187
kuch ta‟siri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar
vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga u shu holatda bojxona
hududiga olib kirilgan tovar kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur olatlar vakolatli
shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan
kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma‟lum qilinishi
kerak, bundan vaqtincha saqlash bojxona rejimi mustasno.
Boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan e‟tiboran uch ish kuni ichida
tovar bojxona omboridan olib chiqilishi kerak.
Ilgari vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona
rejimida turgan tovarni undan keyinchalik bojxona hududida ushbu bojxona rejimiga
muvofiq foydalanish maqsadida bojxona omboridan olib chiqishda vaqtincha olib
kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash muddatining o„tishi tiklanadi.
Ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talabga rioya
etilmagan taqdirda, bojxona organi bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati
tugagan tovarga nisbatan qaror qabul qilinishi uchun sudga murojaat etadi.
EIHlarga olb koroladogan xomashyo, materiallar, eksport qilinadigan tovarlar
uchun QQSni hisoblashning o„ziga xos talablari mavjud. Uni bilish muhin
ahamiyatga ega. O„z navbatida, QQSning tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga
solishdagi o„rni kata bo„lib, uni quyidagi rasmda ko„rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: