Biogenetik qonun — organizmlarning individual taraqqiyoti (ontogenezi) va tarixiy taraqqiyoti (filogenezi) oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchalar majmui. Birinchi marta F. Myuller (1864) ochgan, E. Gekkel (1866) tomonidan tavsiflab berilgan. Biogenetik qonun ga muvofiq tuxum hujayra urugʻlanishdan boshlab undan yetuk organizm rivojlanishiga qadar mazkur organizm oʻz turi tarixiy taraqqiyotining asosiy bosqichlarini qisqa takrorlaydi, yaʼni ontogenez filogenezning qisqacha takrorlanishi (rekapitulyatsiyasi)dan iborat. Filogenez Gekkel fikricha, ontogenez soʻngida yangi davrlarning paydo boʻlishi orqali amalga oshadi.
Variant 53