Ergasheva ozodaning jahon geografiyasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix10.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#83704
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ERGASHEVA OZODA KURS ISHI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI 
GEOGRAFIYA TA‘LIM YO‘NALISHI 3-KURS G419-GURUH TALABASI 
ERGASHEVA OZODANING

JAHON GEOGRAFIYASI
FANIDAN “
O‘rta osiyo o‘lkasidagi 
hozirgi zamon muzliklari
” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 
KURS ISHI 
Topshirdi: _________________________________________
 
Qabul qildi:________________________________________
 


MAVZU
:
O‘RTA OSIYO O‘LKASIDAGI HOZIRGI ZAMON 
MUZLIKLARI. 
KIRISH 
I.BOB.O‘RTA OSIYO MUZLIKLARIGA UMUMIY TAVSIF. 
I.1
.O‘rta osiyoning hozirgi zamon muzliklari. 
I.2.Fedchenko muzligi. 
II.BOB.O‘RTA OSIYONING TOG‘LI DAVLATLARIDAGI 
MUZLIKLAR. 
II.1.Tojikiston tog‘laridagi hozirgi zamon muzliklari. 
II.2.Qirg‘iziston tog‘laridagi hozirgi zamon muzIiklari. 
II.3.O‘zbekiston tog‘laridagi hozirgi zamon muzliklari. 
III.BOB.GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI. 
III.1.Iqlim o‘zgarishining o‘rta osiyo muzliklariga ta‘siri. 
XULOSA 
ILOVALAR 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
 


KIRISH 
O‘rta osiyo o‘lkasi materik ichkarisida okeanlardan uzoqda joylashgan tabiiy 
geografik o‘lkadir.Bu o‘lkaning yozi issiq va qishi juda sovuq bo‘ladi. Oʻrta Osiyo 
hududining 4/5 qismi tekisliklardan iborat, qolgan qismini togʻliklar tashkil qiladi. 
Tekisliklarning Qozogʻiston past togʻlaridan gʻarb va janubi-gʻarbdagi qismi Turon 
tekisligi deb ataladi. U tektonik jihatdan mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan 
toʻlgan katta botiqqa toʻgʻri keladi. Uning ostki qismi tektonik harakatlar natijasida 
kuchli oʻzgargan paleozoy jinslari qatlamlaridan tuzilgan qattiq fundamentdan 
iborat. Bu fundament yer yuzasidan turli chuqurliklarda yotadi, ayrim joylari past 
koʻrinishida yer yuzasiga chiqib qolgan.Oʻrta Osiyo tekisliklari sharq va janubiy 
tomonlarida Tarbagʻatoy, Tyanshan, HisorOlay, Pomir, Hindukush, Safedkoʻh, 
Nishopur togʻlari bilan oʻralgan. Ularning koʻpchiligi baland togʻlar boʻlib, 6 ming m 
dan baland boʻlgan 136 ta choʻqqisi bor. Ayrim choʻqqilarning bal. esa 7—7,5 ming 
m ga yetadi.Oʻrta Osiyo togʻlarining xususiyati shundan iboratki, tizmalar va ularni 
ajratib turgan daryo vodiylari va botiqlar koʻpincha kengliklar boʻylab choʻzilgan. 
Ular bilan birgalikda koʻndalang togʻ tizmalaridan iborat orografik tugunlar (yoki 
markadlar) mavjud. Bunday togʻ tugunlari Tyanshan, Pomir va Hisor— Olay 
togʻlarida 16 ta boʻlib, ular muzlik markazlaridir.Oʻrta Osiyoning umumiy Iqlim 
belgilari — oftobli kunlarning koʻp boʻlishi, kontinentallik va yogʻinning kamligidir. 
Hududning katta qismini egallagan choʻl va chala choʻllarda bu belgilar, ayniqsa, 
sezilarli. Bu yerga yogʻinlarni Atlantika okeanidan keladigan havo massalari olib 
keladi. Tropik kengliklardan tashqarida gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan nam havo 
oqimlari Oʻrta Osiyo hududiga maʼlum darajada quruq va yozda qizigan holda kirib 
keladi. Shu sababli Oʻrta Osiyo iqlimi qurgʻoqchil. Bu yerda yillik temperatura 
amplitudasi qoʻshni oʻlkalardagiga nisbatan kattaroq, yaʼni iqlimning kontinentalligi 
yuqoriroq darajada boʻladi va shu maʼnoda Sharqiy Sibirdan keyinda turadi. 
Oʻrtacha yillik havo temperaturasi Oʻrta Osiyo tekisliklarida 0° dan yuqori: chekka 
shimolida 1—2°, janubida 18° gacha. Togʻlik qismida dengiz sathidan 2200–2500 m 


balandlikda —5°, —8° gacha pasayishi mumkin. Mutlaq past temperatura togʻlar va 
baland togʻlarda —16° dan (janubida) —50°gacha (shimolida).Oʻrta Osiyoning 
tekislik qismida iyulning oʻrtacha havo temperaturasi, shimolida 20—22°, jan.da 
30—31° boʻladi. Eng yuqori temperatura tekislik va togʻ etaklarida 42°, 50° atrofida, 
togʻlarda esa, 3000 m dan balandlikda 22—24°. Yillik yogʻin miqdori ham bir tekis 
taqsimlanmagan. Qizilqum va Qoraqumda 100–150 mm, togʻlarda 800–900 mm va 
undan ortiq. Eng kam yogʻin Sharqiy Pomirda kuzatiladi (26 mm).Oʻrta Osiyo 
oʻlkasida iqlim xususiyatlari tafovutiga koʻra ikkita kichik iqlim oʻlkasi — subtropik 
iklim xususiyatlariga ega boʻlgan Turon kichik oʻlkasi va moʻʼtadil iqlim 
xususiyatlariga ega boʻlgan Qozogʻiston kichik oʻlkasidir. Bular orasidagi chegara 
Qoraboʻgʻozgoʻl qoʻltigʻi shimoli, Ustyurtning janubiy chinki, Qoraqum va 
Qizilqumning shimoliy chegarasi Qoratogʻ tizmasi, Talas Olatovi va Fargʻona 
tizmasidan oʻtadi.Oʻrta Osiyo okeanlardan uzoq boʻlgani va togʻlar bilan oʻralgani 
uchun berk oʻlka hisoblanadi. Orol dengizi, Balxash koʻli, Issiqkoʻl va boshqalar 
mayda berk havzalar bor. Yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Oʻrta Osiyoda 
daryolarning zichligi 1 km²ga 0,002 km. Togʻlik qismida esa tekisliklarga qaraganda 
daryo koʻp (12 ming). Ular yomgʻir, qor, muzlik, yer osti suvlaridan toʻyinadi. Suvi, 
asosan, sugʻorishga sarf boʻladi.Oʻrta Osiyoda turlituman tuproqlar tarqalgan. Ular 
tekisliklarda kengliklar boʻylab zonalar hosil qilib, shimoliy dan jan.ga tomon (toʻq 
kashtan, och kashtan, qoʻngʻir va sur qoʻngʻir, qumli choʻl tuproqlari) almashinib 
boradi. Taqirlar va taqirsimon tuproqlar, shoʻrxok va shoʻrtoblar uchraydi. Togʻlarda 
esa tuproqlar balandlik mintaqalarini hosil qilgan. Moʻʼtadil mintaqaning choʻl 
zonasiga tutash Jungʻariya Olatovi va Shimoliy Tyanshan tizmalarida quyidagi 
balandlik mintaqalar uchraydi: 1) choʻldashtdan iborat togʻ etaklarining shimoliy 
boʻz tuproqlari; 2) quruq va dasht hamda past togʻlardagi kashtan tuproqlar; 3) 
oʻtloqidasht va oʻrtacha balandliklardagi togʻoʻrmon toʻq tusli tuproqlar; 4) 
qoraqaragʻayoqqaragʻay oʻrmonlaridagi qora tuproqsimon togʻ oʻtloqi va 
togʻoʻtloqi tuproqlar; 5) subalp va alp oʻtloqlardagi torfli togʻ oʻtloqi va chala torfli 


tuproqlar; 6) muzliklar va qorliklar.Gʻarbiy Tyanshan, HisorOlay va Kopetdogʻ 
tizmalarida balandlik mintaqalari boshqacharoq. Pastdan yuqoriga: 1) togʻ oldi 
quruq dasht chala savannalari boʻz tuproqlari; 2) har xil oʻtlar va butalar, dasht 
chala savannalari karbonatli jigarrang tuproqlar; 3) oʻrtacha balandlikdagi togʻ 
quruq oʻtli oʻrmon va buta oʻsimliklari jigarrang tuproqlari; 4) subalp dashtlari 
togʻoʻtloqi dashtlar; 5) alp dashtlari togʻoʻtloqi dasht va chala torfli togʻoʻtloqlari; 6) 
muzliklar va qorlar.Ichki Tyanshan va Pomirdagi balandlik mintaqalari: 1) 
shuvoqboshoqli oʻtlardan iborat dasht och rangli oʻtloqi chala choʻl tuproqlar; 2) 
chalovli dashtlardagi quruq dasht, choʻldasht va choʻl tuproqlari; 3) balandtogʻ 
quruq tundralari; 4) muzliklar va qorliklar. Pomir uchun balandtogʻ shuvoq va 
teresken oʻsimliklari mintaqasi xos.Oʻrta Osiyoda Markaziy Osiyoning Palearktika 
oʻlkasi hayvonlari yashaydi. Sut emizuvchilardan qumsichqon va qoʻshoyoqlarning 
har xil turlari, sariq yumronqoziq, ingichka barmoqli yumronqoziq, antilopa — 
jayran, qulon, olakoʻzan, qoraquloq, choʻl mushugi va sabancha, gepard va 
boshqalar uchraydi. Qushlardan xoʻjasavdogar, goʻngqargʻa, chumchuqlar, moyqut, 
chil, tuvaloq kabilar; sudralib yuruvchilardan qurbaqabosh kaltakesak, choʻl 
agamasi, echkemar, yoʻlioʻl kaltakesak, gekkon va boshqalar, ilonlardan oʻqilon, 
choʻl boʻgʻma iloni, charx ilon, koʻlbor ilon, kapcha ilon, qalqonbosh ilon va 
boshqalar uchraydi. Toshbaqalar keng tarqalgan. Hasharotlardan har xil qoʻngʻizlar, 
asalarilar, arilar, chumolilar, kapalaklar; oʻrgimchaksimonlardan biy, qoraqurt, 
chayonlar uchraydi. Toʻqaylarda qirgʻovul, kobon, toʻqay bugʻusi, chiyaboʻri, 
yerkalamush, koʻl baqasi, koʻk qurbaqa va boshqalar bor. Suv havzalarida 
kurakburun, moʻylovbaliq, choʻrtan, sazan, tangabaliq, laqqa, leshch, ship, osman, 
marinka va boshqalar baliq turlari uchraydi. Togʻlik hududlarda togʻ takasi, togʻ 
qoʻyi (arxar), qizil sugʻur, uzun dumli menzbir sugʻuri, qizil pishchuxa, ilvirs, togʻ 
gʻozi (ular), kaklik, archa boltatumshugʻi, zargʻaddoq va boshqalar uchraydi.Osiyo 
qitʼasining asosan markaziy qismlarini oʻz ichiga olgan bulib gʻarb tarafdan Kaspiy 
Dengizidan tosharq,tarafdagi Xitoy,shimoldan Rossiya janubga Afg'onistongachaa


bo‘lgan hududlarni oʻz ichiga oladi. Bu geografik hududlar jamlanmasi 
yana Markaziy Osiyo deb ham ataladi.Biz bu kurs ishidan asosiy urg‘uni uning 
muzliklariga beramiz.Birinchi O‘rta osiyo muzliklariga umumiy tavsif va undagi yirik 
muzliklarga,undan so‘ng O‘rta osiyoning tog‘li davlaridagi muzliklarga va niyohat 
iqlim o‘zgarishining o‘rta osiyo muzliklariga ta‘sirini va qilinyotgan amaliy ishlar 
haqida gaplashamiz. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin