97
xizmatlarni yetkazib berishda foydalaniladi.
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar,
texnopark, texnopolis, ilmiy-texnik park,
innovatsiya
markazi, ilmiy park, ishlab chiqarish, texnologiya, sanoat.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1.
EIHlarning zamoanviy turlaridan bo„lgan texnik-tadbiq etish hududlari
bugungi kunda bir qancha ko„rinishlarda tashkil etilib, faol rivojlanib bormoqda.
Texnoparklar ular orasida eng keng tarqalgan hududlar sanalib, ular endilikda sanoati
rivojlangan mamlakatlardan asta-sekinlik bilan rivojlanayotgan
mamlakatlarga ham
faol ko„chib bormoqda.
2.
Texnopark va texnopolislar venchur fondlar hisobidan moliyalashtirish
xususiyatga ega bo„lib, ularda yuqori ilmiy-texnik salohiyatga ega mutaxassislar
faoliyat ko„rsatadilar. Ularning mahsulotlari iqtisodiyotda
ilmiy-texnik samaralarni
oshirishga va energiya va resurstejamkor mahsulotlarini tadbiq etishga xizmat qiladi.
3.
Ilmiy parklarda iqtisodiy o„sish samarasini belgilovchi omil shundan iboratki,
ularda infratuzilmaga qo„yilgan har bir so„m ishlab chiqarishga xususiy
investitsiyalar hajmini bir qancha barobar (20 barobargacha) oshirishga imkon beradi,
ishlab chiqarishni o„ziga qo„yilgan qo„yilmalar esa qo„shni sohalardagi talabning
o„sishini faollashtiradi va park hududidan tashqarida bo„lgan ishlab chiqarish turlarini
ham rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: