Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Hayvonlarni sistema solishda Aristotel ishlari. T.I.: qonlilar, va qonsizlar, Aristotel sistemasi, kamchiliklari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə36/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   196
HZTF javoblari.

3 Hayvonlarni sistema solishda Aristotel ishlari. T.I.: qonlilar, va qonsizlar, Aristotel sistemasi, kamchiliklari. Aristotel (Stagirit, mil.av. 384-322 yy) birinchi bo’lib, ko’pyoqlama va tartibli ilmiy bilimlarni qoldirgan olim. Uning fikriga ko’ra narsalarda mohiyat (usiya) mavjud bo’lib, u shu narsaning funksiyasini belgilaydi. Aristotelning “usiya”si Aflotunning “eydos”idan farqli ravishda narsalardan tashqarida emas, ularning o’zidadir. Bu mohiyat har xil jismlarda sharoitlarga mos ravishda o’zgarib turadi. Lekin u (usiya) turli jismlarda xar-xil shakllarda kelgani bilan u yagona bo’lib qolaveradi. Hayvon va o’simliklarning alohida belgilari mohiyatga ega va mohiyatsiz bo’lishi mumkin. Mohiyatli qismlar jamlanmasi narsaning tabiatini belgilaydi, mohiyatsiz qismlar esa unda tasodifan paydo bo’ladi. Mohiyatli qismni yo’qotgan organizm endi avvalgidek bo’la olmaydi, mohiyatsiz qismni esa organizmga zararsiz olib tashlash mumkin. Har bir narsaning bir nechta funksiyasi va mos ravishda bir necha mohiyati bo’lishi mumkin. Narsaning (organning) tabiatini tushunish, uning asl mohiyatini aniqlashdan iborat. Buning uchun esa undagi funksiyalarni birlamchi va ikklamchi funkisiyalarga ajratish lozim. Aristotelning ushbu fikrlari keyinchalik sxolastik sistematika maktabida “belgilarni differensial baholash prinsipi”ning vujudga kelishi sabab bo’ldi.

Butun jismlar(organizmlar) ham mohiyatli bo’ladi, ularning to’plamlari esa ikkilamchi mohiyatga ega bo’ladi. Aristotel bo’yicha tur birlamchi mohiyatga ega bo’lganligi uchun avlodga nisbatan realroq bo’ladi. Aristotelning “Hayvonlar tarixi” asarida qushlar va baliqlar avlodlar hisoblansa, ilonlar va timsohlar turlar sifatida keltiriladi. Aristotelning sistematikaga oid fikrlaridan hayvonlarni guruhlarga ajratishda bir emas balki ko’p belgilarga asoslanish kerakligi va bir avlodni dixotomik bo’lish noto’g’riligi haqidagilarini keltirish mumkin . Aristotel biror asarida hayvonlarning to’liq sistemasini ko’rsatmaydi. Hozirda ma’lum bo’lgan uning tizimi ko’pgina asarlarda keltirilgan kichik sistemalar jamlanmasidir. Aristotel tizimida Aflotundan farqli o’laroq dixotomiya emas politomiya ko’p uchraydi masalan qonlilarni ikkiga emas beshta teng qismga bo’ladi. Uning fikriga ko’ra shundoq ham ma’lum bo’lgan tizimni mantiqiy-dixotomik yondashuv bilan buzib qo’yish mumkin. Masalan “suvda yashovchi, oyoqsiz, o’pka bilan nafas oluvchi” hayvonlar avlodiga kurakoyoqlilarni ham kiradi. Bu esa mantiqqa to’g’ri kelmasa ham hayvon tabiatiga to’g’ri keladi. Sistematikada qatiy mantiq va tabiiy haqiqat o’rtasidagi bunday ziddiyatlar hozirgacha mavjud bo’lib, Aristotel muammosi deb yuritiladi.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin