Linney va Kyuve sistemalari. T.I.: Sun’iy sistema, sistematik kategoriyalar, Linney sistemasi, Kyuve sistemasi.
Mashhur shved olimi Karl Linney 1735 yilda nashr qilgan «Tabiat sistemasi» asarida hayvonlar sistematikasini tuzar ekan, tur taksonomik birligidan tashqari yana avlod, turkum va sinf kabi birliklarga ham asos soldi. Uning hayvonlar bo’yicha tuzgan klassifikasiyasida bir-biriga yaqin bo’lgan turlar avlodga, avlodlar turkumga, turkumlar sinfga birlashtiriladi.
Sinf eng yuqori taksonomik birlikdir. K. Linney o’ziga ma’lum bo’lgan barcha umurtqasiz va umurtqali hayvonlarni 6 ta sinfga ajratadi. Shundan 4 tasi (sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar) umurtqalilardan iborat bo’lsa, 2 tasigina (hasharotlar, chuvalchanglar) umurtqasizlarni o’z ichiga oladi.
Jorj Kyuve (1769-1832) hayvonlarning bir qancha xususiyatlariga asoslanib, yanada yirikroq taksonomik birlik-tip taksonini tavsiya etdi va barcha hayvonlarni 4 tipga, ya’ni umurtqalilar, bo’g’imlilar, mollyuskalar va nurlilarga hamda ularni 19 sinfga ajratdi.
Zoologiyada tip taksonini tavsiya etilishi hayvonlarni tabiiy sistemasini tuzishga ancha yaqinlashtirdi. J. Kyuve qazilma holdagi hayvon qoldiqlarini o’rganish va uning tirikligida tuzilishi va hayot tarzi qanday bo’lganligini ilmiy asoslab beradigan uslublarni kashf etdi. U paleontologiya faniga asos solishi bilan bir qatorda solishtirma anatomiya sohasida organizmdagi turli organlarning o’zaro bog’liqligi prinsipiga asoslanib, organlar korrelyasiyasi haqidagi nazariyasini olg’a surdi.
Dostları ilə paylaş: |