Innovative Academy Research Support Center
UIF =
8.2 | SJIF = 6.051
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 2, February 2023 ISSN 2181-2888
Page 127
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES,
PHILOSOPHY AND CULTURE
fotokinostudiya vazifasini o‘tagan. Devonov ijodi rus kinosan’atkorlari faoliyati bilan deyarli
bir vaqtda boshlangan. U “O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari”, “Turkiston ko‘rinishlari”, “Xiva
va xivaliklar” kabi qisqa metrli filmlarni suratga olgan. Keyinroq, 1925 yillarda “Sovkino”
muxbiri sifatida ishlab Moskvaga “Sho‘r ko‘l”, “Ishchi ayollar” singari syujet va lavhalarini
yuborib turdi. Lekin bu filmlar hujjatli xarakterga ega edi.
USULLAR
O‘zbekistonda badiiy kinofilmlarning ilk namoyishi 1897 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan.
1924 yili “Buxkino” nomli Rus-Buxoro o‘rtoqlik tashkiloti tashkil etilib, u 1925 yili bir qator
hujjatli filmlar hamda “Sevzapkino” kinostudiyasi bilan birgalikda “O‘lim minorasi” filmini
suratga olgan. Ushbu film, o‘sha davrda xalq orasida mavjud bo‘lgan rivoyat asosida suratga
olingan va aytish mumkinki aynan shu film tarixiy janrda vatanimizda suratga olingan eng
birinchi filmdir.
1925-26 yillarda “Buxkino”, “Sharq yulduzi”, “O‘zbekkino” korxonalar idorasi tashkil
etidi va “Sharq yulduzi” kinofabrikasi ochildi
1
. Xuddi shu yillardan boshlab ko‘plab filmlar
yaratildi. Bunga “O‘lim minorasi” (“Buxkino”, 1925 y., rejissyor V.Viskovskiy, operator
F.Verigo-Darovskiy), “Musulmon qizi” (“Buxkino”, 1925 y., rejissyor D.Bassaligo, operator
V.Dobrjanskiy), “Paxtaorol” (“Sharq yulduzi” k/s., 1925 y., rejissyor-operator Sh.Cherbakov),
“Quyoshli baxt” (“Sharq yulduzi” k/s., rejissyor V.Krivsov, operator N.Gasilov), “Ikkinchi xotin”
(“Sharq yulduzi” k/s., rejissyor M.Doronin, operator V.Dobrjanskiy), “Chodra” (“Sharq yulduzi”
k/s., 1927 y., rejissyor M.Averbax, operator A.Lemberg), “Ravot qashqirlari” (“Sharq yulduzi”
k/s., 1927 y., rejissyor K.Gertel, operator A.Dorn, kompozitor V.Uspenskiy), “Yopiq furgon”.
(“Sharq yulduzi” k/s., 1926 y., rejissyor O.Frelix, operator V.Dobrjanskiy), “Moxov ayol”
(“Sharq yulduzi” k/s., 1927 y., rejissyor O.Frelix, operator V.Dobrjanskiy), “Musulmon qizi”
(“Sharq yulduzi” k/s., 1926 y., rejissyor O.Frelix, operator A.Ginzburg), “Masjid qubbasidan”
(“Sharq yulduzi” k/s., 1928 y., rejissyor K.Gertel, operator A.Dorn), “Do‘stboy Arabiy” (“Sharq
yulduzi” k/s., 1930 y., ssenariy muallifi va rejissyor N.Zubova, operator F.Verigo-Darovskiy),
“Bag‘doddan chiqqan amerikalik” (“Sharq yulduzi” k/s., 1931 y., rejissyor N.Klado, operator
F.Verigo-Darovskiy) kabi filmlarni misol qilib keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |