Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Transmilliy 
korporatsiya
– 1) xorijiy aktivlarga ega bo„lgan, 
operatsiyalarining kamida ¼ qismini mamlakat tashqarisida, o„zi ro„yxatga olingan 
chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya; 2) bosh kompaniya bir 
mamlakat kapitaliga tegishli bo„lgan kompaniya; 3) xorijiy aktivlarga ega bo„lgan 
milliy monopoliyalar; 4) filiallari dunyo bo„ylab tarqalib ketgan kompaniyalar. 
Tratta 
– (ital. tratta – o„tkazma veksel) – tashqi savdodagi asosiy hisob-kitob 
hujjati. Kreditorning qarzdorga (odatda, bankka) yozma buyrug„i. Unda bankning 
uchinchi shaxs (remitent – taqdimchi)ga yoki trattani taqdim qilganga muayyan 
summadagi pulni to„lashi ko„rsatiladi. 
To„lov balansi
– ma‟lum bir davr mobaynida mamlakat tomonidan xorijga 
to„langan to„lanmalar va xorijdan olingan to„lovlar o„rtasidagi nisbat. O„z ichiga 
tegishli davrda mamlakat tovarlari eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi savdo 


374 
balansini, xizmatlar balansini va notijorat to„lovni oladi. Bularning barchasi joriy 
operatsiyalar bo„yicha to„lov balansini shakllantiradi. Mamlakatning umumiy to„lov 
balansi joriy operatsiyalar bo„yicha to„lov balansi, kapitallar va kreditorlar harakati 
balansi, shuningdek, oltin va valyuta zahiralari harakati balansidan tashkil topadi. 

Unitar korxona 
– mulk egasi tomonidan o„ziga birkitib berilgan mulkka egalik 
qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti ko„rinishidagi davlat yoki mahalliy 
boshqaruv idoralari korxonasi. Unitar korxona o„z majburiyatlari bo„yicha o„ziga 
tegishli jami mol-mulki bilan javob beradi, lekin, mol-mulk egasi majburiyatlari 
bo„yicha javobgar emas.
Ustav kapitali 
– aksiyadorlik jamiyati ustavida qayd etilgan pul ifodasidagi 
dastlabki, boshlang„ich kapital. Ustav kapitali aksiyalar sotishdan tushumlar, 
ta‟sischilarning xususiy qo„yilmalari va davlat qo„yilmalari hisobidan yuzaga keladi. 
Ustav kapitaliga badallar faqat pul mablag„lari ko„rinishida emas, balki mulk 
shaklida, masalan, imoratlar, er, shuningdek, intellektual mulk obyektlari: patentlar, 
litsenziyalar, loyihalar shaklida ham bo„lishi mumkin. Ustav kapitali balansning 
passivida qayd etiladi. 
Ustav fondi 
– ta‟sischilar – ishtirokchilarning o„zlari tashkil etgan kompaniya, 
xo„jalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan moddiy va pul 
mablag„lari majmui. Ustav fondi kompaniyaning xo„jalik faoliyatidan olinadigan 
foyda hisobiga ko„payib borishi mumkin. Ustav fondi kompaniya, jamiyatning asosiy 
va aylanma mablag„lari qiymatini tashkil etadi. 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin