321
2.
Offshor markazlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar
davlat yurisdiktsiyasi
ostida bo„ladi va mahalliy qonunchilikga qat‟iy amal qilishlari majburdir. Offshor
hududlarida soliq imtiyozlari turli xil variantlarda bo„lishi mumkin.
Irlandiya va
Liberiya offshor hududlarida soliq umuman olinmaydi. Shveytsariyada soliqlar juda
ham past stavkalarda olinadi. Lixtenshteyn va Antil orollari offshor hududlarida soliq
sifatida yagona to„lov
amalga oshiriladi, bu kabi hududlarda yana yillik ro„yxatga
olish badallari, bank va sug„urta xizmatlaridan foydalanganlik uchun to„lov,
trast
faoliyati uchun litsenziya to„lovlari ham olinadi.
3.
Eng birinchi tashkil etilgan offshor hududlariga Men, Gernsi, Djersi, Gibraltar
orollari hamda Irlandiya va Panamalar misol bo„la oladi. Xuddi mana shu mamlakat
va hududlar uzoq vaqt davomida, nafaqat, Yevropa biznesi imkoniyatlarini, balki, o„z
hududlarida offshor operatsiyalarining salmoqli ulushini amalga oshirishgan. Odatda,
offshor biznes bank, sug„urta ishi,
dengiz kemachiligi, ko„chmas mulk bilan
operatsiyalar, trast faoliyati, eksport-import operatsiyalari, konsaltingda jamlanadi.
Dostları ilə paylaş: