Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Koinotga insonning munosobati. Nihoyat, insonlar koinot paydo bo’lganligi va 
o’zlarining koinotdagi o’rni haqida fikrlashda farq qilishadi. Ammo ko’pchilik 
Amerikaliklar din, diniy e`tiqodlarni amaliyotda qo’llashlari yiilar mobaynida kamayib 
bormoqda. So’ngi so’rovga muvofiq, Amerikaliklarni 16 foizi xozirgi kunda ular xech 
qanday imonga mansub bo’lmaganliklarini ta’kidlashmoqda, bu 18 yil oldin bo’lgan 
foizdan ikki baravar ko’proq. 
Amerika yoshlari 18 yoshdan boshlab 29 yoshgacha, 25 foizi xozirgi kunda xech 
qanday dinga mansub emasliklarini aytishmoqda. 
Ammo, insonlar biron bir aloxida dinga mansub emasligini ko’rsatuvchi dalil, ular 
o’zlarining ishonchini yo’qotganligini anglatmaydi. Ba’zi futuristlar ma’rifatga
yangilangan qiziqishni qayd qilishmoqda, balkim bu yangi ichki maqsad uchun 
kengroq izlanishdir. Insonlar materializm va kuchuk kuchukni eydi degan 
ambitsiyalardan uzoqlashib, yanada doimiyroq qadriyatlar –oila, jamiyat, er, ishonch- 
va to’g’ri va noto’g’ri xaqida muayyan tushunchaga ega bo’lishga intilmoqdalar. Buni 
“din” deb atagandan ko’ra, ma’rifat deb atashmoqda. 
Bu o’zgaruvchan ruxiylik istemolchilarning xar narsasiga ta’sir ko’rsatadi, ular 
ko’radigan televizor ko’rsatuvidan boshlab o’qigan kitob, sotib oladigan maxsulot va 
xizmatlargacha. 
 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketing muhiti deganda nimani tushunasiz? 
2. Xaridorlar bozori turlariga nimalar kiradi? 
3. Korxonaning mikromuhit ishtirok etuvchilariga nimalar kiradi? 
4. Kompaniya makromuhitining asosiy kuchlariga nimalar kiradi? 


68 
5. Demografik muhit deganda nimani tushunasiz? 
6. Tabiiy muhit omillariga nimalar kiradi? 
7. Siyosiy va madaniy muhitlar mazmunini izohlang? 
8. Madaniy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz? 
9. Texnologik muhit omillariga nimalar kiradi? 
10. Iqtisodiy muhit nimalardan tashkil topadi? 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin