3. Detalning qanday geometrik sirtlardan tuzilganligi aniqlanadi, detalni
shaklini yaxshiroq tushunish uchun uni ayrim qismlarga ajratib o‘rganish
foydalidir, ma’lumki har qanday detal geometric sirtlarning, ya‘ni silindr, konus,
prizma, piramida, shar va boshqa aylanish sirtlarning yig‘indisidan tashkil topgan
bo’ladi.
Geometrik sirtlarning soniga, ularning bir-biriga nisbatan qo‘yilishiga va
shakliga qarab detallar oddiy va murakkab bo‘ladilar.
4. ГОСТ 2.305-68 ko‘rsatmasiga muvofiq detalning bosh ko‘rinishi,
shuningdek zarur bo‘lgan ko‘rinishlar soni aniqlanadi. Detal qarash yo‘nalishi
bilan proeksiya tekisligi orasida bo‘ladi. Kuzatuvchining qarash yo‘nalishi detal
sirtiga nisbatan to‘gri burchak ostida chizma geometriyaning to‘g‘ri burchakli
proektsiyalash metodida yo‘nalgan bo‘ladi. Detalning bosh ko‘rinishi ya’ni
oldidan ko‘rinishi uning frontal proektsiyalar tekisligidagi tasviridir. Bosh
ko‘rinish detalning shakli, ko‘rinar va ko‘rinmas chiziqlari haqida boshqa
ko‘rinishlarga qaraganda ko‘proq ma’lumat beradigan qilib tanlanadi.
Eskizda chiziladigan har bir ko‘rinish detalning ma’lum bir tomonidan
ko‘rinishiga mos keladi. Ko‘rinishlar hammasi birgalikda uning shakli, tuzilishi va
o‘lchamlari haqida to ‘liq ma’lumot bera oladigan bo‘lishi kerak. Ko‘rinishlar soni
detalning oddiy yoki murakkabligiga bogliq. Shunga ko‘ra ko‘rinishlarning sonini
aniqlashda quyidagi mulohazalarni ko‘zda tutish lozim. Eng kam proeksiyalar
sonida detalning tashkil qilgan shakli yahshi tushuniladigan qirqim, kesim va
boshqa shartliklarga deyarlik ehtiyoj qolmaydigan qilib tanlash maqsadga
muvofiqdir. Buyum ГОСТ 2305-68 ga muvofiq quyidagi oltita asosiy ko‘rinishda
tasvirlanishi mumkin.
5. Standart ГОСТ 2301 – 68 bo’yicha format tanlanadi. ГОСТ 2104-68
ko’rsatmasiga muvofiq format ajratilgan listning pastki o’ng burchagiga burchak
shtampi (asosiy yozuv) uchun joy ajratiadi, shu listda chiziladigan burchak
shtampining formasi va o’lchamlari berilgan.