4.1-rasm. Firmalar faoliyatida marketing axborotini roli
Marketingni axborot manbalari quyidagilardan iborat: yillik statistik
ma’lumotlar; korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi axborotlari;
tarmoqlar axborotlari; birja axborotlari; bank axborotlari; ma’lumotlar to‘plamlari;
Tashqi sohani kuzatish
Raqobatbardoshlikka
erishish
Strategiyani
koordinatsiyalash
MARKETING
AXBOROTINI ROLI
Faoliyatni baholash
Boshqaruv qarorlarini
qo‘llab-quvvatlash
63
sud qarorlari; korxona ma’lumotlari; e’lonlar, prospektlar, kataloglar; tanlov
natijalari; aksiya kurslari jadvallari; axborot-tahliliy byulletenlari; radio hamda
televidenie yangiliklari; voqealar sharhlari; iqtisodiyot yangiliklari; maxsus kitob va
jurnallar; lug‘atlar, ensiklopediyalar; kundalik gazetalar va hokazolar.
Yaxshi axborot marketologga yordam beradi: raqobatda ustunlikka erishish
imkonini beradi; xavfni va moliyaviy qaltislikni kamaytiradi; iste’molchilar
munosabatini belgilaydi; tashqi muhitni kuzatadi; strategiyani tartibga soladi;
faoliyatni baholaydi; reklamaga bo‘lgan ishonchni oshiradi; qaror qabul qilishga
yordam beradi; fikrni yaxshilaydi; samaradorlikni yaxshilaydi
Axborotni to‘plash va undan foydalanish jihatlariga ko‘ra axborot tizimini
to‘rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga 1)tashkilot ichki hisobot tizimi,
2) marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, 3) qaror qabul qilishni quvvatlovchi
tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida
axborotga bo‘lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish
tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi. Ular haqida quyida alohida to‘xtalib
o‘tamiz.
1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi
muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari,
sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig‘i, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar,
ta’minlovchilar ko‘lami va boshqa marketing faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan axborotning
o‘z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi.
Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi.
Joriy yakunlanayotgan kun so‘ngida firma do‘konidagi savdo zalida har bir tovar
guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va qaysi turdagi
(assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish kerak va shunga
o‘xshash operativ axborot olish zaruriyati paydo bo‘ladi. Bu erda muhim o‘rinni
ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yig‘ilishi, umumlashtirilishi
egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat kasb
etadi. Demak, axborotga bo‘lgan ehtiyojni o‘z o‘rnida va aniq belgilash hamda firma
faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim.
|