286
200.
Marketing tadqiqotlarini o’tkazishda umumiy bosqichlar tavsifi
nimalardan iborat?
A) muammoni aniqlash, rejalashtirish, axborot to’plash va taqdim etish
B) axborot to’plash va qayta ishlash
C) axborotni to’plash
D) xaridorlarni ehtiyojlarini bosqichma-bosqich aniqlash
287
ATAMALAR LUG‘ATI
Axborot
- 1) ishlarning ahvoli haqida xabardor qilish; 2)
tadbirkor-lik,
marketing va boshqa faoliyat turlari oldida to‘rgan vazifalarni bajarishda yordam
berishi mumkin bo‘lgan turli xil bilim va ma’lumotlar; 3)
marketing tizimi
sub’ektlarining o‘zaro munosabatlar jarayonidagi bevosita va teskari aloqa natijalari
tavsifnomasi; 4) turli xil energiyalarning o‘zaro aloqalari natijasi.
Bozor
- 1) talab
va taklif uchrashadigan joy, bu erda ishlab chiqarilgan
mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga
mos kelish darajasi aniqlanadi,
mazkur tovarning boshqa raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi taqqoslanadi;
2) tovar, xizmat va boshqa mulk
turlari bilan almashish sohasi; 3) iste’molchilar
guruhi; 4) mazkur tovarning barcha xaridorlari; 5)
tashkillashtirilgan savdo joyi; 6)
tovar va xizmatlarni olish manbai; 7) qandaydir mahsulot
yoki xizmatlarning virtual
yoki tabiiy aks ettirilgan mavjud yoki potensial xaridorlari va sotuvchilari majmui; 8)
birja.
Bozor
segmenti
- taklif etilayotgan bitta mahsulot turi va marketing
kompleksiga bir xilda munosabatda bo‘luvchi iste’molchilar guruhi majmui.
Dostları ilə paylaş: