Evolutsion ta'limot


Darvin organik olam evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o'zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e'tirof etdi



Yüklə 214,5 Kb.
səhifə10/25
tarix28.03.2023
ölçüsü214,5 Kb.
#90850
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Evolutsion ta\'limotning o`simliklar va hayvonlar fiziologiyasini tadbiq etilishi.

Darvin organik olam evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o'zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e'tirof etdi.
Charlz Darvin 1882-yilda vafot etdi.
TUR - EVOLUTSIYANING ASOSIY BOSQICHI

Tur muammosi evolutsion ta'limotda markaziy o'rinda turadi.


Tur deganda morfologik, fiziologik, biokimyoviy xossalari bilan o'xshash, o'ng'aylik bilan chatishib nasi beruvchi, malum yashash
sharoitiga moslashgan hamda tabiatda ma'lum arealga ega bo'lgan
organizmlar yig'indisi tushuniladi.
Agar biz tabiatda jinssiz va vegetativ yo'l bilan ko'payadigan organizm turlari borligini e'tiborga olsak, turga berilgan bu ta'rif mukammal emasligini ko'ramiz.
Turga xos belgi-xossalar yig'indisi tur mezonlari deb ataladi. Tur mezonlari morfologik, fiziologik, biokimyoviy, geografik, ekologik, genetik va etologik mezonlardan iborat (27-rasm).
Morfologik mezon. Morfologik mezon bir turga kiruvchi individlarning tashqi tomondan o'xshashligini ifodalaydi. Qora qarg'a bilan ola qarg'a har xil turlarga man-sub, ularni siz tashqi tomondan farqlay olasiz.
Bir turga kiruvchi organizmlar ham ba'zi belgi-xossalari bilan birmuncha farq qi-lishi mumkin. Lekin ulardagi farq har xil turlarga kiruvchi organizmlarga nisbatan juda kam bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, tashqi tomondan bir-biriga juda o'xshash, lekin o'zaro chatishmaydigan turlar ham tabiatda uchraydi. Ular qiyofadosh turlar deb ataladi. Chunonchi, drozofilada 2 ta, bezgak chivinda va qora kalamushda ham 2 ta qiyo­fadosh turlar aniqlangan. Qiyofadosh turlar suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, hatto sutemizuvchilar-da ham topilgan. Morfologik belgilar uzoq vaqt turlarni aniqlashda asosiy mezon hisoblangan.
Fiziologik mezon. Bunda bir turga kiruvchi individlarda hayotiy jarayonlar, ayniqsa, ko'payishi o'xshash bo'ladi. Har xil tur vakillari chatishmaydi, chatishsa ham nasi bermaydi. Turlarning chatishmasligi jin-siy organlar tuzilishidagi farq, ko'payish muddatlarining turlicha bo'lishi va boshqa tafovutlar bilan izohlanadi. Lekin tabiatda ayrim turlar, chunonchi. kanareykalar, terak va tollar, tovushqon turlari o'zaro chatishishi va nasi berishi mumkin. Bu o'z-o'zidan fiziologik mezon ham turlarni bir-biridan farq qilish uchun yetarli emasligidan daiolat beradi.

Yüklə 214,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin