4. Klinik sinovda ixtiyoriy qatnashayotgan mijozlarning huquqlari.
Inson huquq va erkinliklari sohasidagi xalqaro normalarni amalga oshirish va, umuman, inson huquqlari haqidagi milliy qonunchilikka implementatsiya qilishning samaradorligi, rivojlangan davlatlar tajribasining ko‘rsatishicha, ularning mamlakat milliy huquq tizimidagi o‘rni konstitutsiyada aniq belgilab qo‘yilganligiga bog‘liq. Har bir mamlakat jahon hamjamiyati ishlaridagi o‘z ishtirokining ko‘lamini va ularning xalqaro-huquqiy normalar bilan bog‘liqlik darajasini o‘zi belgilaydi. Davlatning milliy huquqi qancha rivojlangan bo‘lsa, xalqaro huquq bilan hamkorlikka shuncha ko‘p ehtiyoj sezadi. Bunga erishish uchun davlatning ham tashqi, ham ichki siyosatida xalqaro huquqning ustunligini tan olish talab qilinadi.

O‘zbekistonda bioetikaning rivojlanishi tabobatning yanada insonparvarlashishi, tibbiy huquq va butun fanning taraqqiy etishiga imkon beradi. Bioetikaning huquqiy asoslari ushbu yo‘nalishda muhim jihatlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston uchun bioetika yangi halqadir, shu bois milliy qonun hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun bioetika sohasida qonun ijodkorligi zarur.

Bundan tashqari, 2000 yildan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida Etika bo‘yicha milliy qo‘mita — sog‘liq-salomatlikka bo‘lgan huquqqa oid ayrim bioetika normalarining bajarilishini nazorat qiluvchi tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur qo‘mita bu borada mintaqamizda birinchilardan bo‘lib ish boshlagan tashkilotlardan hisoblanadi. Jamoatchilik asosida ishlovchi ushbu qo‘mita mustaqil organ bo‘lib, tibbiy tadqiqotlar o‘tkazilishida mijozlarning huquqlari, sog‘lig‘ini himoya qilish va xavfsizligi kafolatlarini ta’minlash maqsadida tuzilgan.