1. SHARTNOMANING PREDMETI.
1.1. Davlat granti (to‘lov-kontrakt) hisobidan oliy ta’limga ega bo‘lgan yosh mutaxassis (bakalavr, magistr) larning intellektual saloxiyatidan unumli foydalanish va ularni ish bilan ta’minlash.
2. TOMONLARNING XUQUQLARI.
2.1.1. Oliy ta’lim muassasalari: Noyob ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha extiyoj ko‘p bo‘lgan taqdirda «Potensial ish beruvchi» larni tender asosida tanlash.
2.1.2. Talaba o‘quv amaliyotini o‘tashi uchun «Potensial ish beruvchi» ning intellektual va moddiy – texnikaviy bazasining imkoniyatlarini o‘rganish va shu asosda tegishli taklif kiritish.
2.2. «Potensial ish beruvchi»
2.2.1. «oliy ta’lim muassasasi» o‘quv reja va dasturlari bilan tanishish xamda ularni ishlab chiqarish talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan o‘z takliflarini berish.
2.2.2. «Bitiruvchi»ning Davlat imtixonlaridan attestatsiya komissiyasi a’zosi sifatida katnashish.
2.3. «Bitiruvchi»
2.3.1. O‘qish faoliyati davrida belgilangan amaliyotlarni «Potensial ish beruvchi» korxonasida o‘tishi.
2.3.2.Ta’lim muassasasini bitirgandan so‘ng ega bo‘lgan mutaxassisligi doirasida ish bilan ta’minlashni talab qilish.
Dostları ilə paylaş: |