Sodda hayvonlar- Protozoa
Tip 1: Chlorophyta –Yashil suvo’tlar
Tip 2: Retortamonada -Retortamonadlar
Sinf: Retortotamonadea
Sinf: Diplomonadea
Tip 3: Axostylata - Aksostillilar
Sinf: Oxymonadea
Sinf: Parabasalea
Tip 4: Euglenozoa -Evglenasimonlar
Keja tip: Euglenida
Sinf: Euglenoidea
Keja tip: Kinetoplasta
Sinf: Trypanosomatidae
Tip 5: Apicomplexa (Sporozoa) –Sporalilar
Sinf: Gregarinea
Sinf: Coccidia
Tip 6: Ciliophora- Infuzoriyalar
Tip 7: Dioflagellata
Nemis olimlari V.Vestxayde va R.Riger (Zoologiya bespozvonochnыx. Pod. red. V.Vestxayde R.Riger. Perevod s nemesskogo,2008 g.) sistemasi bo’yicha bir hujayrali hayvonlarning tasnifi quyidagicha ko’rinishga ega:
T/r
|
Tip
|
Sinf
|
T/r
|
Tip
|
Sinf
|
1
|
Microspora
|
Rudimicrosporea
Microsporea
|
9
|
Chromista
|
9.1. Prymnesiomonada
9.2. Cryptomonada
9.3. Heterokonta (= Stramenopilata)
|
2
|
Archamoebaea
|
|
10
|
Alveolata
|
10.1. Dinoflagellata
10.2. Apicomplexa
10.3. Ciliophora
|
3
|
Tetramastigota
|
3.1.Retortamonada
3. 2. Axostylata
|
11
|
Chlorophyta
|
11.1. Phytomonadea (Volvocida)
11.2. Prasinomonadea
|
4
|
Euglenozoa
|
4. 1. Euglenata
4.2. Kinetoplasta
4.3. Pseudociliata
|
12
|
Choanoflagellata
|
|
5
|
Heterolobosa
|
5.1.Schizopyrenidea
5.2. Acrasea
|
13
|
Sistematik o’rni noaniq polifiletik bir hujayrali eukariotlar.
|
13.1. Amoebozoa
13.2. Granuloreticulosea
13.3. Actinopodea
|
6
|
Dictyostela
|
|
14
|
Ascetospora
|
14.1. Haplosporea
14.2. Paramyxea
|
7
|
Protostela
|
|
15
|
Myxozoa
|
|
8
|
Myxogastra
|
|
|
|
|
ß-taksonomiya,_ɤ-taksonomiya'>4 Taksonomiyaning asosiy turlari. T.I.: α-taksonomiya, ß-taksonomiya, ɤ-taksonomiyaTaksonomiya (de Kandol 1813) yunoncha taksis (joylashish) va nomos (qonun) so’zlaridan olingan bo’lib, hozirgi ma’noda organizmlarni klassifikatsiyalash nazariyasi va amaliyotidir. Taksonomiya klassifikatsiya jarayonining asoslari, prinsiplari, uslublari va qoidalarini yaratish hamda, o’rganish jarayonidir Taksonomiyaning turini tanlashda. α-taksonomiya yangi turlar ochish va ularni sistemaga kiritish. Taksonomiyaning bu turi bilan shug’ullanuvchilar taksonomistlar orasida ko’pchilikni tashkil etadi. Ular ma’lum bir guruhga mansub organizmlarni yig’adilar, tahlil qiladilar va ular o’rtasidagi farq va o’xshashliklarga asoslanib yangi turlarni ilgari ma’lum bo’lgan taksonlar tarkibiga ya’nikim, fanga kiritadilar.
ß-taksonomiya turlar va yuqori taksonlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash. Sistematikaning bu turi bilan shug’ullanuvchilar tur va undan yuqori taksonlarning klassifikatsiyasini tuzadilar. Buning uchun ular mavjud taksonlarning strukturasini yangi ilmiy yangiliklar asosida qayta ko’rib chiqadilar ya’ni taftish (reviziya) qiladilar. Shuning uchu bu guruh olimlarga ba’zan revizorlar deyiladi.
ɤ-taksonomiya tur ichidagi o’zgaruvchanlik va uning sabablarini aniqlash. Tasonomiyaning bu turi tur ichidagi o’zgaruvchanlikni o’rganadi, uning sabablari va oqibatlarini aniqlaydi. Shular asosida ma’lum guruhning kelib chiqishi va evolyutsiyasi haqida xulosalar chiqaradi. Bu guruh olimlarni evolyutsionistlar deb atash mumkin.
Bo’g’imoyoqlilar sistemasi. T.I.: Mandibulata, Xeliserata, traxeyalilar, qisqichbaqasimonlar. Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) –birlamchi og’izli, ikki tomonlama simmetriyali hayvonlardir. So’nggi vaqtlargacha bo’g’imoyoqlilarning halqali chuvalchanglarga yaqinligi hyech kimga shubha uyg’otmagan. Lekin, yangi molekulyar-biologik ma’lumotlar bu ikki takson o’rtasida sezirlarli uzoqlik borligini ko’rsatmoqda. Aslida, bo’g’imoyoqlilar nematodalarga va sikloneyraliyalarga yaqinroqdir. Hozirgi davrda yashayotgan Arthropoda lar ikkita yirik taksonni o’z ichiga oladi: Chelicerata va Mandibulata. Uchinchi takson Trilobitomorpha esa qirilib ketgan turlarni birlashtiradi. Mandibulata tarkibiga 2 ta opa-uka taksonlar- Crustacea va Tracheata kiradi. Bu taksonlarning barchasini birlashtirib turadigan umumiy belgilarga tananing bo’g’imlarga bo’linganligi, xitindan iborat ekzoskelet, tullashi, har bir sigmentida bo’g’imlarga bo’lingan juft oyoqlarning borligi, lokomotor kiprikchalarning yo’qligi kiradi. Qisqichbaqasimonlar hozirgi bo’g’imoyoqlilarning ikkinchi yirik taksoni -Mandibulata tarkibiga kiradi (birinchi yirik takson-xeliseralilar). Xilma-xil krevetkalar, krablar, hasharotlar va ko’poyoqlilar Mandibulata taksoniga mansub, lekin bu takson o’z navbatida bir-biridan keskin farq qiladigan ikkita sub taksonga: asosan suv muhitiga moslashgan - Crustacea va ko’proq quruqlik muhitiga moslashgan – Tracheata (Hexapoda va Myriopoda). Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi ikkita katta sinfni – ko’poyoqlilar (Myriopoda) va hasharotlar yoki oltioyoqlilarni (Hexapoda) o’z ichiga oladi. Traxeyalilar quruqlikda tarqalgan bo’g’imoyoqlilarning 2 ta eng yirik guruhlaridan biridir (ikkinchi yirik guruh –o’rgimchaksimonlar). Traxeyalilarning ajdodlari mandibulaga va traxeyaga ega bo’lgan quruqlik hayvonlari bo’lgan va ularning tanasi bir-biriga o’xshash, ixtisoslashmagan sinmentlardan iborat bo’lgan.
Variant 6
Folk sistematika. T.I.: utilitar qarashlar, antroposentrik qarashlar, etnoolam, hayotiy shakl, etnoavlod Barcha hayvonlar atrofdagi narsalarni yesa bo’ladigan va bo’lmaydigan; o’zinikilar va begonalar; do’stlar va dushmanlar kabi guruhlarga ajratadilar. Odam ongli mavjudot sifatida o’z tarixiy rivojlanishining ilk davrlaridayoq, olamni, shu jumladan tiriklikni, guruhlarga ajratganini taxmin qilish qiyin emas. Atrofdagi olamni, xususan tirik dunyoni tashkil etgan predmetlarni (organizmlarni) guruhlashning eng sodda ko’rinishiga folk sistematika yoki xalqona sistematika deyiladi. Bunga kishilarning atrof muhitdagi tirik organizmlarni ahamiyatiga ko’ra, yoki ma’lum xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratishini kiritish mumkin. Masalan kishilar qadimdan to hozirgacha baliqlar, qushlar, daraxtlar va o’tlarni farqlaydilar. Hozirgi shahar aholisi uchun o’rmon bu “daraxt”lardan tuzilgan, “qushlar” va “hayvon”lar yashaydigan joydir. Talabalik vaqtimda botanikadan dala amaliyoti vaqtida kursdoshlarim ma’lum bir o’simlikni nomini qaysi joyda qanday atashlarini tez-tez surishtirar edilar. Shunday savollarga men “bizda unisini ham, binisini ham, hech qanday atashmaydi, yozda hammasini bir nom bilan “xas” deb atab o’rib tashlashadi” deb javob bergan edim. Folk sistematikaga bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Arxaik jamiyat kishilari tiriklikni atroposentrik nuqtai nazardan guruhlarga ajratganlar. Ya’ni ularga inson uchun ahamiyati jihatidan qaraganlar. Shunga mos ravishda dastlabki folk sistematika utilitar xarakterga ega, ya’ni organizmlar yesa bo’ladigan, kiysa bo’ladigan, zararli, zararsiz kabi guruhlarga ajratilgan. Keyinchalik esa o’rganizmlarning xususiyatlari (morfologik, etologik ba boshqalar. Masalan: sayroqi qushlar, sayramaydigan qushlar kabi)dan kelib chiqa boshlagan. Albatta bu klassifikatsiyaning mantig’i hozirgi zamon mantig’iga mos kelmagaydi va shuning uchun ham folk sistematikada ierarxiya unchalik qat’iy emas. Folk sistematikaning turlari lokal, xarakteriga ega. Masalan turkey xalqlarda 3 turdagi xar xil hayvonlar qisqichbaqa, qurbaqa va toshbaqa nomlanishi o’z-o’zidan o’xshash emas albatta. Yoki bo’lmasa: ingliz tilida baliq-fish, meduza-jellyfish va qisqichbaqa-shellfish kabi nomlar bilan atalashini bilasiz. Har bir jamoaning urf-odatlari, xo’jaligi, rivojlanish darajasi ular qo’llaydigan folk sistematikaga ta’sir etadi. Aynan shuning uchun folk sistematikani etnosistematika deb ham atashadi. Etnosistematika etnosga xos xususiyatlarni aks ettiradi, shu jumladan mifologiyani ham. Mifologiyaning bir ko’rishi bo’lgan totemizmni sistemalashtirishni juda ko’p xalqlarda ko’rish mumkin. Masalan qadimgi misrliklar madaniyatida tanasi odam boshi bo’ri yoki tanasi odam boshi ukkiniki bo’lgan mifologik jonzotlarni ko’p uchratish mumkin. Shu kabi misollar deyarli barcha xalqlarda uchraydi.
Qayerda shakllanishidan qat’iy nazar folk sistematikaning bir nechta etno-( folk)taksonlarini farqlash mumkin. Odatda barcha tiriklik ikki katta etnoolamga: o’simliklar va hayvonlarga bo’linganligini ko’rish mumkin. Keyingi etnotakson “hayotiy shakl” bo’lib, o’simliklar orasida daraxtlar, butalar, o’tlar; hayvonlar orasida: sutemizuvchilar (darrandalar), qushlar, gazandalar, ilonlar, baliqlar va chuvalchanglar kabi etnotaksonlar farqlanadi. Undan kichik etnotaksonlar etnoavlod va etnoturlar farqlanadi. Nima bo’lganda ham folk sistematika hozirgi sistematikani yaratishdagi ilk qadam bo’ldi. Lekin unda uslublar va doimiylik bo’lmaganligi tufayli, uni hayvonlar sistematikasining birinchi bosqichi deb atash mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |