11.1-jadval. Yetakchi offshor hududlaridagi offshor kompaniyalari soni 99 № Mamlakat Offshor kompaniyalar soni 1.
Panama
337 000
2.
Britaniya Virgin orollari
208 000
3.
Irlandiya
150 000
4.
Gibraltar
60 000
5.
Lyuksunburg
55 000
6.
Bagam orollari
50 000
7.
Kayman orollari
38 700
8.
Men oroli
38 500
9.
Jersi oroli
30 500
Offshor hududlarini tashkil etgan mamlakatlar bir qator ijtimoiy-iqtisodiy
manfaatlarga erishadilar:
-
chet el kapitalini jalb etadilar;
-
soliq to„lovlari, yig„imlari va boshqa qo„shimcha daromad manbalariga ega
bo„ladilar;
-
mahalliy aholini ish bilan bandligini ko„paytiradilar.
Xalqaro valyuta fondining ekspertlarining hisob-kitoblariga muvofiq, ayrim
mamlakatlarda offshor biznesidan kelayotgan daromad yalpi ichki mahsulotning 30-
35 %ga etadi
100
.
Keyingi vaqtlarda jahon hamjamiyati offshor hududlariga biroz shubha bilan
qaray boshladi. Bu ular faoliyatidagi salbiy taraflari bilan bog„liq. Jumladan offshor
hududlarini kreminal doiralari tomonidan xalqaro terrorizm va narko biznesni
moliyalashga foydalanish ehtimoli mavjud. Odatda, xalqaro terrorizm va narkotiklar
savdosi uchun jinoyatchilik yo„li bilan topilib, keyin offshor banklari tizimi orqali
yuvib tozalangan mablag„lar ishlatiladi. AQSh Federal qidiruv byurosining
ma‟lumotlariga binoan, offshor hududlarida bank va investitsion hisoblarda
saqlanayotgan har o„n dollardan biri jinoyatchilar guruhlariga tegishlidir.
Shuning uchun jahon hamjamiyati offshor hududlardan ko„proq ochiqlikni, bank
sirini ochmaslik haqidagi tartibni tubdan o„zgartirishni, davlat xuquq-tartibot
organlari bilan hamkorlikni kengaytirishni, moliyaviy soha boshqaruvini
takomillashtirishni talab etmoqda.