ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Qismlari ergashtiruvchi bog`lovchilar yoki shunday bog`lovchi vazifasidagi so`zlar yordamida
bog`langan qo`shma gaplar ergashgan qo`shma gaplar hisoblanadi. Agar qiz bo`lsang, otingni
Kimsanoy qo`yaman, agan o`g`il bo`lsang, Kimsanboy qo`yaman. Sayramov to`g`on boshiga
kelganda, bu yerda ish qaynamoqda edi.
BOSH VA ERGASH GAP
Ergashgan qo`shma gaplar, tarkibida nechta gap bo`lishidan qat’i nazar, doimo ikki qismdan
tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap
mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi. Ergashgan qo`shma gaplar, asosan,
quyidagi qolipda ifodalanadi:
Ergashgan qo`shma gaplar tuzilishiga ko`ra so`z birikmalariga
o`xshaydi. Ular ham tobe va hokim qismdan tarkib topadi:
Agar arqondan qo`llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha
yo`l topolmay sarson bo`lib yuraveradilar. So`z birikmasi tarkibidaga so`zlar nechta bo`lishidan
qat’i nazar ikki qismdan – hokim va tobe so`zlardan tashkil topadi: toza havo, o`qilgan kitob, tez
yurmoq.
Ergash gap bosh gapdan oldin, bosh gapdan keyin, bosh gap ichida kelishi mumkin: Siz shuni
unutmangki, kurashchilar yolg`iz emas. Hali gul ochilmagan bo`lsa ham, stol ustiga katta
guldasta qo`yilgan edi. O`qituvchi, bolalar kelgach, darsga kiradi.
ERGASH GAPNI BOSH GAPGA BOG`LOVCHI VOSITALAR
Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog`lanadi:1)ergashtiruvchi
bog`lovchilar; 2)ko`makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli va boshqalar);
3)yuklamlamalar (-ki, -mi); 4) nisbiy so`zlar (kim – o`sha, nima-shu, qayer-shu yer va
boshqalar); 5) deb so`zi va boshqalar. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan
qarash lozim. Mahkam bog`lang mehnatga bel, chunki mehnat bilan ko`karar el.
Dostları ilə paylaş: |