Essening oʻziga xos xususiyatlari,Esse yozishdagi talablar.
Tayyorladi:Madrimova Muattar
Qabul qildi: Ilyosbek Abdugʻaniyev
Reja
Esse haqida tushuncha.
Essening oʻziga xos xususiyatlari.
Esse yozishdagi oʻziga xos talablar.
Esse haqida tushuncha
Esse (fransuzcha: essai — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va yoki shaxsga oid subyektiv fikr bildiriladi. Esselar falsafiy, tarixiy-biografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiy-ommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi.
Esse haqida tushuncha
Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. O‘zbek adabiyotida XX-asrning 90—110-yillaridan Esse yaratila boshlandi.
XXI asrning mashhur janrlaridan biri bo’lgan essening o’ziga xos jihatlari quyidagilar:
Hajmi kichik bo’ladi. 500-1000 so’zgacha. Masalan: Hardvard biznes maktabida ikki varaq esse yetarli bo’ladi. Yevropa universitetlarida besh va yetti varaqqacha bo’lishi talab etiladi;
Aniq mavzuda tizimli erkin fikrlar beriladi. Essening mavzusi aniq bo’lishi shart. U majhul yo umumiy fikrlardan iborat bo’lmasligi kerak. Bitta g’oya tanlanadi. Soddaroq qilib aytganda bitta savolga bitta javob beriladi;
Esse erkin kompozitsiyaga ega bo’ladi. Ya’ni reja tuzilmaydi. Hech qanday qolip yo ramkalarga solinmaydi;
Esseda yozuvchining “men”i yaqqol sezilib turadi. Bu essening zaruriy sifatlaridan biridir;
XXI asrning mashhur janrlaridan biri bo’lgan essening o’ziga xos jihatlari quyidagilar:
Ichki fikriy bog’liqlik mavjud bo’ladi. Barcha fikrlar bitta go’ya atrofida birlashadi. O’sha g’oyani dalillaydi hamda himoya qiladi;
Esse yozishda nisbatan oddiy so’z va iboralar tanlanadi. Sababi fikrlashda aniq, qisqa va qat’iy qarorlar muhim ahamiyatga egadir;
Esse yozishda rasman faqat mavzuga ega bo’lish mumkin. Boshqa qolip berilmaydi;
Essening ichki tuzilishi erkin bo’ladi. Ya’ni barcha xatboshilar bir-biri bilan mantiqiy bog’langan bo’lishi muhim ahamiyatga egadir;
Mazmunan bir xil fikrlar takrorlari mavjud bo’lmaydi. Esse kichik janr bo’lgani uchun unda bir xil fikrlar takrori bo’lmasligi kerak;