sistemalarga bo’linadi.
Molekulyar-dispers sistemalarda modda erish jarayonida
ayrim molekulalarga
ajraladi. Bunday sistemalarga
shakar, spirt, atseton kabi moddalarning eritmalari kiradi.
Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari. Eritmalar erituvchining
xarakteriga qarab suvli va suvsiz eritmalarga bo ’linadi. Suvsiz eritmalarga spirt,
atseton, benzol, xlorofor kabilarga o’xshash organik erituvchilardagi
moddalarning
eritmasi kiradi. Ko’pgina tuzlar, kislotalar, ishqorlarning eritmalari suvli qilib
tayyorlanadi. Har bir eritma erigan moddaning konsentratsiyasi bilan, ya ’ni
eritmaning
ma’lum miqdoridagi erigan moddaning miqdori bilan xarak - terlanadi. Eritmaning
protsent konsentratsiyasi 100 g eritmadagi moddaning grammlar miqdori bi lan
belgilanadi. Masalan, 5% li eritma 100 g eritmada 5
g moddaga, ya ’ni 5 g moddaga va
100 - 5 = 95 g erituvchiga ega bo’ladi va hakozo.
Berilgan molyar konsentratsiyali 1 l eritmada ushbu moddaning grammlar
miqdorini topish uchun mol massasi- ni, ya’ni 1 molning massasini bilish zarur.
Grammlarda ifodalangan moddaning mol massasi son
jihatdan ushbu moddaning
molekulyar massasiga teng bo’ladi. Masalan, NaCl tuzining 1 M (molyarli) eritmasini
tayyorlash uchun 1 l suvda 1 mol yoki 58,45 g NaCl tuzini eritis h kerak.
Dostları ilə paylaş: