Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture tarixiy filmlarda syujet rivoji va kompozisiya



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#94481
növüKompozisiya
1   2   3   4   5   6   7   8
EJSSPC0223

Yorug‘lik bilan ishlash. Tarixiy filmlarni yaratishda yorug‘lik bilan ishlash operatordan 
katta mahoratni talab qiladi. Chunki, uzoq tarixga bag‘ishlangan tarixiy filmlarni suratga 
olishda ko‘pincha operatorlar minimal yorug‘lik sharoitida ishlash talab etiladi. Bunga sabab 
oddiy, uzoq tarixda kuchli yorug‘lik beruvchi sun’iy yorug‘lik manbaalari mavjud emas edi. 
Agar operator olis o‘tmish haqida film suratga olayotgan bo‘lsa va bu voqealar tun sharoitida 
ro‘y berayotgan bo‘lsa, operator kuchli yorug‘lik vositalaridan foydalansa bu holat 
tomoshabinda film voqealarining haqqoniyligiga nisbatan shubha bilan qaray boshlaydi. Bu
juda qo‘pol xato hisoblanadi. Zotan, ishonchlilik va haqqoniylik tarixiy janrga qo‘yiladigan 
talablarning eng asosiysidir.
Rang bilan ishlash. Tarixiy biografik filmlarda shu bilan birga rangdan foydalanish ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zi tarixiy obrazlarning xarakterini ochib berish uchun rang xal 
qiluvchi o‘rin egallaydi. Hatto muayyan tarixiy shaxsning obrazi aniq bir rang bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
3
 
Modern Uzbek Cinematography Development Issues (On the example of the Tashkent International 
Film Festival "Pearl 
IM Melikuziev 
Texas Journal of Multidisciplinary Studies ISSN NO: 2770-0003 https … 


 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.2 | SJIF = 6.051 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 2, February 2023 ISSN 2181-2888 
Page 129 
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, 
PHILOSOPHY AND CULTURE
Tarixiy filmlarni suratga olishda operator avvalo muayyan uslubni, aniq bir 
kompozitsion, yorug‘lik va rang, qolaversa, tasvirga olish uslubini ham tanlab oladi. Albatta, 
bu ishni u film rejissyori va rassomi bilan hamkorlik va hamfikrlikda bajaradi. Tanlab olingan 
uslub filmning barcha komponentlarining uslubi va yo‘nalishini, hattoki montaj yo‘nalishi, 
aktyorlar ijrosining qanday bo‘lishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. 
4
Operator hozirgina suratga olgan lavha oldingi yoki keyingi lavhalarning bir qismigina 
ekanligini yaxshi biladi. Bu lavhalar montajda jamlanib, yaxlit epizodni tashkil etadi. Epizodlar 
esa behisob. Operator yanglishib ketmaslik va uslubning bir xilligini, suratga olishda 
yakdillikni saqlash uchun filmni oldindan to‘laligicha “ko‘rishi” kerak. Bu albatta, operatorning 
yuksak kasbiy mahoratiga bog‘liq. Nafaqat kinematografiya ilmi, balki o‘z kasbining nozik 
texnik tomonlarini chuqur bilgan operator suratga olgan film ma’nodor va ifodali chiqishi 
shubhasizdir. 
Mamlakatimizga kinooperatorlik sohasining kirib kelishi va shakllanishi ko‘plab 
ijodkorlar faoliyati bilan bog‘liq. O‘tgan asrning yigirmanchi yillari oxirida kirib kelgan 
operatorlik sohasi san’at darajasiga ko‘tarilguniga qadar murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Uning 
taraqqiyot yo‘li avval ta’kidlanganidek, to‘rt bosqichdan iborat bo‘ldi. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakatimizga evakuatsiya qilingan ko‘plab rus, ukrain, 
belorus ijodkorlarning faoliyati, sohaning sir-asrorlarini o‘rgatishdagi amaliy yordami o‘z 
ahamiyatini ko‘rsatdi. Ana shunday mahoratli kinooperatorlardan biri, ko‘plab o‘zbek 
ijodkorlariga sohaning yetakchi jihatlarini o‘rgatgan yirik san’atkor D.Demuskiy edi.
D.Demuskiy 1928 yil “Arsenal” (rej.A.Dovjenko), 1930 yil “Zemlya” (rej.A.Dovjenko), 
1931 yil “Fata morgana” (rej.B.Tyagno), 1932 yil “Ivan” (rej.A.Dovjenko) kabi qator filmlarda 
kinooperator sifatida o‘z iqtidorini ko‘rsatgan edi. Uning O‘zbekistonda suratga olgan 
“Nasriddin Buxoroda” (rej.Ya.Protazanov, 1943y.), “Tohir va Zuhra” (rej.N.G‘aniev, 1945y.), 
“Nasriddinning sarguzashtlari” (rej.N.G‘aniev, 1946y.) kabi durdona filmlari o‘ziga xos 
mahorat namunalari bo‘ldi. 
Badiiy kinoda D.Demuskiy poetik, obrazli kinematograf asoschilaridan biri sanaladi. 
Uning filmlarida tasvir yaratishda yorug‘lik gammalari va optikadan mohirona foydalanish
turli usul va vositalar qo‘llash san’ati, borliqni ko‘rish va olamni idrok etishdagi yuksak 
qobiliyati keng namoyon bo‘ladi. D.Demuskiy mamlakatimizda suratga olgan kino 
durdonalarida kinooperatorlikning eng zarur xususiyatlari ya’ni yoritish, yirik va orqa plan, 
personajlar mimikasi, kechinmalar ifodasi kabi sohaning nozik jihatlari o‘z aksini topgan. 
Rejissyor Ya.Protazanovning “Nasriddin Buxoroda” filmini suratga olishda D.Demuskiy 
rassom V.Yeremyan bilan ijodiy hamkorlik qildi. Mazkur filmda D.Demuskiy ilk bor Sharq 
folklori mavzusi bilan to‘qnashadi. Ushbu ilk uchrashuv ssenarist V.Vitkovich, rejissyor 
N.G‘anievlar qatori operator D.Demuskiy va rassom V.Yeremyanlar ijodiy faoliyatining keyingi 
rivojida muhim o‘rin tutdi. Ssenariy va film markazida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida milliy 
qahramonga aylangan Nasriddin Afandi sarguzashtlarini yoritish turadi. Filmning o‘zbek 
xalqiga xos milliy etnografik va folklor namunasini ifoda etgan koloriti bir qarashdayoq o‘ziga 
4
 
KHATAM FAYZIEV-A BRIGHT REPRESENTATIVE OF THE UZBEK CINEMATOGRAPHY SCHOOL 
I Melikuziev 
Eurasian Journal of Academic Research 3 (1), 96-108 



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin