1.Klassifikatsiyada evolyutsionizm yo’nalishi. T.I.: E.Gekkel, Ch.Darvin, rekonstrukisiya qilish, filogenetik va evolyutsion qarashlar Evolyutsionizm – yo’nalishini E.Gekkel Ch.Darvinning evolyutsion nazariyasiga asoslangan holda yaratgan. Filogenetik konsepsiyaga ko’ra individlar evolyutsion yaqinlik darajasiga (qarindoshlikga) asoslangan guruhlarga birlashtirilishi lozim. Taksonomik tadqiqotning asosiy vazifasi esa evolyutsiya jarayoning kechishini qayta tiklash (rekonstrukisiya qilish (aytib berish ma’nosida)) va organik olamning shajara daraxtini tuzishdan iborat. Klassifikatsiya tuzishda uning qismlari o’rtasidagi munosabatlarni hisobga olish yaxshi natija beradi. Geneologik aloqalar esa bunday munosabatlarning eng qiziqlaridan biridir. Aynan geneologik munosabatlar evolyutsion klassifikatsiyalarning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirda bu g’oyaviy yo’nalish yetakchi rol o’ynamoqda.
Evolyutsion g’oyalarni sistematikada qo’llashda ikki xil qarashlar mavjud. Birinchi – filogenetik qarashlarga ko’ra: klassifikatsiya guruhlarning kelib chiqishini maksimal darajada aks ettirishi kerak. Bunday holda u filogenezning qisqacha tarixi bo’lib qoladi. Ikkinchi: evolyutsion qarashlarga ko’ra klassifikatsiya guruhlarning kelib chiqishinigina emas, ular o’rtasidagi farqlarni ham hisobga olishi lozim. Klassifikatsiya filogenetik gipotezalarsiz yaratlib, uning natijasi evolyutsion talqin qilinadi.