Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Hayvonlarsistemasidamolekulyar-genetikusulvauningtarixi. T.I.: DNK vaoqsiltahlili, DNK barkoding, P.Xebertishlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə112/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   196
HZTF javoblari.

Hayvonlarsistemasidamolekulyar-genetikusulvauningtarixi. T.I.: DNK vaoqsiltahlili, DNK barkoding, P.Xebertishlari.

5. Bioxima-xilik va sistematikani o’rganishda 1960-1970 yillarda Allozim texnologiyasi (izoferment) analizi ishonchli joyni egalladi. Bu izofermentlar polimorfizmni ochilishi bilan bog’liq. Fosfolipidlar tarkibi bo’yicha ham talay ishlar amalga oshirildi.

Bu metodlar ko’p mehnat talab qiluvchi va aniqlanadigan fermentlarning yetarli darajada turg’un (stabil) bo’lmasligi bois hamisha ham ishonchli emas edi. Shunga qaramasdan, muhim natijalar olingan. Muhim ishlar guruhiga italiyalik prof. L.Padjining tadqiqotlarini kiritish zarur. Uning rahbarligida dengiz hayvonlarining parazit askaridalari asosiy fermentlarining o’zgaruvchanlik spektrlari tadqiq qilindi. JumladanPseudoterranova decipiens nematodasi populyasion strukturasini o’rganish uchun 16 ta enzim lokusi, shu jumladan bir nechta malatdegidrogenaza, esterazalar va boshqa fermentlar ishlatildi (Paggi et al., 1991). Bu fermentlarning spektrlaridagi aniq farqlar ushbu nematodaning shimoliy atlantika populyasiyasi uchta genetik mustaqil turlardan iboratligini ko’rsatdi (A, V, S). Padji va hammualliflarining ko’rsatishicha, har bir uchtalik shakl (forma)larda ichki genetik xilma-xillik darajasi juda kam bo’lib, ushbu formalar o’rtasidagi farq esa ancha katta (har bir guruh ichidagi farqdan ikki marotaba ko’p). Ushbu uch guruhining ajralish davri 2-4 million yilni tashkil etadi. Fermentlarni tadqiq etish natijasidagina ushbu uch guruh o’rtasidagi morfologik farqlar, ularning geografik tarqalish xususiyatlari aniqlandi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, bu formalarning har biriga o’ziga xos xo’jayinlari mavjud. olekulyar zoologiya - zoologiya fanining yangi yo’nalishi bo’lib, evolyusiyani o’rganishning katta imkoniyatlarini beradi. U bir butun revolyusiyaga sabab bo’ldiki, oldin tadqiq etilgan turlar o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini qayta ko’rib chiqishni talab qilmoqda. DNK rasshifrovkasi qarindoshlik darajalarini aniqlab beradi. Ta’kidlash joizki, molekulyar genetika organizmlarning evolyusiyasi va irsiyat mexanizmlari to’g’risidagi tasavvurlarni chuqurlashtirib, pirovardida filogenetika va gen sistematikasiga asos soldi. Gen va genomlarni solishtirish natijasida hayvon, o’simlik va mikroorganizmlarning genetik qarindoshligi haqida xulosa qilinadi. Solishtirayotgan genlarning nukleotid ketma-ketligi qanchalik farq qilsa, organizmlar genetik qarindoshligi jihatdan bir-biridan shunchalik uzoq bo’ladi. 

Gen sistematikasi hali sistematik statusi oxirigacha o’rganilmagan taksonlar xususida bahsli savollarni yechishda alohida ahamiyat kasb etdi. Barcha morfologik belgilar DNK ketma-ketligida belgilanganligini e’tiborga olgan holda sistematika uchun genetik materialdan foydalanish evolyusiya jarayonlarini yanada chuqurroq tushunish imkonini beradi Shuningdek, DNK orqali jinsiy voyaga yetmagan organizmlar, lichinkalar, o’simtalar, gulsiz yoki mevasiz o’simliklar, ya’ni organizmni har qanday bosqichida identifikasiya qilish mumkin.

Hayvonlar va o’simliklar turlarni aniqlashda morfologiya, fiziologiya, biokimyo, sitologiya, etologiya, ekologiya, geografiya va genetika kriteriylari mavjud. Bular ichida morfologiya kriteriysi birinchi va uzoq vaqt yagona kriteriy sifatida e’tirof etilib kelingan. Morfologik kriteriy hozir ham o’simliklar va hayvonlar sistematikasida keng foydalanilmoqda. Lekin ba’zan bir biriga yaqin bo’lgan turlar yoki “polimorf”larni aniqlashda morfologik usul ham yordam bermaydi. Keyingi yillarda biokimyoviy va genetik tadqiqotlarni yuksak darajada rivojlanishi va yangi tekshirish usullarni kirib kelishi, molekulyar taksonomiya yo’nalishini ochib berdi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin