"eshmonbek" qissasida milliy ruh talqini


Journal of Advanced Research and Stability



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144000
1   2   3   4   5   6
ANVAR SUYUN

Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
129
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
 

 
Special Issue | 2022

bo'lgan To'ranboy haqida gapirsak: To'ranboy Egilikxonning o'g'li Eshmonbekning otasi edi. 
Qissada ezgulik va yovuzlik o'rtasida kurash bo'ladi. Ezgulik va yovuzlik asarda keltirilgan 
obrazlar timsolida gavdalanadi.To'qsuluv, Eshmonbek, Tog'ali, Ziraxol, Oydinoy, xitoyilar 
hukmdori, Qosim so'fi singari timsollar taqdiri orqali g'oyat ta'sirli ifoda ettirilgan. Qosim so'fi 
kim? Qosim so'fi To'rt muchasi sog'lom. Onasi Oltintoshga cho'ri bo'ladi, so'ngra xonga kaniz 
bo'lib oladi. Oradan bir-ikki yil o'tgach xondan farzand orttiradi, o'sha farzand Qosim so'fi edi. 
Qosim so'fidagi yomon illatlar o'g'irlik, mas'uliyatsizlik, baxillik va ishratvoz edi. Eng achinarli 
bo'lgan holat otaga xiyonat kabi xarakterlarni ko'ramiz. Mana shuncha tubanliklar sohibi bo'lgan 
Qosim so'fi o'raylar taxtiga talashib Eshmonbekning sheriklarining boshini birma-bir qilichdan 
o'tkazadi, o'zining qo'l oyog'ini bo'g'lab quduqqa tashlaydi. Yozuvchi Anvar Suyun Qosim so'fi 
obrazida o'zbek millatiga yot bo'lgan illatlarni ko'rsatgan bo'lsada kitobxon asarni o'rganish 
jarayonida Qosim so'fidan nafratlanishini hisobga olganligi aniq. Qosim so'fi zalolat botqog'iga 
shaxsiy manfaatining evaziga botadi. O'raylarni parcha-parcha qilib, tarqatib yuboradi. Anvar 
Suyun ijodiga e'tibor bersak, qissa va hikoyalarida qishloq hayotini hamda odamlarning ruhiy 
dunyosini juda ta'sirli aks ettirgan. Qishloq odamlarini ekzotika manbai emas, balki har bitta 
odamga takrorlanmas ruhiy kechinmalarini singdira olgan. Eshmonbek obraziga nazar tashlasak, 
ijobiy fazilatlari ko'p. Ammasining yakka-yu yolg'iz farzandi bo'lgan Tog'alini izlash jarayonida 
uning xarakteri yoritib boriladi va asar tuguni bo'lgan voqealar rivoj topadi. Eshmonbekdagi 
umuminsoniy xususiyatlarida millatning xarakteri ko'ringanligi sezilarlidir. Otaga hurmat, 
qarindoshga bo'lgan mehr, urug'iga bo'lgan sadoqat, sevgan yoriga bo'lgan vafo, farzandiga 
bo'lgan otalik rishtasini his qilishda milliy ruh ifodasini topgan. Qosim so'fi oyoq qo'lini bog'lab 
quduqqa tashlab ketish jarayonida, Tushida Iyik otaning xabari keladi. Xabar ikki jumla aytim 
bo'lib, aytimni ixlos bilan takrorlab turadi, Olloh tomonidan sichqon qo'l-oyog'idagi arqonni 
yeyishi va quduq ustida bulut paydo bo'lib yomg'ir yog'ishi xalq og'zaki ijodi dostonga xos 
ko'rinishdan biridir. Bunga o'xshash veqea xalq og'zaki ijod namunalaridan biri Alpomish 
dostonida ham tasvirlangan. O'zbek xalqida mehmondorchilik odati ham keng tarqalgan. 
Mehmondorchilik 
syujeti 
ham 
Eshmonbek 
qissasida 
ko'p 
uchraydi. 
Shunday 
mehmondorchiliklarning biri Qambar cho'lida “Qambar cho'li boshi-keti ko'rinmas biyday sahro 
edi, bitta-yarim jondoridan bo'lak jonzoti yo'q edi. Esmonbek qayga borarini, ne qilarini bilmay 
turganda uzoqdan bir qora ko'rinadi. Tuyamikan desa, o'rkachi yo'q. Otmikan desa, siyog'i otga 
o'xshamaydi. Nima bo'lsayam joni bor narsadir-da, shulki bu yerlarda tirik ekan, men ham 
yashab qolsam kerak deb u tomon yuraverdi.
Bu yovmitlar sardori Qayduxonning o'g'li To'lunbek edi... 
Yaratgan Qayduxonga bir marta tirnoq bergan, bergandayam egiz bergan edi. Kattasini 
To'lunbek, kichigini To'labiy der edi. To'lunbek qush solib ov qilishga mukkasidan ketgan
shunqoru qarchig'aylardan bir nechtasini qo'lga o'rgatgan edi. 
O'sha mahal bir tovushqon To'lunbekdan qochib, Eshmonbekning oyog'i ostiga keladi. Biyday 
sahroda tusi bo'lak kishini ko'rib, ming taajjub bilan tigilib, o'q uzay desa, g'aribu benavoligini 
bilib, har tugul adashgan kas ekan-da, deb qoshini chimirib keladi.Qarasaki, bu juldur devonani 
qayerdadir ko'rganday yoki gurungida bo'lganday. Uvada kiyimi rostdan ham tanishday. U 
yog'idan sersolib qaradi, hecham eslolmadi. Axiyri ko'kragini kerib, siyosat bilan shunday dedi: 
Bunday cho'lning betida bir qora yo'q, 
Ot choptirsang belgili bir marra yo'q, 
Insu jinsdan bo'lganmisan, yo Hizr! 
Tinglay, so'yla ko'nglimda dog'-zarra yo'q. 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin