Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, soliq, bojxona, mahsulot, imtiyoz, investor,
iqtisodiyot, investitsiya, rezident, dengizbo„yi ochiq shaharlar.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
Xitoydagi EIHlarining o„ziga xosligi shundaki, zonadagi korxonaning ishlab
chiqarishi tashqi bozorga yo„naltirilgan hisoblanadi. Mahsulotlarni ichki bozorga
sotish EIH boshqaruv organining ruxsati bilan amalga oshiriladi va ulardan odatdagi
tartibda bojxona to„lovlari undiriladi. Shu sababli ayrim EIHlarda eksport hajmi
hudud ishlab chiqarishining 80 %ini tashkil etadi.
2.
Xitoyda EIHlarda investorlar uchun taqdim etilgan soliq va bojxona
imtiyozlari va boshqa qulay shart-sharoitlar EIHlarga xorijiy investitsiyalar kirib
kelishini
rivojlantirishga
ta‟sir
ko„rsatmoqda.
Endilikda
iqtisodiyotning
investitsiyalarga birmuncha to„yinganligi va jamg„armalari hajmi birmuncha ortishiga
erishilganligi sababli xorijiy investitsiyalarga taqdim etiladigan imtiyozlar ma‟lum
darajada qisqartirildi.
3.
Xitoyda xorijiy investorlar EIHlarda imtiyozlarga ega bo„lishi uchun ular
kiritadigan investitsiyalar kamida 50 mln. AQSh doll. bo„lishi va ustav kapitalidagi
ulushi kamida 25 %ni tashkil etishi lozim. EIH rezidentlari uchun 5 yil davomida
alohida soliq imtiyozlari tizimi yo„lga qo„yilgan. Birinchi 2 yil davomida ular
umuman daromad solig„ini to„lashmaydi va keyingi 3 yil davomida soliqning
faqatgina 50 %ini to„lashadi, xolos. 2012 yildan boshlab qat‟iy 25 % qilib o„rnatildi.
Savdo, qayta ishlash va import-eksport faoliyati bilan shug„ullanuvchi EIH
rezidentlari uchun QQS 17 % deb belgilangan.
Nazorat uchun savollar: 1.
Xitoyda EIHlarni rivojlantirishda investorlarga taqdim etilgan imtiyozlar
qanday ahamiyat kasb etgan?
2.
Xitoyda EIHlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qanday imtiyozlar
mavjud?
3.
Xitoy EIHlarida imtiyozlar tizimida qanday o„zgarishlar kuzatilmoqda?
4.
Xitoy xorijiy investitsiyalarga nisbatan qanday siyosatni qo„llamoqda?
5.
Xitoy EIHlarida qanday boj siyosati joriy etilgan?
6.
Xitoy dengizbo„yi ochiq shaharlaridagi imtiyozlar nimalardan iborat?