Erkin kurash federatsiyasi


II BOB. O‘ZBEKISTONDA ERKIN KURASH



Yüklə 264,9 Kb.
səhifə4/6
tarix22.12.2022
ölçüsü264,9 Kb.
#77366
1   2   3   4   5   6
kurash

II BOB. O‘ZBEKISTONDA ERKIN KURASH
2.1 O‘ZBEKISTONDA ERKIN KURASH RIVOJLANISH BOSQICHLARI
O’zbekiston mustaqillikga erishgandan keyin yurtimizda sport kurash turlariga yuqori darajada e’tibor qaratildi. 1998-yil 5-fevraldagi “Kurash Xalqaro Asosiatsiyasini qo’llab quvvatlash”, 2012-yil 24-sentabrdagi “Sport kurashlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktabni tashkillashtirish” to’g’risidagi birinchi Prezident farmoyishlari shuningdek Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 2-oktabrdagi “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3306-son qarorlari bunga yaqqol dalil bo’ladi. Albatta bugungi kunda polvonlarimiz qator nufuzli musobaqalarda – Olimpiada va Osiyo O’yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va xalqaro musobaqalarda g’olib va sovrindor bo’lib, mustaqil O’zbekiston Resrublikasini butun jahonga tanitmoqda.
Buning ta’sirida yurtimizda nufuzli musobaqalarni o’tkazish uchun katta ishonch bildirilib, eng yuqori darajadagi musobaqalar - Jahon va Osiyo chempionatlari va xalqaro musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda. 2014-yilning sentabr oyida erkin va Yunonrim kurashi bo’yicha Jahon chempionati yuqori saviyada o’tkazildi, shuningdek sport kurash turlari bo’lgan dzyudo kurashi bo’yicha Jahon Kubogi bosqichlari, sambo kurashi bo’yicha Jahon chempionatlari, kurash va belbog’li kurash bo’yicha doimiy ravishda musobaqalar o’tkazib kelinmoqda.
Qadimdan O’zbekistonda kurash va belbog’li kurash turlariga qiziqish yuqori bo’lgan. To’ylar, sayillar va har xil bayramlar mazkur kurash turlarisiz o’tmagan. Mustaqillik yillarida an’analar qayta tiklanib, hozirgi kunga kelib har bir viloyatda ikkala kurash turi ham yaxshi rivojlangan. Ikki milliy kurash turlaridan tashqari Yunon-rim kurashi, erkin kurash, dzyudo kurashi va sambo kurashi yurtimizda keng tarqalgan va rivojlangan. Yuqoridagi kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi har xil sharoitlarda vujudga kelgan. Sport kurash eng qadimgi sport turlaridan biri bo’lib, juda qiziqarli va yorqin tarixga ega.
Qadimgi inson ming yillar davomida instinktli hujum va himoyalanish harakatlaridan to zamonaviy kurash turlari usullariga yaqin bo’lgan koordinatsiyalashgan harakatlargacha qiyin yo’lni bosib o’tgan. O’troq hayot boshlanishi bilan xalqlarning jismoniy tarbiyasida jangovar tayyorgarlikka xos bo’lgan va birinchi navbatda, har xil yakka kurash turlari oldingi qatorga qo’yilgan. Qadimgi insonning muntazam yashash joylarida ov qilish sahnalari bilan bir qatorda kurashayotgan kishilarning tasviri paydo bo’la boshladi.
Misr ehromlari devorlarida ko’rinishiga qaraganda mukammal texnikaga ega bo’lgan kurashchilarning tasvirlari topilgan. Taxminan mil.av. 2800-yilda tayyorlangan bronzali haykal belbog’li kurashning eng qadimgi yodgorligi hisoblanadi. Uning asosida raqibni chirmab olishning og’riq beruvchi usul yotadi.
Erkin kurash sport turi O’zbekistonda Yunon-rim kurashi hisobiga rivojlangan deyish mumkin. Sababi XIX asrda Amerika qit’asida rivojlangan erkin kurash XX asr boshida Yevropada, XX asrning 20-30-yillarida Rossiyada tarqaldi, 50-60- yillarda O’zbekistonga ham kirib keldi. O’sha davrlarda Yunon-rim kurashi bo’yicha Resrublika chempionatida birinchi o’rinni egallagan kurashchilar sobiq Ittifoq chempionatiga Yunon-rim kurashi bo’yicha qatnashardi, ikkinchi o’rinni egallagan sportchilar erkin kurash bo’yicha qatnashardi.
Keyinchalik O’zbekiston terma jamoasining bosh murabbiysi Kursat Alievich Ablaev tomonidan olib borilgan rivojlantiruvchi ishlar evaziga erkin kurash bo’yicha ham alohida ko’zga ko’ringan sportchilar tayyorlana boshladi. Shulardan 70-yillarda Enver Abdurahmanov Jahon Kubogi sohibi va Yevropa chempioni bo’ldi. Obid Nazirov, Rahmonberdi Ahmedov, Qo’ldosh Asraqulov, Axroljon Ro’ziev, Aleksandr Nedorezovlar tomonidan olib borilgan rivojlantiruvchi ishlar oqibatida 80-yillarda va 90-yillar boshida Arsen Fadzaev 1988- (Seul, Janubiy Koreya) va 1992- (Barselona, Ispaniya) yillardagi Olimpiada chempioni hamda olti karra Jahon chempioni, aka-uka Aslanbek 1988- (Seul, Janubiy Koreya) va Maxarbek Xadartsevlar 1988 (Seul, Janubiy Koreya) va 1992- (Barselona, Israniya) yillardagi Olimpiada chempioni hamda Jahon chempionligiga erishib, O’zbekistonda erkin kurash yaxshi rivojlanganligini e’tirof etishdi.
Mustaqillik yillarida, xususan, 2012-yilda Londonda (Angliya) olamshumul voqea sodir bo’ldi, ya’ni hamyurtimiz Artur Taymazov uchinchi Olimpia O’yinlari oltin medalini qatorasiga qo’lga kiritdi. Uning Olimpiadalarda qo’lga kiritgan to’rtta medali bor. Birinchi medalini 2000-yilda Sidney (Avstraliya) Olimpiadasida kumush medal sohibi bo’ldi. 2004-yilda Afina (Gretsiya) Olimpiadasida birinchi oltin medal, 2008-yilda Pekin (Xitoy) Olimpiadasida ikkinchi oltin medal va 2012- yildagi London Olimpiadasida uchinchi oltin medalni qo’lga kiritdi. Bunday sport natijasi dunyoda kamdan-kam polvonlar erishadigan natijadir. Shu yuqori natijalar ko’rsatgani va O’zbekiston bayrog’ini yuqoriga ko’targani hamda O’zbekiston madhiyasi nufuzli musobaqalarda yangragani uchun O’zbekistonda sof tilladan Artur Taymazovning haykali bunyod etildi. A. Taymazovdan boshqa sportchilarimizning natijalarini ham yaxshi ko’rsatkich deb baholashimiz mumkin, ya’ni 1993-yilda Ramil Ataulin Jahon chempionatining bronza medalini qo’lga kiritdi. 1997-yildagi Atlanta Olimpiadasida Magomed Ibragimov kumush medal va Kuramagomed Kuramagomedov bronza medal sohibi bo’ldilar. Soslan Tigiev 2008-yilda Pekin Olimpiadasida kumush medal sohibi bo’ldi.
Yurtdoshlarimizdan Dilshod Mansurov 2001- va 2003- yillarda Jahon chempionligini qo’lga kiritgan. Xalqaro maydonlarda O’zbekiston kurashchilaridan Arsen Fadzaev va Maharbek Xadartsev (ikki karra olimpiya va bir necha bor jahon chempionlari), Aslan Xadartsov (44 karra jahon chempioni) E.Abdurahmanov, E.Yusupov, L.Sherilov, A.Xaymovich, R.Ataulin, X.Zangiev, R.Islomov, A.Ochilov, D.Zahartdinov va R.Xinchagovlar ham katta yutuqlarga erishganlar.
Milloddan avvalgi 708-yildan boshlab Yunonistonda o’tkazilgan Olimpiyada o’yinlari dasturida erkin kurashga o’xshash musobaqalar o’tkazilgan. XIX asrning II yarmida Buyuk Britaniyada erkin kurash zamonaviy qoidalari ishlab chiqilgan. 1992-yil O’zbekiston xalqaro havaskor kurashchilar assotsiyasi FILAga a’zo bo’ldi. XX asrning 50-yillaridan boshlab O’zbekiston erkin kurashi ommalashib bordi. 1956-yildan erkin kurash bo’yicha erkaklar o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazilgan. 1990-yildan boshlab O’zbekiston erkin kurash bo’yicha “Mustaqillik kubogi” Gran-pri musobaqasi o’tkazildi. 2003-yildan erkin kurash bo’yicha ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionati o’tkazildi. Erkin kurash bo’yicha Olimpiyada va Osiyo o’yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda g’olib chiqqan o’zbekistonlik sportchilardan Leonid Sherilov, Arsen Fadzaev, Maharbek Xadartsev, Ruslan Xinchagov, Ramil Ataulin, Adham Ochilov, Dilshod Mansurov, Magomed Ibragimov, Artur Taymazovlardir. Erkin kurash bo’yicha Artur Taymazov o’ziga xos rekord o’rnatdi, 2000 yilda Sidney Olimpiadasida kumush va keyingi (Afina – 2004-y, Pekin – 2008-y, London – 2012-y.) uchta Olimpiada O’yinlarida qatorasiga g’olib bo’lgan.
Yangi sport turi boʻyicha birinchi marta oʻtkazilayotgan jahon chempionatida shuncha davlat vakillarining ishtirok etishi sport olamida olamshumul voqea boʻldi. Chempionatning ochilish marosimida Oʻzbekiston davlat rahbari, XKU faxriy Prezidenti Islom Karimov oʻzbek kurashi ushbu azim oʻlka xalqi tabiatiga xos boʻlgan mardlik, jasurlik, oʻz raqibiga boʻlgan mehr oqibat, adolat, haqqoniylik va insonparvarlik kabi xislatlarni oʻzida mujassam etganini qayd etdi. Ushbu xislatlarni oʻzida mujassam etgan sport turi esa jahon miqyosida xayrixohlik ila kutib olinishi va qoʻllab-quvvatlanishi muqarrardir.
Oʻzbekistonning tomoshabinlar bilan toʻlib toshgan stadionlari ajoyib manzaraning guvohi boʻldilar. 50 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan yuzlab kurashchilar ushbu bellashuv turi boʻyicha jahonda tengi yoʻq ekanliklarini isbotlash uchun gilamga tushdilar.
Musobaqalar uch vazn toifasida oʻtkazildi −73,90 kilogramm va mutloq vazn. Bellashuvlar juda ham zavqli shu bilan birga qizgʻin ruhda oʻtdi. Musobaqa natijalariga koʻra uchchala vazn toifasida ham Oʻzbekistonlik kurashchilarning gʻoliblik shohsupasiga koʻtarilganligida alohida maʼno bor.
Oʻshandan buyon XKU yillik asosda kattalar orasida jahon chempionati bellashuvlarini muntazam oʻtkazib kelmoqda. Kurash boʻyicha ikkinchi jahon chempionati ushbu maroqli bellashuv vatanidan tashqarida oʻtkazildi.
2000-yilning iyul oyida Turkiyaning Oʻrta yer dengizi qirgʻoqlarida joylashgan Antaliya kurort shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi jahon chempionatida ayollar ham ishtirok etdilar. Uchinchi jahon birinchiligi 2001-yilning avgust oyida Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtdi.
XKU kattalar oʻrtasidagi birinchiliklar bilan bir qatorda 2000-yildan buyon yoshlar oʻrtasida ham jahon chempionati oʻtkazib kelmoqda. Ushbu toifadagi birinchi ikki chempionat 2000 va 2001-yillarning may oyida Rossiyaning Tver shahrida boʻlib oʻtdi.
XKU 1999-yilning iyunida ayollar oʻrtasida birinchi xalqaro bellashuvni oʻtkazdi. Bellashuv maskani etib Rossiyaning Bryansk shahri tanlandi. Unda 9 mamlakatdan kelgan 25 jamoa ishtirok etdi. Germaniyalik Gretta Myuller musobaqa gʻolibi boʻldi. Ikki nafar Rossiya va musobaqa gʻolibining yana bir vatandoshi ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni baham koʻrdilar.
Kurash boʻyicha birinchi qitʼa chempionati 1999-yilning dekabrida boʻlib oʻtdi. Belorus poytahti Minsk kurash boʻyicha birinchi Yevropa chempionatiga mezbonlik qildi. Ayollar hamda erkaklar ishtirok etgan kurash boʻyicha birinchi Osiyo chempionati 2001-yilning aprel oyida bellashuvning vatani Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi. 2001-yilning iyul oyida Janubiy Afrikaning Xartenbos shahrida Afrika qitʼasining birinchi qitʼa chempionati boʻlib oʻtdi. Birinchi Pan Amerika chempionati esa 2002-yilning mart oyida Boliviya poytaxti La-Pas shahrida boʻlib oʻtdi.
XKU doirasida uyushmaga aʼzo davlatlarda turli xalqaro turnirlar ham muntazam ravishda oʻtkaziladi.
Shu kabi nufuzli bellashuvlar sirasiga 2000-yildan buyon Britaniya kurash uyushmasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan Islom Karimov xalqaro bellashuvini keltirish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va XKU faxriy Prezidenti sharafiga tashkil etilgan mana shunday musobaqalar dastavval 2000-yilning oktabr oyida Buyuk Britaniyaning Bedford shahrida boʻlib oʻtdi.
Ikkinchi turnir 2001-yilning noyabr oyida Buyuk Britaniyaning Dartford shahrida oʻtkazildi.
2001-yildan buyon XKU „eng yaxshi kurashchi“, „eng yaxshi hakam“, „eng yaxshi federasiya“ kabi 12 turli nominasiyada yilning eng yaxshi voqeasini va insonlarini aniqlashni yoʻlga qoʻydi. Kurash tarixida birinchi marotaba „2001-yilning eng yaxshi kurashchisi“ nominasiyasida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan bellashuvda ajoyib oʻyin koʻrsatib gʻolib chiqqan Braziliyalik kurashchi Aleksandr Katsuragi oliy mukofot sazovori boʻldi. Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqqan Polshalik Dorota Sikora „Yilning eng yaxshi kurashchi ayoli“ deb topilgan. „Eng yaxshi texnika“ nominasiyasida 2001-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan ikki xalqaro turnirning mutlaq gʻolibi, oʻzbek kurashining navqiron yulduzi, ogʻir vaznli sportchi Abdulla Tangriev oliy mukofotni qoʻlga kiritdi. Bugungi kunga kelib kurash butun jahonda eʼtirof etildi. Boliviya, Kanada, AQSh, JARdan boshlab Gollandiya, Turkiya, Rossiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda kurash maʼlumu-mashhur. Hozirda XKU Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrika qitʼalarida joylashgan 4 qitʼa va 40 dan ortiq milliy kurash federasiyalarini birlashtiradi. XKUsining xalqaro sport tashkiloti sifatidagi nufuzi kundan-kunga ortib bormoqda. Albatta XKU Prezidenti va tashkilot ijroya qoʻmitasi aʼzolarining turli xalqaro sport uyushmalari va tashkilotlari rahbarlari bilan olib borayotgan muzokara va uchrashuvlari koʻp jihatdan bunga turtki boʻldi.
Kurash eng qadimiy bellashuv turlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga jahon sahnasida u eng yosh sport turi hamdir. Oʻzining uzoq oʻtmishiga qaramasdan kurash faqatgina 1998-yilda jahon sport sahnasida shahdam odim tashladi. Ushbu odimlar na yengil va na qisqadir. Avval boshidanoq kurashning porloq odimlari va undan kutilgan maqsad aniq belgilangan edi. U ham boʻlsa Oʻzbek kurashini xalqaro sport turiga aylantirishdir.

Yüklə 264,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin