Ertalabki suhbatlar



Yüklə 322,08 Kb.
səhifə1/39
tarix20.11.2023
ölçüsü322,08 Kb.
#162886
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ЭРТАЛАБКИ СУҲБАТ КАРТОТЕКАСИ



ERTALABKI SUHBATLAR


DUSHANBA
Madaniy-gigiyenik koʻnikmalar” (bolalar orqali ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini oʻrnatish maqsadida hamda haftaning birinchi kunini inobat olib, bolalarda shaxsiy gigiyenani shakllantirish, tozalikka, toʻgʻri ovqatlanishga, atrof-muhitga toʻgʻri munosabatda boʻlishga oʻrgatish maqsadida suhbatlar tashkil etiladi).


Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
(3-5 yosh)
Madaniy-gigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish. Bolani eslatishsiz yuzini va qo‘llarini sovunlab yuvishga, tish cho‘tkasidan foydalanib tishlarini tozalashga, qoshiqdan foydalangan holda tartibli ovqatlanishga, o‘yinchoqlarini o‘ynab bo‘lgandan keyin joyiga olib qo‘yishga, dastro‘molcha va hojatxona qog‘ozidan foydalanishga, yo‘talganda, aksirganda og‘zi va burnini dastro‘molcha yoki salfetka bilan berkitishga odatlantirish.
Ma’lum izchillikda kiyimni yechish, tahlash, joyiga osib qo‘yishni; tugmani yechish va qadashni, oyoq kiyimlari ipini yechish va bog‘lashni o‘rgatish. Yechinish va kiyinishda asta-sekin mustaqillikni shakllantirish.
Bolani ozoda va tartibli bo‘lishga odatlantirish. Kiyimdagi betartiblik (tugmachaning noto‘g‘ri qadalgani yoki yechilib ketgani, yoqaning qayrilib qolgani, oyoq kiyimining loy yoki changligi)ka e’tibor berish, ko‘zguga qarab, kiyimi, soch turmagini tartibga keltirishi, ularni mustaqil to‘g‘rilash yoki yordam so‘rab kattalarga murojaat qilish ko‘nikmasini shakllantirish.

Shaxsiy gigiena:


  • ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan so‘ng va qo‘l ifloslanganda (jonivorlar bilan o‘ynagandan keyin, sayrdan so‘ng) qo‘lyuvish;

  • qo‘l va oyoq tirnoqlarini o‘z vaqtida olish (kattalarko‘magida);

  • yuvinish, kiyinish, cho‘milish jarayonlarini to‘g‘ri ayta olish va bilishmalakasi;

  • yuvinish uchun zarur bo‘ladigan narsalar (sovun, sochiq, mochalka v.b.)nibilish;

  • yuz va qo‘lni yuvish, yuvingandan keyin artinish, sochiqni mustaqil ravishda olish va osibqo‘yish;

  • shaxsiy buyumlardan (dastro‘mol, taroq va shu kabilardan) foydalanish, tozasaqlash;

  • tish cho‘tkasidan foydalanishni o‘rganish, qattiq narsalarni tishlamaslik; shirin narsalarni ko‘pemaslik;

  • issiq va sovuq ovqatlarni keskin almashtirishga yo‘lqo‘ymaslik;

  • shikastlangan tishlarni o‘z vaqtidadavolatish;

  • ozoda, chiroyli libosdan quvonish, sochlarni tartibli turmaklab yurish; iflos kiyimbosh, kir qo‘llarni, taralmagan sochlarni, tartibsizlikni bartaraf etish (kattalardan yordamso‘rash);

  • toza dastro‘moldan foydalanish va uni cho‘ntakda olibyurish.

Yüklə 322,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin