Antropologik jihatdan kavkazlilar asosan, katt evropoid irqiga kiradi. Faqat nwg`aylar
mongoloid belgilariga ega. Hozirgi antropologik tiplar eng qadimgi davrlar bronza va ilk temir
davrlarida shakllanib bwlgan. Wsha vaqtdayoq Kavkazda metalldan ajoyib buyumlar yasagan
wtroq aholi yashagan. Ular nafis san`atga ega bwlgan, yozuvni bilgan, yuksak madaniyat yaratgan.
Qadimgi Kavkaz tillarida gapirgan aholi hozirgi Kavkaz xalqlarining dastlabki ajdodlari ekanligi
arxeologik, etnografik va tarixiy manbalar asosida tasdiqlangan.
Qadimgi qabilalar negizida ma`lumotlarga binoan, 3,8 mln.ga yaqin gruzin xalqi (wz nomi
kartveli) shakllangan. Asl gruzinlar uchta yirik qarindosh etnik guruhlar-kart, megrel-chvan va
svanlar asosida shakllangan xalqdir. Ularning eng dastlabki etnik tuzilishida qadimgi Urartu
davlatida yashagan xalqlar muhim rol wynagan. Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida bu
erda yirik qabilaviy birikmalar paydo bwlgan. VI asrda G`arbiy Gruziyada Kolxida davlati, III
asrga kelib sharqiy qismida Iberiya davlati tashkil topgan. Milodning IV-VI asrlariga kelib bir
necha mayda feodal davlatchalar paydo bwlgan. Faqat XI asrdagina ular markazlashgan davlat
barpo etilgan va gruzin xalqi shakllana boshlagan.