Turosti taksonomik kategoriyalar. T.I.: kenja tur, tur xili, varietet, forma
Klassifikatsiyalash jarayonining turosti bosqichida taqdiqotchi bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Shulardan biri materialga mos kategoriya tanlashdir. Ekologlar turlarni populyatsiyalar va demlarga bo’ladilar, fitosenologlar esa biomorflar, topotiplarga ajratadilar. Fitopatologlar, o’simliklar himoyasi bo’yich mutaxasislar irqlar va biotiplarga, mikrobiologlar esa patovar, serovar va shtammlarga ajratadilar. Bular tur ichidagi xilma-xilligini anglatsada, biroq ularning hech biri taksonomik kategoriyalar hisoblanmaydi. Sistematikada asosan 3 xil tur osti kategoriyalar qo’llaniladi:
Kenja tur – turning bir qismi bo’lib, shu turga mansub boshqa individlardan barqaror fenotipik xususiyatlar kompleksi bilan farqlanuvchi individlar jamoasidan iborat. Bir turning turli kenja turlari o’zaro geografik yoki ekologik alohidalangan bo’ladi. Kenja turlarning o’ziga xos (diagnostik) belgilari barqaror irsiylanib, nasildan - naslga beriladi.