Esse mavzu: Ta`limni milliy yo`nalganligi kirish



Yüklə 21,9 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü21,9 Kb.
#182091
1.esse ta`lim.milliy.yo`n


ESSE
MAVZU: Ta`limni milliy yo`nalganligi
KIRISH
Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o’zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o’zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o’zlashtirilgan bilim, faoliyat ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni qo’ya olishi hamda unga erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib-o’rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo’lib shakllanadi.
Yuqoridagi fikrlardan ta`limni inson hayotidagi o`rnini tasavvur qilish qiyin emas nazarimda. Ta`limni inson kamolidagi o`rnini hisobga ilgan holda unda milliylikni ham mujassam etish zarur.
Mazkur esseda yurtimizdagi ta`lim tizimimizni milliyligimizga yo`nalganligini yoritishga harakat qilindi.
ASOSIY QISM
SHaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatadi va uz bilimi hamda tajribasini o’rgatishda ishtirok etadi».
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
SHaxs kamoloti nafaqat o’zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
SHaxs va davlat (jamiyat) o’rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. SHu bois har qanday davlat (jamiyat) o’z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro’yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o’zligini namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o’z zimmasiga oluvchi sub’ekt sifatida namoyon bo’ladi.
Ta’lim  qonunining 10-moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi ko’rsatiladi: 
· maktabgacha ta'lim; 
· umumiy o’rta ta'lim;
· o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;
· oliy ta'lim;
· oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim;
· kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta'lim»
11-17- moddalarda esa shu har bir tur mohiyati qisqacha yoritib beriladi. Bunga ko’ra maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlashi aytiladi. Umumiy o’rta ta'lim esa quyidagi bosqichlarda amalga oshishi ko’rsatiladi: boshlang’ich ta'lim (I-IV sinflar); umumiy o’rta ta'lim (1-IX sinflar). Qonunda o’rta maxsus, kasb- hunar ta'limi olish maqsadida g’ar kim umumiy o’rta ta'lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishning yo’nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi ta'kidlanadi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo’yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi. Oliy ta'lim yuqori malakali mutaxassis tayyorlaydi, ikki bosqichda: bakalavriat va magistraturada amalga oshadi.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muasasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog’i shakllanib bormoqda. Bu o’rinda «Xonadon bog’chasi» hamda «Bolalar bog’chasi – boshlang’ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarida Bblalarga tasviriy san’at, musiqa, til va kompyuter savodxonligini o’rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o’zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish, shuningdek, kasb tanlash ko’nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o’quvchilarning umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
O’qish muddati uch yil bo’lgan majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o’rta ta’lim negizida tashkil etiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo’nalishi bo’lgan – akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o’quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik litsey o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo’yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o’zlarida fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Akademik litseylar asosan oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o’quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo’nalishlar bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo’lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi, shuningdek, o’quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e’tiborga loyiq.
Oliy ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo’nalishlari bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Bakalavr darajasiga ega bo’lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo’nalishidagi o’zi tanlagan soha bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo’ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim bo’lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo’yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.


XULOSA
Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim tizimini yangilangan sogʻlom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish, taʼlimtarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual, maʼnaviy va axloqiy saviyasiga koʻra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish boʻyicha belgilangan nazariymetodologik, amaliypedagogik yondashuvlar majmui. Taʼlimning milliy modelida maʼnaviyin tellektual jihatdan barkamol shaxsning oʻz ijodiy qobiliyatini toʻla namoyon etishini taʼminlash koʻzda tutiladi.
Jahon taʼlim tizimi tajribasida mutlakr yangilik boʻlgan Taʼlimning milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan, ishlab chiqarish. singari 5 tarkibiy qismdan iborat. OʻzRning Kadrlar tayyorlash milliy dasturida Taʼlimning milliy modeli tarkibiy qismlari taʼriflanib, ularning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Jumladan, shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarning isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Taʼlimning milliy modelining oʻziga xosligi tarkibiy qismning boshlanishidayoq yaqqol namoyon boʻladi. Unda shaxsga taʼlimning isteʼmolchisi, yaʼni obyektigina emas, balki uni amalga oshiruvchi, yaʼni taʼlim jarayonining subyekti sifatida ham qaraladi. Bu hol shaxsni taʼlimning isteʼmolchisidan bu jarayonning ijrochisiga aylantiradi, uning faolligini oshirib, rivojlanishini tezlashtiradi.
Yüklə 21,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin