Esse Shaxsning psixologik xususiyatlari ularning asosiy xarakterikasi Reja I kirish



Yüklə 58,39 Kb.
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü58,39 Kb.
#183347
  1   2   3   4   5   6
Tayanch konspekt


Esse
Shaxsning psixologik xususiyatlari ularning asosiy xarakterikasi
Reja
I Kirish
I.I Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar
II Asosiy qism
II.I Shaxs va uning faolligi
II.II Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar
II.III Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi.
III Xulosa
III.I Shaxsiyatni tadqiq qilish


I.I Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar
Psixologiyada shaxs tushunchasi. Inson, odam ko’plab fanlarning o’rganish ob‘ekti bo’lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni o’rganadi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo’luvchi ongli faoliyat sub‘ekti sifatida o’rganadi. Psixologiya fanida odamni ta’riflashda ko’plab tushunchalar qo’llaniladi. Shu jumladan «Shaxs», «individ», «individuallik» tushunchalari ham qo’llaniladi.Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar odamlar individdir. Yangi tug’ilgan chaqaloqning ham, katta yoshning ham, tafakkurni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo’lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina Shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina Shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o’zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o’zlashtirishda shakllanadi. Binobarin Shaxs ham faqat jamiyatdagina Shaxsga aylanishi mumkin.Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o’zlashtiradi, o’zi uchun o’zgartiradi-bu jarayon davomida o’zi ham Shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi o’zi hayot uchun yo’l tanlashida, bu yo’lni egallashida. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o’quvchilarga turlicha ta’sir qiladi.Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsiolligi, ongi va tilidir.Inson Shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir.
Individuallik - Shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologiya xususiyatlarining birikmalarining qaytarilmasligidir. Shaxs individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o’xshashlarning yig’indisiga bog’liq. Bularning hammasini birga qo’shib, mujassamlashtirsak ikkita bir xil odam bo’lmagan va bo’lmaydi.Individuallik kishining o’ziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlaridan odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da Qobiliyatlarda faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo’ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q – inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir. Shunday qilib, individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo’lib hisobalanadi, xolos.
Ma’lumki odam jamiyatda turli guruhlarda (oilada, o’qishda, ishda, davrada) bo’ladi. Har bir guruhda o’ziga xos ba’zan butunlay bir-biriga o’xshamaydigan rollarni o’ynaydi. Lekin shunga qaramay, ko’pincha odam turli vaziyatlarda o’xshash sifatlarni namoyon qiladi. Shaxsning psixologik ko’rinishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har bir odamda nisbatan doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, o’zini tutishi o’zgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo’lib qolaveradi.
Shaxs xislatlarining bir butunligi va o’zaro bog’liqligi uning psixologik tuzilishini, dinamik strukturasini hosil qiladi. Shaxsni, uning tuzilishini o’rganishdan maqsad nima? Shaxsni, uning tuzilishini o’rganishdan maqsad uni boshqa odamlardan ajratib turuvchi individual xususiyatlarni aniqlashdir. Bu boradagi psixologik tadqiqotlar va nazariy ishlar asosida turli «Shaxs tillari»ning ajratishga, ularni o’rganishga olib keladi. Nazariyalar orasida shaxsda ikkita qism, ikkita omilni ajratuvchi yo’nalishlar ko’rinarli o’rin egallagan. Ular Shaxs tuzilishida ikkita omil, biologik va ijtimoiy omillarni ajratib ko’rsatadilar.Ma’lumki, shaxs ijtimoiy mavjudod bo’lishi bilan birga, o’zida tabiiy, biologik tuzilish belgilarini saqlab qoladi. Ammo ikki faktorni bir-biriga qarama-qarshi qo’yib bo’lmaydi, ular birlikni tashkil qiladi, birgalikda yuzaga chiqadi.Shaxs tashqi turmush sharoitlari ta’sirida shakllanadi, ammo bir sharoitda tarbiyalangan ikki bola ikki xil bo’ladi. Chunki ularning tabiiy qobiliyatlari turlicha bo’ladi. Demak Shaxsning shakllanishiga sotsial omillardan tashqari biologik faktorlar ham ta’sir qiladi. Bu ikki narsa bir-biri bilan chambarchas bog’liq.Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik kontseptsiyalari nomini olgandir. Biogenetik kontseptsiya inson Shaxsining rivojlanishi biologik, asosan rasmiy omillar bilan belgilanishga asoslanadi.Sotsiogenetik kontseptsiya shaxsni tevarak-atrofdagi ijtimoiy mohiyatning bevosita ta’sir natijasi deb, muhitdan olingan nusxa deb hisoblanadi. Bunda ham xuddi biogenetik kontseptsiya kabi rivojlanib borayotgan kishining xususiy faolligini hisobga olinmaydi, uning tevarak atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudodga xos sust rol uynashigina mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik kontseptsiyaga amal qilinadigan bo’lsa, nima uchun ba’zi vaqtlarga bir xildagi ijtimoiy muhitlarda har xil odamlar yetishib chiqishini tushuntirib bo’lmaydi.Shaxsning shakllanishi jamiyatda ro’y beradi. Individning shaxs bo’lishi yangi jamiyatni qurishning faol ishtirokchisi bo’lish kabi ehtiyoji aynan jamoada to’laqonli qondiriladi. Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo’naltirilgan tarzda ta’sir o’tkazishda tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya shaxsni rivojlantirishning jamiyat tomonidan qo’yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda yo’naltirib boradi va uyushtiradi.
Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar. Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar uzoq vaqt davomida rivojlanib keldi. Buning natijasida ko’plab nazariyalar, yondoshishlar yuzaga keldi. Ular orasidan g’arb mamlakatlarida rivojlangan va tan olingan asosiy nazariyalarga to’xtalib o’tish lozim. Shaxs haqidagi barcha nazariyalarni rivojlanish bosqichiga ko’ra uch guruhga birlashtirish mumkin:
1. Shaxs haqida an‘anaviy nazariyalar (V.Diltey, K.Levin, V.SHtern, Z.Freyd, K.Yung va boshqalar).
2. Shaxs haqidagi yangi nazariyalar (G.Ayzenk, D.Kettel, A.Maslou, G.Olporp, K.Rodjers, K.Xorin va boshqalar).
3. Eng yangi nazariyalar (E.Bern, K.Leongard, D.Mid, G.Sallivn, Sirs, E.Fromm va boshqalar).
Ko’rsatib o’tilgan nazariyalar quyidagi psixologik yo’nalishlarning tarkibida rivojalangan yoki ularning asosi bo’lgan:Freydizmning kontseptsiyasi neofreydizm (yangi freydizm), postfreydizm, bixevorizm va neo freydizm, gumanistik psixologiya, interaktsionizm, ekzistentsionalizm, sotsiologik nazariyalar, eliktik nazariyalar va h.k.
An‘anaviy nazariyalar. Shaxs haqidagi an‘anaviy nazariyalar orasida freydizm alohida o’ringa ega. Freyd turli xil kasalliklarni (asosan nevroz bilan bog’liq bo’lgan) tahlil qilish natijasida bu kasalliklarning sabablari kasalning hayotida oldin ruy bo’rgan va uning psixika (ruhiyati)da yoki rivojalanishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan voqealar degan xulosaga keldi, bu ta’sirlar ko’pincha odamlar tomonidan unitiladi va anglanmaydi, ammo ular kishilarning xulq-atvoriga ta’sir qilishda davom etadilar, ba’zida xulq-atvor buzilishiga olib keladilar.
Freyd turli psixoterapevtik usullar yordamida ularni topish va ularni anglashga yordam berish samarali davolash usuli ekanligini aniqladi. Izlanishlar natijasida Z.Freyd odamning psixik hayotida uch darajani ajratdi: ongsizlik, ong osti (ong oldi) va ong.
Ongsizlik-instinktiv harakatlarning asosi. Ular orasida ayniqsa, jamiyat tomonidan ta’qiqlanganligi sababli anglanmaydigan bo’lib qolgan jinsiy mayllar (libido) alohida o’rin tutadi.

Ong - ijtimoiy me‘yorlar, man qilinishlar (tabu). Ong doimo ongsizlik bilan kelishmovchilikda. Turli xildagi jinsiy va boshqa mayllarni yuzaga chiqarmaslikka harakat qiladi.


Karl Gustav Yung (1875-1961) Shveytsariyalik psixiatr, psixolog. Z.Freydning yaqin safdoshlaridan biri. U.Z.Freydning izidan borib, inson psixikasida «ong» va «ongsizlik» darajalarini ajratgan. Uning fikricha hatti-harakatni boshqarishda ongsizlik hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Ongsizlik ikki xil shaklda mavjud: a) individual, b) kollektiv (jamoa) – uning asosini oldingi avlodlar tashqil qiladi. Bular asosan instinktlar, mayllar, arxetiplardan iboratdirlar.Instinktlar va mayllar K.Yung tomonidan tug’ma ehtiyojlar sifatida qaraladi. Arxetiplar (kishilikning birlamchi obrazlari) talant, tush ko’rish, afsonalar, diniy qarashlar asosida yotadi. K.Yung kishilarning psixik yo’nalaganligi asosida ularni ikki guruhga bo’ladi: introvertlar va ekstrovertlar.
Introvertlar–xulq–atvor sabablarini o’zidan axtaradi. Ular ijtimoiy passiv, tortinchoq, o’z harakatlarini chuqur tahlil qilishga moyil boshqalarga ko’p qo’shilishga intilmaydilar. Ekstrovertlar tashqi olamga yo’nalgan. Ular impulsiv tashabbuskor, dilkash guruhga va jamoaga tez moslashuvchan.
K.Yung fikricha shaxs xususiyatlari Shaxsning ehtiyojlari va motivlariga bog’liq ravishda yuzaga chiqadi. Uning fikricha tashqi muhit va Shaxsning ichki dunyosi orasidagi muvozanat buzilsa, Shaxs harakatlarida, xulq-atvorida zo’riqish paydo bo’ladi. K.Levin tomonidan Shaxsning guruhdagi o’rni, mavqei, liderlik hodisalari, nizolar o’rganilgan.
Psixologiyada yangi nazariyalarning salmog’i juda katta. Erik Bern (1902-1970) Shaxsni rivojlantirishning amaliy va nazariy asosi sifatida xizmat qilishga yo’naltirilgan «transakt tahlil» nazariyasini taklif qildi. Erik Fromm (1900-1980) gumanistik psixoanalizga asos soldi. Djordj Gerbert Mid (1863-1931) simvolik kommunikatsiyaning interaktsionistik nazariyasini ishlab chiqdi. Karl Leongard «Shaxs aktsentuatsiyalari» nazariyasiga asos soldi.
Keyingi yillarda Aleksandr Kellining (1905-1966) «Shaxs konstruktlari» nazariyasi juda keng tarqaldi va qo’llanilmoqda. Bu nazariyaga asosan Shaxsning bilish jarayonlarining kechishi uning kelajakdagi hodisalarni qanday «ko’ra olishi» (oldindan modellashtirishi, tasavvur qilishi) bilan aniqlanadi. A.Kellining fikricha xar bir odam tadqiqotchi. U doimo o’zidagi «Shaxs konstruktlari», o’zining maxsus baholash shkalalari asosida reallikning obrazini tuzadi (hosil qiladi). agar tuzilgan obraz haqiqatdan farq qilsa, to’g’ri kelmasa mavjud konstruktlar qayta quriladi. Barcha bilish jarayonlarining samaradorligi, muvaffaqiyatli konstruktlar ko’rish kishining psixologik bilim darajasiga bog’liq.



Yüklə 58,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin