Afrika qit`asi til klassifikatsiyasi- jihatdan kam wrganilganligi tufayli hozir bir necha tizim
va klassifikatsiyalar mavjud. Swnggi tadqiqotlarga binoan eng kang tarqalgan klassifikatsiya
asosida afrika tillari twrtta katta til oilasi: semit-xamit yoki afroosiyo, niger-kordofa, nil-saxara va
koysan tillariga bwlingan. Wz navbatida ular ham katta-kichik turkum va guruhlarga bwlingan.
Shulardan eng kwpsonli semit-xamit til oilasiga oid xalqlar semitlar, barbarlar, kushitlar, chadlar
qit`aning 3G`1 qismini tashkil qiladi va butun Shimoliy va Shimoli-sharqiy Afrikani egallab
olganlar.
Mazkur til oilasiga kirgan arab tilida gapiradigan aholi (misrliklar, jazoirliklar, tunisliklar,
liviyaliklar va hk.) XII-XIII asrlarda Arabiston yarim orolidan ommaviy kwchib kelib mahalliy
kwp sonli tub elat va xalqlar (qadimiy misrlik va barbarlar) bilan aralashib ketishi natijasida paydo
bwlgan. Ular hozir 100 mln. kishidan ortiq bwlib, Afrika aholisining 5G`1 qismini tashkil qiladi.
Eng qadimiy tub aholi avlodlaridan barbarlar faqat Mag`rib tog`liklarida va Saxara vohalarida
saqlanib qolgan. Ammo ularning kwpchiligi (kabillar, tuarelar, rif va hk.) hozir asl tillarini ywqotib,
arab tilida gapiradilar.
Semit guruhiga kirgan eng yirik xalqlardan amxara, tigrai va tigre hozirgi Efopiya millatining
negizini hosil qiladi. Xamit-semit til oilasiga oid kushid turkumiga amxara xalqiga yaqin galla,
Efiopiya janubida yashovchi sidamo va somali xalqlari va ularga yaqin xausa, bade, bura va
boshqalar qit`aning ancha hududini egallaydi.
Nil-saxara til oilasi uchta yirik guruh – songai, saxara va sharinilga bwlinadi. Mazkur oilaga
uchta wziga xos tilga ega kichik elatlar – maba, fur va koma kiradi. Songai turkumidagi xalqlar
Niger daryosining wrta oqimidagi davlatlar – Mali, Niger, Yuqori Volta va Nigeriyada, Saxara
turkumiga oid xalqlar Chad kwli atrofida va Markaziy saxaraning chwl qismida qisman Nigeriyada
yashaydilar. Shari-nil turkumidagi xalqlar Yuqori Nil vohalarida, Viktoriya va Rudolf kwllari atrofi
(Sudan Respublikasi, Uganda, Keniya)da joylashgan.
Afrikaning janubi-g`arbiy qismida asosan, Namibiya, Votsvana va Angolada, wziga xos
koysan til oilasiga oid xalqlar – bushmenlar, guttentotlar va tog`lik damaralar yashaydi. Ular
wtmishda Janubiy Afrikaning juda keng hududini egallagan, ammo XVIII-XIX asrlarda kwpchilik
qismini evropaliklar qirib tashlagan, qolganlari Kalaxari chwllariga haydalgan. Koysan tillariga
Sharqiy Afrika (Tanzaniya)dagi sandave va xatsa nomli elatlar ham kiradi.
Madagaskar orolidagi malgashlar tili, antropologik tuzilishi va madaniyati bilan qit`a
aholisidan ancha ajralib turadilar. Ular avstroneziya til oilasiga oid, antropologik jihatdan esa
janubiy mongoloidlarga yaqin. Afrika qit`asida yashovchi hind-evropa til oilasida mansub 11 mln.li
evropaliklar butun aholining 2 foizini tashkil qiladilar. Eski golland tili bilan mahalliy bantu va
guttentot tillari chatishmasidan maxsus afrikans tili paydo bwlgan va elatlararo munosabatlarda
vosita rolini bajargan.
Ayrim mamlakatlarda, chunonchi Janubiy Afrika Respublikasida, Keniya, Tanzaniya va
ayniqsa, Mavrikiya orolida swnggi yillarda kwchib kelgan osiyoliklar ham wrnashib qolgan va
hozirgi etnik jarayonga tortilgan.