4.Turdan yuqori taksonomik kategoriyalar. T.I.: avlod, triba, oila, turkum, sinf, tip. Turdon yuqori bo’lgan taksonomik kategoriyalar ko’pincha qisqaroq qilib, yuqori taksonlar deb ataladi. Bular tur va turosti kategoriyalardan farqli ravishda ma’lum bir xususiyatlar bilan xarakterlanmaydi va ko’pincha ierarxik qatordagi bir bo’g’inni anglatadi xolos deb hisoblanadi. Biroq klassik sistematikada yuqori kategoriyalardan har birini ma’lum ma’noga bog’lash harakatlari kuzatilgan. Oxirgi vaqtda esa bunday ishlar borgan sari kamroq kuzatilmoqda.