Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

 
3.4. Siyosiy va madaniy muhitlar 
Marketing qarorlari siyosiy muhitdagi o`zgarishar tomonidan katta ta`sirga 
uchraydi. Siyosiy muhit qonunlar, hukumat agentliklari, ma`lum jamiyatdagi shaxslar 
va tashkilotlarga faoliyatini cheklaydigan yoki ularga ta`sir etadigan guruhlardan 
tashkil topishi mumkin. 
Biznesni Tartibga Soluvchi Qonun. Xattoki eng kuchli advokatlar ham tizimni 
tartib-qoidalar, y`oriqlar yoki qonunchilik asoslari bilan yaxshi ihlashi tarafdoridir. 
Yaxshi ishlab chiqilgan qonunchilik yoki unga to`g`ri amal qilish adolatli biznes va 
raqobatni qo`llab-quvvatlaydi. Shuning uchun, hukumat muassasa siyosati –biznes 
faoliyatini jamiyat manfaatlari uchun cheklaydigan qonunlar va tartiblar yig`indisini 
ishlab chiqadi. Deyarli barcha marketing faoliyati turli qonun va yo`riqlar uchun 
sub`yekt hisoblanadi. 
Yillar o`tishi bilan qonunchilik biznes faoliyatiga katta ta`sir o`tkazib kelmoqda. 
AQSh va ko`plab boshqa mamlakatlarning raqobat, adolatli savdo, atrof-muhit 


60 
himoyasi, tovar havfsizligi, reklama to`g`risidagi, iste`molchi huquqlari, qadoqlash va 
yorliqlash, narx va va boshqa muhim yo`nalishlar bo`yicha qonunchilik asoslari 
mavjud. 
Alohida marketing faoliyatiga yo`naltirilgan muassasa siyosatini tushunish oddiy 
ish emas. 
Biznes qonunchiliklari turli sabablarga ko`ra ishlab chiqiladi. Birinchisi, 
kompaniyalarni bir-birlaridan himoya qilish. Ikkinchi maqsadi, iste`molchilar 
manfaatini adolatsiz biznes tajribasidan himoya qilishdir. Uchinchi maqsadi, jamiyat 
maqsadlarini biznes hulq-atvorini tushunishga nisbatan himoya qilish hisoblanadi. 
Barcha muvafaqqiyatli kompaniyalar ham munosib hayot sifatini yaratavermaydi. 
Ijtimoiy ma’suliyatli xulq-atvor. Xabardor kompaniyalar o’z menejerlarini 
tizim doirasidan tashqariga chiqishni rag’batlantiradi va “to’g’ri ishlarni qilish”ga yo’l 
beradi. Ushbu ijtimoiy ma’suliyatli firmalar uzoq muddatli istiqbolda o’z 
iste’molchilari manfaatlari va atrof-muhitni himoya qilish choralarini faol qidirishadi. 
Marketingni deyarli xar bir jihati ahloqiy va ijtimoiy javobgarlik masalarni o’z 
ichiga oladi. Afsuski, odatda ushbu masalalar manfaatlar qarama-qarshiligini o’z 
ichiga olganligi sababli, yaxshi niyatli odamlar u yoki bu masalada to’g’ri olib 
borilayotgan faoliyatga qarshi chiqishlari mumkin. Shu sabab, bir qancha sanoat va 
professional savdo birlashmalari etika kodekslarini taklif qilishgan. Shu bilan birga, 
xozirgi kunda yanada ko’proq kompaniyalarijtimoiy ma’suliyat bo’yicha siyosat, 
qo’llanmalar va boshqa tegishli dasturlarni rivojlantirmoqdalar.
Internet marketingni jadal sur’atlar bilan rivojlanishi yangi ijtimoiy va etik 
masalalarni keltirib chiqardi. Tanqidchilar onlayn shaxsiy xayot daxlsizligi masalasida 
tashvishlanishmoqda. Mavjud raqamli shaxsiy ma’lumotlar miqdori keskin oshib 
ketdi. Ularning ayrimlarini foydalanuvchilarning o’zlari qo’llab quvvatlashmoqda. 
Masalan ular tomonidan Facebook yoki Linkedln kabi sotsial tarmoqlarida o’z shaxsiy 
ma’lumotlarini joylashtirishmoqda va bu ma’lumotlar kompyuter yoki smartfonga ega 
bo’lganlar tomonidan osongina topilishi mumkin. 
Shu bilan birga, mavjud axborot ko’pincha biznes tomonidan iste’molchilar 
nimani xoxlashayotganini bilish maqsadida foydalaniladi, xolbuki foydalanuvchilar 


61 
ular “mikroskop” ostida kuzatilayotganliklarini sezishmaydi ham. Qonuniy biznes 
iste’molchilaring internettadagi xatti-xarakatlarini, internes saytlardagi xaridlarini, 
ularing xar qadamlari bo’yicha sistematik ma’lumotlarni to’playdilar, analiz qiladilar. 
Tanqidchilar kompaniyalar iste’molchilar to’g’risida xaddan ortiq ma’lumoga ega 
bo’lishlari va ushbu raqamli ma’lumotlar orqali adolatsiz foyda olishlari 
mumkinligidan xavotirda. Ko’plab kompaniyalar ma’lumot oshkoraligi tamoiliga amal 
qilishsada va ushbu ma’lumotlar iste’molchilar foydasiga ishlatishiga xarakat 
qilishayotganiga qarmasdan suiste’molchiliklar bo’lib turmoqda.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin