164
ko„rsatuvchi avtotashuvchilar va transport-logistika kompaniyalariga soliq va
bojxona imtiyozlari berildi va hujjat 2017-yil 4-dekabrdan to„la kuchga kirgan.
Qaror asosida ular – xalqaro avtotashishlarni amalga oshiradigan milliy
avtotransport korxonalari, shuningdek, transport-logistika kompaniyalari 01.01.2022
yilgacha soliqning 3 turini to„lashdan ozod etildi:
- qo„shilgan qiymat solig„i;
- mol-mulk solig„i;
- yer solig„i.
Ushbu imtiyoz maqsadli hisoblanadi – bo„shaydigan mablag„lar o„z avtoparkini
kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy ombor
terminallarini barpo etish va bank kreditlarini so„ndirishga yo„naltiriladi.
Ko„rsatilgan tadbirkorlik subyektlari xuddi shu muddatga O„zbekistonda ishlab
chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko„rsatish uchun mo„ljallangan,
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro„yxatlar bo„yicha olib kiriladigan ombor
asbob-uskunalari, ortish va tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar va boshqa
tovarlar uchun bojxona to„lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvidan tashqari) ozod
etildi.
Xalqaro avtotashishlar uchun litsenziya bilan shaharlar o„rtasida tashishlarga
ham ruxsat berildi.
O„rnatilishicha, avtotransport korxonalari xalqaro qatnovlarda yuklarni tashish
uchun litsenziya bilan shaharlararo qatnovlarda ham yuklarni tashishga haqli.
Dostları ilə paylaş: