DNK shtrix kod tushunchasi. T.I.: Shtrix-kod tarixi, DNK barkoding, molekulyar markerlar.
DNK-shtrix kod (Genetik barkoding yoki DNK-barkoding, ing:DNA barcoding) – molekulyar identifikasiya metodi bo’lib, DNK dagi qisqa markerlar asosida organizmning qaysi taksonga mansubligini aniqlash imkonini beradi. Molekulyar filogenetik metod filogenetik daraxtni tuzish bilan shug’ullansa, DNK-barkoding organizmning mavjud sistemadagi o’rnini aniqlash bilan shug’ullanadi. DNK-shtrix kod tuzish turli organizmlar uchun umumiy bo’lgan DNK fragmentini marker sifatida tanlanadi. Tanlanadigan marker barcha organizmlar uchun xos bo’lishi muhim. Tanlanadigan yagnona gen quyidagi xossalarga ega bo’lishi kerak: u nisbatan qisqa fragmentli soha bo’lishi kerak, yetarlicha variabel bo’lib, yaqin qarindosh turlarni ajratishi, buning uchun bu fragment o’zidan yon tomonlarda konservativ sohaga ega bo’lishi kerak (yetarlicha konservativ bo’lishi, chunki praymerlar bilan amplifikasiya qilinishi kerak). Sekvenirlash yengil va arzon bo’lishligi uchun nisbatan kichik o’lchamdagi fragment (700-800 j.n atrofidagi) bo’lishi kerak. DNK-shtrix kod g’oyasi birinchi marta 2003 yilda kanadalik olim P.Xebert tomonidan ilgari surildi. Bu fikr ko’pchilik sistematiklar, genetiklar va evolyusionistlarni qiziqtirdi. 2003 yildayoq «Alfred P.Sloun Foundeyshn» (Alfred P.Sloan Foundation) jamg’armasi xomiyligida «DNK va Taksonomiya», «Taksonomiya, DNK va hayot shtrix-kodi» mavzularida dastlabki treninglar o’tkazildi. Shtrix-kod uchun marker sifatida mitoxondrial DNK ning sitoxromoksidaza-1 geni tanlandi.
Variant 16
Eukariot hujayralarning paydo bo’lishi. T.I.: Prokariotlarning belgilari. Endosimbioz gipotezasi va uning mohiyati. Organoidlarning kelib chiqishi.
Halqali chuvalchanglar tasnifi va filogeniyasi. T.I.: Haqali chuvalchanglarning xilma-xilligi, asosiy taksonlari, Polychaeta va Clitellata larning asosiy belgilari, asosiy taksonlarning filogenetik munosabatlari.
Sistematika fanining asosiy tushunchalari. T.I.: sistematika, klassifikatsiya, taksonomiya, nomenklatura, identifikatsiya