Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash



Yüklə 23,63 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü23,63 Kb.
#179458
  1   2
eritmadagi temir 15


Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash
Hozirgi kunda Oʻzbekistonimizda taʼlim sohasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan kimyo va biologiya fanlariga ham katta eʼtibor qaratilib buning uchun hurmatli prezidentimiz tomonidan turli xil qarorlar imzolanmoqda va chuqur islohotlar olib borilmoqda. Kimyo va biologiya yo'nalishiga katta miqdordagi sarmoya ajratilmoqda. Bundan tashqari bu sohaga tegishli maʼlumotlarni koʻpaytirish uchun turli xil darsliklar, qoʻllanmalar va qoʻshimcha adabiyotlar tayyorlanmoqda va nashr etilmoqda. Xususan ushbu Izoxinolin mavzusi ham kelajakda kimyo va biologiya fani boyicha o'qiydigan yoki hozir oʻqiyotgan talabalarga katta yordam boʻladi.
Kimyoviy taxlil usullari orasida gravimetrik (tortma) taxlil usuli eng aniq usuldir. Lekin bu usulning kamchiligi modda va idishlarni tortishga ko‘p vaqt ketishidadir. Taxlilni bunday sekin bajarilishi amaliy ish talablariga ko‘pincha javob beraolmaydi. Masalan, biror texnologik jarayonni (domna yoki marten protsesslarini) kimyoviy nazorat qilishda, brakni oldini olib, jarayonni kerakli tomonga yo‘naltirish uchun taxlil natijalari tez tayyor bo‘lishi kerak.
Temir eritmalarda ikki va uch valentli ionlar ko‘rinishida bo‘ladi. Temir (III) ning birikmalari temir (II) birikmalariga qaraganda barqarorroq bo‘ladi. Temirning ikki va uch valentli ionlari xromofor xossasiga ega. Shuning uchun fotokolorimetrik aniqlashlarda xromofor gruppasiga ega bo‘lmagan reagentlardan foydalanish ham mumkin.
Keys savollari:
1. Temir (II ) ionini ishchi elektrodning muayyan potensialida aniqlang.
2. Ishni bajarish tartibini yozing.

Keys javoblari:
1. Kislotali muhitda eritmadagi temir (III) ioni +0,3 V potensialda (to'yingan kalomel elektrodiga nisbatan) qaytariladi. Temir (III) ioni to'liq qaytarilgandan so'ng zanjirdagi tok muayyan kichik qiymatgacha kamayadi va o'zgarishsiz qoladi. Tokning ana shunday qolish vaqtida elektroliz tugagan hisoblanadi. Elektrolitik bo'g'in orqali o'tgan elektr miqdori zanjirga ketma-ket ulangan kulonometr yordamida baholanadi. Temirning miqdoriga ekvivalent boigan elektr miqdorini topish uchun qoldiq tokka to'g'ri keladigan elektr miqdori umumiy elektr miqdoridan ayiriladi.
Ish to'rt bosqichdan iborat bo'ladi: asbobni yig'ish va ishga sozlash; ton elektrolitining elektroliz toki va qoldiq tokni baholash: tekshiriladigan modda elektrolizi va elektroliz tokini baholash; elektroliz uchun sarflangan elektr miqdorini baholash.
2. U-simon naylardan biri 1 M sulfat kislota eritmasi bilan. ikkinchisi kaliy xloridning to'yingan eritmasi bilan to'ldirilib, naylarning uchlari filtr qog'ozidan yasalgan tiqin bilan zich berkitiladi (naylarda havo pul'agi qolmasligi kerak). Hajmi 100 ml bo'lgan ikkita stakanga taxminan 50 ml 1 M H ,SO4 solinadi. Stakanlardan biri 4 yoki 5 ta teshigi bo'lgan. daraxt po'stlog'idan yasalgan tiqin bilan zichlanmay yopiladi. Shu stakanga to'rsimon platina mikrokatodi o'rnatiladi va stakanga magnit, gaz chiqarish nayi va to'yingan kaliy xlorid eritmasi to'ldirilgan U-simon nayning bir uchi i nshiriladi. Ushbu U-simon nayning ikkinchi uchi to'yingan kaliy xlorid bilan to'ldirilgan va to'yingan kalomel elektrodi bo'lgan stakanga joylashtiriladi. Birinchi stakanga, sulfat kislota eritmasi to'ldirilgan U-simon nayning bir uchi tushiriladi. Bu nayning ikkinchi uchi sulfat kislota bilan to'ldirilgan, plastinka shaklidagi anodli stakanda bo'ladi. To'rtinchi stakan tarkibida 1 MCu SO4. 0.1 M K ,SO4 va 0,1 M H ,SO4 bo'lgan eritma bilan to'ldiriladi, bu stakan kulonometr vazifasini bajaradi. Shu stakanga platina simidan yasalgan elektrodlar va aralashtirgich tushiriladi. Kulonometrda katod vazifasini bajaradigan elektrodning massasi analitik tarozida lortilib. aniqlangan bo'lishi kerak. Elektr toki manbasiningbirqutbi mis sim orqali qarshilikning bir uchiga, qarshilikning ikkinchi uchi Kolraush ko'prigining bir uchiga ulanadi. Elektr manbasining ikkinchi qutbi tok ulash kaliti orqali Kolraush ko'prigining ikkinchi uchiga ulanadi. Kolraush ko'prigining har ikkala uchiga qutblariga nova qilgan holda voltmetr ulanadi. Kalit yordamida tokni ulab, Kolraush ko'prigining uchlarida 10-15 V kuchlanish hosil qilish kerak. Kolraush ko'prigining manfiy qutbiga katod, siljiydigan uchiga esa ikkinchi tok ulash kaliti. milliampermetr va anod ulanadi. Shundan so'ng potensiometr ishga sozlanadi va katod musbat. to'yingan kalomel elektrodi manfiy qutbga ulanadi.


Yüklə 23,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin