78
asarida yangi ochilgan dunyo qismini «Amerigo yoki Amerika mamlakati», deb atashni hech kim
man qilmaydi, deb yozgan edi. Shunday qilib, Kolumb kashf etgan yangi qit`a keyingi sayyoh nomi
bilan tarixga kiradi.
XVI asr boshlarida ispan istilochilari Shimoliy Amerikaning janubiy qismini bosib oladilar.
Yangi dunyoning afsonaviy boyliklari twg`risida turli hikoyalarni eshitib, sayyohlar ortidan kelgan
ispan konkistadorlari ayovsiz qirib talon-taroj qilganlar. Ayniqsa, 1519-yilda Ernando Kortes
yurishlari natijasida hozirgi Meksikada atsteklar davlati bosib olinadi. 14 yil keyinroq Fransisko
Pisarro boshchiligida ispan lashkarlari hozirgi Peru, Boliviya va Ekvador erlaridagi davlatlarni
wzlariga bwychundiradilar.
Ispanlar ortidan boylik axtarib portugallar, inglizlar, frantsuzlar va gollanlar kela boshlaydilar
va Yangi Dunyoni bwlib mustamlakaga aylantiradilar. Oqibatda Shimoliy Amerika Rio-Grande
daryosining shimolidan ingliz va frantsuzlar qwliga, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika
ispanlar va portugallarning qwliga wtadi. Vest-Indiya orollarini ispan, ingliz, frantsuz va golland
istilochilari wzaro bwlib olishgan. Hatto Daniya ham bir qismini egallagan. Oqibatda, hindilar
serunum erlaridan mahrum bwlib, bir qismi esa qirilgan. Ispaniya va Portugaliya qirollari, yirik
feodallari va cherkovlarning xazinalari boylikka twlib ketgan. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda,
qisqa muddat ichida XVI asrning birinchi yarmi davomida 15 million hindilar qirib tashlangan.
Vaholanki, mustamlakachilar kelish arafasida Yangi Dunyoda tub aholi, ya`ni hindilar soni 90-100
million kishiga etgan. Agar hozirgi AQSh hududida avvallari 400 qabiladan iborat 2-3 millionga
yaqin hindilar yashagan bwlsa, XX asr boshlariga kelib Amerika Qwshma Shtatlarida 200 mingga
yaqin hindilar qolgan, xolos. Hozir Lotin Amerikasida hindilar aholining 15%ni tashkil qiladi.
XVI asrning oxirlarida portugaliyaliklar qul «ovlash» niyatida Janubiy Amerikaning ichki
qismiga yurishlar wtkazib, bir necha ming hindilarning yostig`ini quritganlar. Shu davrdan boshlab
Amerika, Evropa tarixida eng fojiali va dahshatli sahifalar boshlandi. Boy plantatorlar qirilgan
hindilar wrniga ishchi kishiga muhtoj bwlib qwshimcha qul olib kelishga majbur bwladilar. XVI
asrning birinchi chorag`idayoq Vest-Indiya va Braziliyaga Afrikadan zwrlab minglab negrlarni
keltira boshlaydilar. Wsha davrda Afrika negrlariga chinakam ov boshlanadi. Kuch bilan bosib olib
keliingan bir necha ming qora tanlilar halok bwlib ketgan. Negr qullarni zwrlab keltirish to XIX asr
boshlarigacha davom etgan. Afrikadan keltirilgan qullarning umumiy soni haligacha ma`lum emas.
Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, faqat Braziliyaga qullikka Afrikaning asosan, g`arbiy qismidan 10
millionga yaqin negr keltirilgan. Hozirgi AQShda 25 millionga yaqin negr yashaydi. Amerikaning
ayrim mamalkatlarida (asosan, Vest-Indiya orollarida) negrlar hatto aholining kwpchilik qismini
tashkil qiladi.
Wtgan asrning wrtalariga kelib Amerika qit`asining etnik qiyofasi ancha wzgarib ketgan.
Shimoliy Amerika aholisining asosiy qismi Shimoliy-G`arbiy Evropadan dastlab Britaniya
orollaridan kelgan elatlardan iborat ediyu Meksikada va butun Janubits amerikada ispanlar,
Braziliyada portugallar hekmron etnoslar bwlib, hozirgi davrda 200 milliondan ortiq kishi ispan
tilida gapiradilar. Butun Amerikada ingliz tilida gapiradigan aholi soni ham shuncha. Frantsuz tilini
15 million, italyan tilini 8 million kishi wz ona tili deb hisoblaydi.
Shunday qilib, mustamlaka qilingan Amerika qit`asining tub aholisi bir necha asrlar davomida
qirilib, kelgindi elatlar bilan aralashib juda kamayib ketgan va yangi etnoslar paydo bwlgan. 1775-
1783-yillardagi mustaqillik uchun kurashdan swng tashkil topgan AQSh Shimoliy Amerikaning
ancha qismini bosib olib katta hududda wz hwkmronligini wrnatadi. Hozirgi davrda butun AQSh
va Kanadada hindilar aholining 0,5 foizini 0,5 foizini hosil qiladi, xolos.
Odatda Amerika xalqlarini wrganish muqaddimasi ularni xwjalik-madaniy mintaqa yoki
tiplarga bwlib klassifikatsiyasi tamoyiliga asoslanadi. Bu tamoyil asosan, tabiiy sharoitga
moslashgan xwjalik va maishiy turmush xususiyatlari bilan belgilanadi. Ammo biz Amerika tub
aholisini asosan, uch qismga Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerikaga bwlib ta`riflaymiz.
Dostları ilə paylaş: