Magistrlik dissertatsiyasining tadqiqot ob`yekti va predmeti. Buxoroda
mavjud
hunarmandchilik
turlari,
hunarmandchilik
mahsulotlari
ishlab
chiqaruvchilari, shuningdek hunarmandlar faoliyat olib borayotgan hudud
hisoblanadi.
Milliy hunarmandchilik samaradorligini oshirish maqsadida ishlab
chiqiladigan strategiyalar, qo’llaniladigan innovatsion loyihalar, turistik tadbir va
dasturlar ilmiy tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi turizm biznesida, ya`ni
milliy hunarmandchiligimizda samaradorlikni oshirishning innovatsion yo’llarini
nazariy jihatdan asoslab, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib bir necha vazifalarni amalga oshirish ko’zda
tutiladi:
Turizm biznesida samaradorlik tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyatini
nazariy asoslab berish;
- TURIZM biznesida iqtisodiy samaradorlik ko`rsatkichlar tizimini yoritish;
- Hunarmandchilikning turizm sanoatida, Hindiston va Iordaniya kabi
davlatlarda hunarmandchilikning turizmda tutgan o`rnini tahlil qilib,
hududga mos hunarmandchilik turlarini aniqlash;
- Milliy hunarmandchiligimizning samaradorligini oshirish bo`yicha amalga
oshirilayotgan ishlar tahlili;
- Hukumatimizning sayyohlarni jalb qilish uchun olib borayotgan siyosatini,
O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan hunarmandlarni yanada qo`llab-
quvvatlash strategiyasini nazariy asoslab taklif berish;
- Hunarmandchilikda samaradorlikni oshirishda hunarmandchilkning yangi
turlarini tadbiq etish;
14
- Buxoro viloyati hududida milliy hunarmandchilikning samaradorligini
oshirishning innovatsion loyiha va dasturlarini ishlab chiqish.
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy izlanishlaridagi asosiy vazifalari