shunday bo‘lsada mintaqa turizmining bir qator zaif
tomonlari tufayli Buxoroda turizm hali o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetgani yo‘q.
Sohaning oqsashiga sabab bo‘layotgan muammolar o‘z yechimini topmagan.
81
Mening fikrimcha, Buxoro viloyatida hunarmandchilikning samaradorligini
oshirishda avvalambor ushbu sohadagi qator muammolarni hal etish darkor.
Buxoro shahri hududida Hunarmandlar savdo majmuasining qurilishi, shofirkon,
g`ijduvon, hamda Buxoro tumanlarida Craft village tourism (craft tourism) kabi
turizm turlari amalga oshirilsa samaradorlik shunga yarasha o`sar edi
takomillashtirish mumkin bo‘lgan jihatlarni bartaraf etgan holda, kelajakda
Buxoroni turizm markazlaridan biriga aylantirish mumkin.
|