Etalonlar. Etalonlar to‘G‘risida asosiy tushunchalar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/3
tarix02.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#122168
  1   2   3
Etalon (tushuncha)


ETALONLAR. ETALONLAR TO‘G‘RISIDA ASOSIY
TUSHUNCHALAR

REJA:
Etalon tushunchasi


Davlat metrologiya xizmati.
O‘lchashlar birliligi va aniqligini ta’minlash masalalari.
O‘V tekshiruvlari.
Etalonlarning klassifikatsiyasi.
Foydalanilagan adabiyotlar


Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi E.ga solishtiriladi. E. birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat E.lari, E. guvoh, solishtirma E., ishchi E., E.nusxalarga boʻlinadi.
Birlamchi E. mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa E.ga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi E. qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus E. alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi E. vazifasini oʻtaydi. Davlat E.lari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus E.dan iborat. E.guvoh davlat E.ining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E.dan iborat. Solishtirma E. biror sababga koʻra bir-biriga solishtirish mumkin boʻlmagan E.ni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E. Ishchi E. birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. E.nusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi E.ga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchiE.dan iborat.
Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli E.lari xalqaro va milliy E. hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen E.lari xalqaro E. bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov E.lardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda E. larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi.
Hozirgi davrda fan va texnika, xalq xo‘jaligining rivojlanishida aniq va ishonchli o‘lchash ma’lumotlari katta ahamiyat kasb etmoqda. Ishlab chiqarishda esa metrologik ta’minot muhim o‘rinni egallab turibdi. Ma’lumki, sifatni boshqarish tizimida o‘lchashlar hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. O‘lchashlar birligi esa Davlat metrologiya xizmati orqali amalga oshiriladi.
Davlat metrologiya xizmati tarkibiga ilmiy tadqiqot institutlari, Davlat andozalarining respublika boshqarmasi, andozalash va o‘lchash texnikasining Davlat nazorati laboratoriyasi kiradi.
Davlat standartining metrologiya sohasidagi asosiy vazifasi mamlakatda o‘lchashlar birligi va aniqlikni ta’minlashdan iboratdir.
Bu umumiy masala o‘z ichiga quyidagi yo‘nalishlarni oladi:

  • o‘lchashlar birligining tashkiliy va uslubiy asoslarini standartlash;

  • fizikaviy kattaliklar birliklarini standartlash;

  • fizikaviy kattaliklar etalonlarini yaratish va uzluksiz takomillashtiruvchi davlat tizimini yaratish;

  • mamlakat halq xujaligi sohalari va tashkilotlarida qo‘llaniladigan o‘lchash vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va bu vositalar holatining Davlat nazorati;

  • o‘lchashlar o‘tkazish usullarini standartlash;

  • yangi sanoat mahsulotlarining texnik topshiriq va hujjatlarini metrologik ekspertiza qilish;

  • metrologiya sohasidagi termin va ta’riflarni DAVAN orqali tasdiqlash;

  • o‘lchash vositalarini tekshiruvchi o‘lchagichlar majmui va usullarini tasdiqlash.

Metrologiya xizmati Davlat standarti va texnik talablarga javob bermaydigan o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishni taqiqlash huquqiga ega.
Mamlakatda o‘lchashlar birligini ta’minlashda Davlat metrologiya nazoratining asosiy shakli o‘lchash vositalarini (UV) tekshirishdir.
Ishlab chiqarilgan, ta’mirlangan, xorijdan keltirilgan, foydalanish va saqlashda bo‘lgan IV tekshiruvdan o‘tkaziladi.
O‘V tekshirish bo‘yicha asosiy talab va o‘tkazish tartiblari DAVAN 8.513-84 GSI(DST) – “O‘lchash vositalarini tekshirish. Tashkilotcilik va o‘tkazish tartibi”da keltirilgan. Tekshiruv o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
O‘V birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksiya va ekspert tekshiruvlariga tortiladi.

  • Birlamchi tekshiruv yangi ishlab chiqarilgan yoki ta’mirlangan hamda xorijdan keltirilgan O‘V ga taalluqlidir. Agar xorijdan olib kelingan O‘V Xalqaro kelishuvga asosan ishlab chiqarilgan bo‘lsa, tekshiruvdan o‘tkazilmay foydalaniladi.

  • Davriy tekshiruv foydalanish va saqlashda bo‘lgan O‘V uchun ma’lum tekshiruvlar oralig’ida taalluqlidir.

  • Navbatdan tashqari tekshiruv foydalanishda bo‘lgan O‘V uchun yaroqliligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Quyidagi hollarda ya’ni ishonch tamg‘asi yoki plomba buzilgan; tekshiruv o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat yo‘qolgan; O‘V saqlashdan keyin foydalanishga berilgan; O‘V iste’molchiga jo‘natilgan; qayta konservatsiya qilinib uzoq muddatga saqlashga berilgan bo‘lsa, bu O‘V uchun navbatdan tashqari tekshiruv o‘tkaziladi.

  • Inspeksiya tekshiruvi O‘V ishga yaroqliligini aniqlab, foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.

  • Ekspert tekshiruvi O‘V tadbiq qilishga yaroqliligi va metrologik tavsifi to‘g‘risida tortishuvli masalalar paydo bo‘lganida o‘tkaziladi.

Tekshiruvlar Davlat metrologiya xizmati organi tomonidan Davlat tekshiruvini o‘tkazishga huquqi bor va shahodatlangan holatlarda o‘tkaziladi.
O‘V tekshiruvi xo‘jalik hisobi asosida ham amalga oshiriladi. Davlat tekshiruvlarini chaqirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar standartlar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi belgilagan baholar va tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
“Indikator” tabaqasiga mansub qator O‘V tekshiruvdan o‘tkazilmaydi.
Indikatorlar ham O‘V hisoblanadi, lekin kattaliklarning o‘zgarishi ularning qiymatini baholamasdan kuzatiladi. Aloqa korxonalarida indikatorlar tabaqasiga aloqa qurilmalariga qo‘shimcha o‘rnatilgan O‘V kiritiladi.
Indikatorlar Metrologiya xizmati tomonidan uch yilda bir marta tekshiruvdan o‘tkaziladi.
O‘quv maqsadlarida qo‘llaniladigan O‘V “O‘quv vositalari” deyiladi va ularning tekshiruvi belgilangan foydalanish talablari bo‘yicha ko‘rsatma asosida amalga oshiriladi.
Indikator va o‘quv o‘lchash vositalari yordamida me’yorlangan birorta ham parametrni ham o‘lchash ta’qiqlanadi.
Fuqarolarning shaxsiy mulki bo‘lgan O‘V tekshiruvi buyurtma bilan xo‘jalik shartnomasi asosida o‘tkaziladi.
Tekshiruv o‘lchashlarning birligi va ishonchliligini ta’minlash mamlakatning barcha jabhalarida zaruriy shart bo‘lib hisoblanadi.
O‘lchashlar birligiga fizikaviy kattaliklarning qabul qilingan birliklarining aniq qayta takrorlanishi, saqlanishi va ularning o‘lchamlarini ishchi o‘lchash vositalariga etalonlar va namuna o‘lchash vositalari yordamida uzatish orqali erishiladi.
Etalon deb, qonunlashtirilgan fizikaviy kattalik birligini qayta takrorlash va saqlash uchun ishlatiladigan o‘lchash vositasi yoki o‘lchash vositalari majmuiga aytiladi (GOST 8.057–80; GOST 8.372-80).
Etalonlar o‘lchov birliklari o‘lchamliligini uzatishda metrologiya zanjirining oliy bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi.
Fizikaviy kattaliklarning etalonlari - O‘V yoki O‘V majmui bo‘lib, birliklarni qayta takrorlash va saqlash, ya’ni tiklash ularning o‘lchamlarini ishchi UV uzatishni ta’minlaydi.
Birliklarning o‘lchamlarini uzatish tekshiruv chizmalari orqali amalga oshiriladi. Hozirgi paytda mamlakatda jami 150 dan ortiq, aloqa sohasida esa 50 dan ko‘p fizikaviy kattaliklarning etalonlari ishlatilmoqda.
Birliklarning etalonlari qator belgilariga ko‘ra tasniflanadi.
Fizikaviy kattaliklarning bo‘linishiga ko‘ra, asosiy va hosilaviy kattaliklarning etalonlari, birliklarni qayta takrorlash aniqligiga va bo‘ysunishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi etalonlarga ajratiladi.






Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin